Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.51K photos
1.6K videos
40 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#ESLATMA

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 423-va 440-moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

Eslatib oʻtamiz ❗️Soliq to'lash majburiyatining bajarilishi kechiktirilgan har bir kun uchun toʻlanmagan soliq summasining 0,047% miqdorida penya hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 110-moddasi


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 15-iyul

iyun oyi uchun:

- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-moddasi 4-5 qismlar);

- AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-4 qismlar).

III chorak uchun:
- joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi3 40-modda 11-qism).
_________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️15 июля 2024 года - последний день

за июнь:

- представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного НДФЛ, а также представления отчетности и уплаты социального налога
(ч.1 ст.389, ч.4-5 ст.407 Налогового кодекса);

- представления налоговой отчетности по налогу с оборота по итогам отчетного периода
(ч.3-4 ст.470 Налогового кодекса).

за III квартал:
- представления справки о сумме авансовых платежей по налогу на прибыль исходя из ожидаемой суммы прибыли в текущем квартале
(ч.11 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Behayolik, zo‘ravonlik va shafqatsizlik materiallarini targ‘ib qilish ta’qiqlangan!

Behayolik, zo‘ravonlik va shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash hamda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va ularni yoshlar o‘rtasida tarqatish javobgarlikka sabab bo‘lishini unutmang.

Ushbu harakatlar:

O‘zbekiston Respublikasi “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi;
“Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasi hamda “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 15-moddasi bilan rasman ta’qiqlangan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
kodeksining va Jinoyat kodeksiga tegishli moddalariga ko‘ra zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish hamda namoyish etish harakatlari uchun ko‘p miqdorda jarima solish hamda ozodlikdan cheklashgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#DSB_maʼmurchiligi

Buxoroda “DSB maʼmurchiligi” AT asosida "korxonabay” ishlash tizimi bo‘yicha 13 mingta QQS to‘lovchining har biriga alohida xizmat ko‘rsatilmoqda


Buning natijasida:
Qisqa muddat ichida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan:

foyda solig‘idan tushum 152 foiz yoki 42 mlrd so‘mga oshdi,

Aksiz solig‘i tushumi 148 foizga yoki 37,1 mlrd so‘mga oshdi.

birgina iyun oyining o‘tgan davrida

6 496 ta norasmiy ish
o‘rinlari legallashtirildi,

ish, xizmatchilarga hisoblangan ish haqi fondi o‘tgan oyga nisbatan 61,0 mlrd so‘mga oshdi,

✔️ 24,0 mlrd so‘mlik qo‘shimcha manba yaratildi.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#elon

Hurmatli soliq toʻlovchilar❗️

Banklardagi axborot tizimlarida yuzaga kelgan nosozliklar sababli, Soliq qo‘mitasining to‘lovlar bilan bog‘liq elektron xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.

Tashqi resurslarda yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etilishi bilan elektron soliq xizmatlaridan to‘liq foydalanish mumkin bo‘ladi.
______
#объявление

Уважаемые налогоплательщики❗️

В связи с возникшими неполадками в информационных системах банков, наблюдаются временные перебои в электронных сервисах Налогового комитета, связанных с платежами.

В случае устранения неполадок на внешних ресурсах работа налоговых информационных услуг будет восстановлена в штатном режиме.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#suniy_intellekt

Soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilar uchun sunʼiy intellekt bazasida yaratilgan virtual yordamchini ishga tushirdi

Soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilarga 24/7 rejimida maʼlumot berishga mo‘ljallangan, DavrOn deb nomlangan virtual yordamchini ishga tushirdi. U ai.soliq.uz manzilida joylashgan.

DavrOn – samimiy va professional maslahatchi sifatida soliq va soliqqa tortish masalalarida maʼlumotlar hamda personal maslahatlar bera oladi. Virtual yordamchi o‘zbek, rus va ingliz tillarida samimiy muloqot qila oladi.

Mazkur yordamchi 3 oy davomida yaratildi, uni takomillashtirish jarayoni uzluksiz davom ettiriladi. Shu maqsadda Soliq kodeksi, Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, meʼyoriy hujjatlar va yo‘riqnomalar, shuningdek, soliq organlarining call-markaziga kelib tushayotgan onlayn-NKT, EHF, elektron raqamli imzo, elektron hisobotlar, markirovka va boshqa xizmatlarga oid savollarga javoblarni o‘z ichiga olgan 11 mln belgidan iborat bilimlar bazasi yaratildi.

Soliq qo‘mitasi barcha soliq to‘lovchilarni ai.soliq.uz saytidagi virtual yordamchi xizmatidan foydalanishni tavsiya qiladi.

Virtual yordamchi Soliq qo‘mitasining sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanadigan uchinchi xizmatidir.

▫️2022-yilda soliq to‘lovchilarni masofadan identifikatsiya qilish bo‘yicha Face ID xizmati joriy etilgan. Bugungi kunda xizmat auditoriyasi 6 mln nafardan ortiq mobil ilova foydalanuvchilarini qamrab olgan. Face ID tizimi mukammal ishlashi uchun identifikatsiyadan o‘tish fotosurat yordamida emas, balki haqiqatda mavjud inson tomonidan amalga oshirilayotganini aniqlash uchun maxsus model yaratildi.

▫️Soliq maʼmurchiligiga xizmat qiladigan yana bir sunʼiy intellekt — bu yuk avtotransport vositalari monitoringi tizimi. Kompyuterning ko‘rish modeli yuk mashinalarini boshqa texnikalardan ajratish uchun maxsus kameradan olingan tasvirlardan foydalanadi. Keyinchalik, tizim avtotransport vositasi yuk bilan yoki yuksiz harakatlanayotganini aniqlaydi va olingan maʼlumotlarni tahlil uchun yuboradi. Mazkur texnologiya Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi karyerlarda noruda foydali qazilmalarni qazib olishni kuzatish va hisobga olishda qo‘llanilmoqda.

Soliq qo‘mitasi soliq maʼmurchiligi samaradorligini oshirish, shuningdek, soliq to‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanishda imkoniyatlarni kengaytirib borishni ko‘zlagan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#chek_tahrirlash #onlayn_NKT #marketpleys

Elektron va qogʻoz cheklardagi summani tuzatish boʻyicha qoʻllanma

Soliq toʻlovchilar murojaatlarini inobatga olgan holda, “Soliqchi-koʻmakchi” tamoyili asosida, 01.01.2023-yildan 30.06.2024-yilgacha onlayn-NKT va elektron cheklar summalarini tahrirlashga ruxsat berildi.

Buning uchun my3.soliq.uz dagi "Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi maʼlumotlari" sahifasidan "Chek maʼlumotlari" boʻlimiga kiriladi.

🔍Qidiruv tizimiga chekning fiskal moduli (ID), sanasi yoki raqamini kiritib tuzatiladigan chek topiladi.

📝Ochilgan oynada chek summasi tahrirlanadi.

📎Chek summasi oʻzgartirilgandan soʻng, tadbirkorlik subyektining tahrirlash natijasida yuzaga keladigan oqibatlarni oʻz zimmasiga olishi haqidagi murojaati (faqat bitta fayl) ilova qilinishi lozim.
✔️“Saqlash” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

📧Summasi tahrirlangan cheklar hududiy soliq boshqarmalari ishchi guruhi tomonidan qabul qilinadi yoki rad etiladi.
❗️Javobni shaxsiy kabinetdan kuzatib boring.

♻️Chek tahrirlash rad etilganda, izohga koʻra, tuzatishlar kiritilib, qayta murojaat yuborish mumkin.

Murojaatlar 10–25-iyul kunlari qabul qilinadi (soʻnggi kunga qadar qoldirmaslik tavsiya etiladi).

🧾Keshbek olingan cheklar boʻyicha summa budjetga qoplab berilgan taqdirda tahrirlash imkoniyati yaratilgan.

📌Tahrirlangan cheklar boʻyicha tegishli hisobotlarni qayta topshirish talab etiladi. Qayta hisobot taqdim etmaslik tavofutlarni (Avtokameral) keltirib chiqaradi.
————
#корректировка_чека #онлайн_ККТ #маркетплейс

Руководство по корректировке суммы в электронных и бумажных чеках

Принимая во внимание обращения налогоплательщиков и исходя из принципа “Солиқчи кўмакчи” (“Налоговик – помощник”) с 01.01.2023 года по 30.06.2024 года предоставляется возможность корректировки сумм в электронных чеках и чеках онлайн-ККТ.

Для этого в разделе "Информация об онлайн контрольно-кассовой технике юридических лиц" my3.soliq.uz выберите функционал "Информация о чеках".

🔍 Путем ввода в поисковике ID фискального модуля, даты и номера чека найдите подлежащий корректировке чек.

📝В открывшемся окне скорректируйте сумму.

📎 После изменения суммы чека следует прикрепить обращение субъекта предпринимательства (только один файл) о том, что он берет на себя ответственность за последствия изменений, возникших в результате корректировки.
✔️В завершение нажмите "Сохранить".

📧 Чеки с исправленными суммами
принимаются или отклоняются рабочей группой территориальных налоговых органов.
❗️
Ответ отслеживайте в персональном кабинете.

♻️
В случае отказа в корректировке чека, согласно разъяснению, следует внести исправления и отправить повторное обращение.

Обращения принимаются 10 – 25 июля (рекомендуется не откладывать на последний день срока).

🧾 Предоставлена возможность корректировки чеков, по которым выплачен кешбэк, при возмещении суммы в бюджет.

📌 В случае корректировки чеков субъекты предпринимательства должны пересдать соответствующую отчетность. Непредставление уточненной отчетности приведет к расхождениям (Автокамерал).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Buxoro #stol_tennisi

Avval xabar berganimizdek hududlarda stol tennisi sport turi boʻyicha mahallalar aro havaskorlar oʻrtasida musobaqalarning birinchi bosqichi davom etmoqda.

Jondor tumanida oʻtkazilgan musobaqalarda ham mahallalardagi 50 ga yaqin 11,15 yosh va havaskor sportchilar oʻzaro bellashdilar.

Qizgʻin va murosasiz kechgan bahslarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan havaskor sportchi yoshlar keyingi bosqich yoʻllanmasiga ega boʻlishdi.

Bahslar yakunida gʻoliblar musobaqa tashkilotchilari tomonidan diplom, medal va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM