Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.51K photos
1.6K videos
40 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#TTY #savol_javob

Mahsulotlarimizni hamkorlarga temir yo‘l orqali yetkazib beramiz. Buning uchun elektron TTY rasmiylashtirish shartmi?

2024-yil 1-iyuldan barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tovar-transport yuk xatlarini (TTY) elektron shaklda rasmiylashtirishi lozim.

Tadbirkorlar yuk tashishni nafaqat avtotransport vositasi, balki temir yo‘l orqali amalga oshirganda ham tovar-transport yuk xatini elektron shaklda rasmiylashtirishi lozim. Elektron TTY tizimida bunday imkoniyat yaratilgan.

Soliq qoʻmitasi barcha xoʻjalik subyektlarini yuklarni avtotransport vositalari yoki temir yo‘l orqali tashishda "Elektron tovar-transport yuk xati tizimi"dan foydalanishga chaqiradi.

Yuk tashish ishtirokchilari takliflaridan kelib chiqib, tizim optimallashtirib boriladi.

Maqsad – xoʻjalik yurituvchi subyektlarda koʻnikmalarni shakllantirish hamda tizimdan foydalanish boʻyicha qulayliklarni birgalikda yaratish.
______________
#ТТН #вопрос_ответ

Мы доставляем партнерам нашу продукцию по железной дороге. Нужно ли для этого оформлять электронный ТТН?

С 1 июля 2024 года всем хозяйствующим субъектам следует оформлять товарно-транспортные накладные (ТТН) в электронном виде.

Предпринимателям следует оформлять товарно-транспортные накладные в электронном виде при осуществлении перевозок не только автомобильным, но и железнодорожным транспортом. В системе электронных ТТН такая возможность предусмотрена.

Налоговый комитет призывает все хозяйствующие субъекты использовать "Систему электронных товарно-транспортных накладных" при перевозке грузов автотранспортом или железнодорожными путями.

Система подлежит дальнейшей оптимизации на основе предложений участников перевозок.

Цель – формирование у хозяйствующих субъектов навыков и совместное создание удобств при использовании системы.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Xodimlar sonini yashirish mansabdor shaxslarga nisbatan jarima solishga sabab bo‘ladi

Ta’kidlash lozim, mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining jamiyat va davlat taraqqiyotidagi hissasi ortib bormoqda. Eng asosiysi, ular fuqarolarni ish bilan ta’minlab, oilalar farovonligini oshirishga munosib hissa qo‘shmoqda.

Lekin amaldagi qonunchilikka zid ravishda fuqarolarni rasman ro‘yxatdan o‘tkazmasdan ishlatayotgan ayrim tadbirkorlar ham yo'q emas. Bunday holda norasmiy ravishda ishlayotgan fuqarolarning mehnat huquqlari buzilib, kelajakda pensiya ta’minoti kafolatsiz qolmoqda.

Xususan, yaqinda soliq xizmati xodimlari tomonidan Shofirkon tumanidagi “D” savdo majmuasida (korxona nomi shartli ravishda o‘zgartirilgan) 5 nafar xodim nomigagina rasmiylashtirilib, 28 nafar fuqaroning esa norasmiy faoliyat yuritayotgani aniqlandi va ushbu holat yuzasidan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

📌Eslatib o‘tamiz, xodimlar sonini yashirishbazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKT

Xaridorlarga QR-kodli chek berilishi shart

Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart. Bunday cheklar xarid to‘lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'i nazar xaridorga beriladi.
👉 PF-5813-son 06.09.2019-yil

Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda elektron to‘lov tashkiloti va (yoki) elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali elektron fiskal chek taqdim qilinadi.
👉 VMQ-943 23.11.2019


Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda

Sotuvchi va xaridor o‘rtasida tovar yoki xizmatlar uchun xarid cheki bermasdan P2P o‘tkazmalari (bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanadi❗️

Chek berilmaganligi uchun Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo‘limi orqali shikoyat yo‘llash mumkin.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan navbatdagi profilaktik tadbirlar Romitan tumanida tashkil etildi

Bo‘lim mas’ul xodimlari ushbu tumanning aholi gavjum joylari va savdo komplekslarida bo‘lib, tadbirkorlar va aholi o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari hamda zo'ravonlik va shavqatsizlikni targ'ib qiluvchi materiallarni tayyorlash va ularni tarqatilishini oldini olishga qaratilgan proflaktik ishlarini olib bordilar.

Uchrashuvlarda tadbirkorlar va aholiga soliq organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar to‘g‘risida maʼlumotlarni @dsq_anticorrupciya_bot maxsus telegram boti, shuningdek, [email protected] elektron pochtasi hamda soliq boshqarmasining shaxsiy xavfsizlik bo'limining https://t.iss.one/Shaxsiy_Xavfsizlik0600 maxsus telegram botiga va (65) 221-30-03 va (65) 221-26-89 ishonch telefonlari orqali yuborish mumkinligi ham keng tushuntirildi.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#hamkorlik

Soliq qo‘mitasi mutaxassislari Anqarada xalqaro tajribalarni o‘rganmoqda

Anqara shahrida “Noqonuniy iqtisodiyotga qarshi kurash, soliq amaliyotidagi mavjud o‘zgarishlar va raqamli texnologiyalar” mavzusidagi seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) tomonidan tashkillashtirilgan mazkur tadbirda Soliq qo‘mitasi markaziy apparati va hududiy soliq organlaridan rahbar va mutaxassis xodimlar ishtirok etyapti.

2024-yil 1-iyuldan 5-iyulgacha davom etishi rejalashtirilgan seminarning dastlabki kunida ishtirokchilar Anqara soliq boshqarmasi va inpeksiyasida ish jarayoni bilan tanishib, o‘zaro tajriba almashishdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QQS #mutaxassis_sharhi

Tovarlar import qilinganda to‘langan QQS summasini hisobga olish

Soliq organlari axborot tizimlari Bojxona organlari maʼlumotlari bilan integratsiya qilingan bo‘lib, tovarlar import qilinganda to‘langan QQS summasi avtomatik ravishda hisobga olinadi.

Soliq to‘lovchi haqiqatda olib kirilgan (import) tovar (xizmat)lar uchun budjetga to‘langan QQS summasini hisobga olish huquqiga ega.
👉 Soliq kodeksi 266-modda

Bunda, tovarlar importi uchun kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘langan QQS summasi to‘lov amalga oshirilgan davr bo‘yicha avtomatik ravishda hisob (zachet)ga olinadi.

Import qilingan tovarlar uchun QQSni kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash keyingi yilda amalga oshirilsa, soliq summasi my3.soliq.uz portali orqali hisobga olinadi.

QQS hisobotini to‘ldirish va unda avtomatik shakllanadigan ko‘rsatkichlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar mutaxassis sharhida...

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv

Ayni daqiqalarda Prezidentimizning tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida turizm (aviyakompaniya, turoperator, turfirma, mehmonxona, gid va boshqa) va transport sohasidagi mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflarni shakllantirish maqsadida uchrashuv o‘tkazilmoqda.

Unda Soliq qo’mitasi raisi Sh.Kudbiyev, Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vaxabov, biznes-ombudsman D.Qosimov, Transport vaziri o’rinbosari J.Choriyev, Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Jamoatchilik kengashi a'zolari hamda boshqa tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etmoqda.

Uchrashuv YouTube platformasi orqali tog'ridan-to'g'ri efirga uzatilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Buxoro shahridagi avtomobillarga gaz quyish shaxobchalaridan birida soliqdan qochish maqsadida to‘lovlar P2P o‘tkazmalari orqali amalga oshirilgan

Yaqinda Buxoro shahridagi avtomobillarga gaz quyish shaxobchalaridan biri bo‘lgan ASGQ shaxobchasida soliqdan qochish maqsadida to‘lovlar uchun xarid cheki bermasdan P2P o‘tkazmalari (bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga) orqali hisob-kitob qilish holati aniqlandi.

Natijada mazkur shaxobchada naqd pul mablag‘larini bankka topshirmaganligi holati mavjudligi aniqlanganligi sababli prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qonunchilikka muvofiq tegishli choralar ko‘rildi.

👉BATAFSIL

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Buxoroda 2024-yilning yanvar-may oylarida 6 413 ta korxona 254,5 mlrd so‘m miqdorda soliq imtiyozlaridan foydalangan.

👉BATAFSIL

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#antikorrupsiya

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan joylarda proflaktik tadbirlar davom ettirilmoqda


Korrupsiyaga qarshi jamoatchilikning murosasiz munosabatini shakllantirish muhim vazifadir.
Darhaqiqat, ushbu yo‘nalishda viloyat soliq boshqarmasi shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlaridagi aholi gavjum joylarida, savdo komplekslarida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini olib bormoqdalar.

Navbatdagi targ‘ibot tadbiri Vobkent tumani markazida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarida hamda tuman soliq inspeksiyasida tashkil etildi.

Tadbirkorlar bilan uchrashuvlarda soliq organlari tomonidan faoliyatlari davomida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy aralashuvlarga duch kelganlarida @dsq_anticorrupciya_bot maxsus telegram boti, shuningdek, [email protected] elektron pochtasi hamda soliq boshqarmasining shaxsiy xavfsizlik bo'limining https://t.iss.one/Shaxsiy_Xavfsizlik0600 maxsus telegram botiga va (65) 221-30-03 va (65) 221-26-89 ishonch telefonlari orqali murojaat yo‘llashlari tushuntirildi.

Tuman soliq inspeksiyasida soliq xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan proflaktik tadbir ham samarali bo‘ldi. Huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari ishtirok etgan tadbirda yig‘ilganlarga yana bir korrupsiya va uning oqibatlari yana bir bor tushuntirildi.

O‘tkazilayotgan bu kabi proflaktik tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, har bir xodim ish faoliyatida salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymagan holda samarali ishni tashkil etish oilasi, ota-onasi, el-yurt oldida vijdonan faoliyat olib borishdan iboratdir.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM