Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.47K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Buxoroda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar davom etmoqda

Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida Buxoro viloyati soliq boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ullari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari bilan hamkorlikda joylarda profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, bugun Jondor tumani soliq inspeksiyasida bo‘lib o‘tgan profilaktik tadbirda so‘zga chiqqanlar korrupsiya va uning mohiyati, oqibatlari, shuningdek, soliq xizmati xodimlarining davlat xizmatchisi uchun belgilangan tartib-qoidalarga rioya etishlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Muloqot davomida xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish, shaxsiy manfaatni davlat manfaatidan ustun qo‘ymaslik, mansab va vakolatini suiisteʻmol qilmaslik ahamiyati ta'kidlab o‘tildi.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#raqamlashtirish #soliq_tekshiruvi

Buxoroda 2024-yil yanvar-may oylarida 623 ta soliq to‘lovchiga nisbatan kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilgan.

Ushbu tekshiruvlar natijasida jami 112,6 mlrd soʻmlik tafovutlar aniqlangan hamda soliq to’lovchilarga tafovutlar toʻgʻrisidagi talabnoma yuborilgan.

👉O‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvlari natijalari
boʻyicha toʻliq malumot

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#raqamlashtirish #soliq_tekshiruvi

2024-yil yanvar-may oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida Buxoro viloyatidan 900 ta murojaat kelib tushgan.

Murojaatlarning aksariyati:

🔹xarid cheki bermaslik;
🔹toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
🔹plastik karta uchun xarid summasini oshirish va boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

👉soliq huquqbuzarliklari haqida batafsil malumot

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#onlayn_NKT

O‘zbekistonda birinchi marta soliq organlari fiskal cheklar bo‘yicha dori vositalari savdosi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etadi

Respublika bo‘yicha 8 002 ta dorixona ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularda 15 609 ta onlayn-NKT mavjud.

Xarid qilingan dori vositalari uchun iste’molchilarga berilgan fiskal cheklarda ko‘rsatilgan MXIK asosida aholining tibbiy preparatlar uchun qancha mablag‘ sarflayotgani to‘g‘risida ma’lumotlar shakllanadi.

Joriy yilning 5 oyida dori vositalari uchun eng katta xarajatlar Toshkent shahri (2,1 trln so‘m), Samarqand (986,9 mlrd so‘m) va Toshkent viloyatlarida (663,4 mlrd so‘m) qayd etilgan.
Poytaxt ko‘rsatkichlari yirik tibbiyot muassasalarining aynan ushbu hududda joylashganligi hisobiga shakllangan.

Respublika hududlari kesimida eng kam xarajatlar Jizzax (201,3 mlrd so‘m), Navoiy (191,6 mlrd so‘m) va Sirdaryo (170 mlrd so‘m) viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.

Yuqoridagi raqamlar va har bir hududda ro‘yxatga olingan aholi sonidan kelib chiqqan holda yil boshidan o‘rtacha bir kishi dori vositalariga:
Toshkent shahrida – 750 ming so‘m;
Buxoro viloyatida – 277 ming so‘m;
Samarqand viloyatida – 245,1 ming so‘m sarflagan.

Yanvar-may oylarida aholi jon boshiga nisbatan kamroq xarajatlar quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Qashqadaryo viloyatida – 120 ming so‘m;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 118 ming so‘m;
Surxondaryo viloyatida – 114 ming so‘m.

Bunday ma’lumotlar soliq organlarining ma’lumotlar bazasida nafaqat viloyatlar, balki har bir tuman va mahalla kesimida shakllanadi.

Fiskal cheklar ma’lumotlari tahliliga ko‘ra, eng ko‘p mablag‘ quyidagi kasalliklarni davolash uchun mo'ljallangan dori vositalariga sarflangan:
1. yurak-qon tomir kasalliklari;
2. infeksion kasalliklar;
3. og‘riq qoldiruvchi vosita;
4. asab tizimi kasalliklari;
5. oshqozon-ichak kasalliklari;
6. nafas olish yo‘llari kasalliklari;
7. tayanch-harakat tizimi;
8. tomoq-burun kasalliklari;
9. jigar kasalliklari
.

Dori vositalari majburiy raqamli markirovkalanishi lozim. Dori vositalari markirovkasining haqiqiyligini Soliq mobil ilovasi orqali tekshirish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#imtiyoz

Umumiy ovqatlanish sohasi uchun soliq imtiyozlari

Umumiy ovqatlanish korxonalariga quyidagi soliq imtiyozlari qo'llaniladi:

🔹2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvargacha umumiy ovqatlanish sohasida xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari ijtimoiy soliqni 1 % stavkada to‘laydi;
👉1% ijtimoiy soliq stavkasi hisobotda qanday qo'llaniladi?

🔹2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida ko‘rsatilgan tumanlar va shaharlarning belgilangan turizm zonalarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan hamda mazkur hududlarda umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), savdo, ko‘ngilochar, turoperatorlik va turagent xizmatlarini ko‘rsatadigan tadbirkorlik subyektlari —:
▪️AOSni 1 % miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha;
▪️yuridik shaxslar mol-mulk yer soliqlarini ushbu hududlarda joylashgan obyektlar, shuningdek mazkur obyektlar egallagan yer uchastkalariga nisbatan hisoblangan summaning 1 % miqdorida to‘laydi.
👉 Soliq kodeksi 483-modda
__________
#льготы

Налоговые льготы для сферы общепита


Для предприятий общественного питания действуют следующие налоговые льготы:

🔹с 1 апреля 2022 года до 1 января 2025 года субъекты предпринимательства, оказывающие услуги в сфере общественного питания уплачивают соцналог по ставке 1%;
👉Как применить в отчетности ставку соцналога в размере 1%?

🔹с 1 апреля 2022 года до 1 января 2025 года субъекты предпринимательства, зарегистрированные в установленных туристских зонах районов и городов, указанных в решениях Президента РУз, и оказывающие на данных территориях услуги общественного питания, уплачивают:
▪️налог с оборота по ставке 1%;
▪️налог на имущество юрлиц и земельный налог
с юрлиц в отношении объектов, расположенных на этих территориях, а также земельных участков, занятых такими объектами, в размере 1% от начисленной суммы этих налогов.
👉ст.483 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#onlayn_NKT

Umumiy ovqatlanish xizmati bilan shug‘ullanib kelamiz. Faoliyatimizda Onlayn-NKTdan tashqari boshqa hisobga olish tizimi (dasturiy mahsul)dan ham foydalanamiz. Bu noqonuniymi?

O‘zbekiston hududida aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari Davlat reyestiriga kiritilgan va soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan onlayn nazorat-kassa texnikalaridan (onlayn-NKT) foydalanishi shart.

Savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasida onlayn-NKT bilan bir vaqtda boshqa turdagi (ikkilamchi) fiskal maʼlumotlar* hisobini yuritish tizimlaridan foydalanish taqiqlanadi.
👉 VMQ-943 23.11.2019

Shunga ko‘ra, chakana savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari faqat Davlat reyestriga kiritilgan va soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan dasturiy mahsulotlardan foydalanishi lozim.

Maʼlumot uchun: ofd.uz saytida Davlat reyestriga kiritilgan onlayn-nazorat kassa texnikalari ro‘yxatini va ulardan foydalanish bo‘yicha maʼlumotlarni olish mumkin.

*fiskal maʼlumotlar — hisob-kitoblar to‘g‘risidagi maʼlumotlar, hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyekti to‘g‘risida maʼlumot, hisob-kitobda foydalaniladigan onlayn-NKM, virtual kassalar, Marketpleys yoki operator tomonidan yaratilgan boshqa maʼlumotlar.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#stol_tennisi

BUXOROLIK TENNISCHILAR RESPUBLIKA CHEMPIONATIDA 3 TA OLTIN VA 1 TA BRONZA MEDALLARINI QO‘LGA KIRITISHDI

Joriy yilning 15-21-iyun kunlari Namangan viloyatida sportning stol tennis turi bo‘yicha o‘smirlar (o‘g‘il bolalar va qizlar) o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada respublikamizning turli mintaqalaridan tashrif buyurgan yoshlar o‘zaro kuch sinashdilar.

E’tiborlisi, unda Buxoro 𝐎𝐏𝐒𝐓𝐓 markazi sportchi-o‘quvchilari ham muvofaqqiyatli ishtirok etib, 3 ta oltin va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Xususan, ushbu chempionatning o‘smir yigitlar o‘rtasidagi bellashuvlarda Xurshid Ahmedov va o‘smir qizlar o‘rtasidagi kurashlarda Samira Qodirovalar shaxsiy birinchilikni, juftlik o‘yinarda esa Intizor Zokirova hamda Sharifa Toirovalar mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

Fursatdan foydalanib, ushbu musobaqada muvofaqqiyatli ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Buxoro 𝐎𝐏𝐒𝐓𝐓 markazi sportchi-o‘quvchilarini viloyat soliq boshqarmasi hamda O‘zbekiston stol tennisi Federatsiyasining Buxoro viloyat hududiy bo‘linmasi g‘alaba bilan qutlaydi.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 23-iyun dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanada to‘lanishi belgilangan soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 24-iyunga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi 1-ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉
Soliq kodeksi 5-modda
👉
Soliq kodeksi 86-modda
______
#календарь_налогоплательщика

🗓 В связи с тем, что 23 июня - выходной (нерабочий) день, крайний срок уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в эти дни, переносится на 24 июня.

📌Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним 1 рабочий день.
👉
ст.5 НК
👉
ст.86 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
#sayyor_qabul

Qorovulbozor tumanida sayyor qabul o‘tkazildi


Aholi va tadbirkorlar muammolarini joyida o‘rganish va ijobiy yechim topish maqsadida bugun viloyat 4-sektor rahbari D.Yuldashev Qorovulbozor tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda tegishli tashkilot vakillari ishtirok etib, fuqarolar va tadbirkorlar muammolarini yaqindan tinglab, ularning masalalariga joyida yechim topishga ko‘maklashildi.

Uchrashuvda 15 ga yaqin murojaat sektor rahbariga yo‘llangan bo‘lsa ularning 8 dan ortig‘i shu yerning o‘zida hal etildi.

Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar mas’ullarga biriktirildi hamda ijrosi nazoratga olindi.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM