Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.53K photos
1.6K videos
41 files
4.75K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#umumiy_ovqatlanish

Umumiy ovqatlanish korxonalari qanday soliqlarni to'laydi va ular qanday imtiyozlarga ega?

Umumiy ovqatlanish korxonalari Soliq kodeksida belgilangan soliqlarni jami daromadidan kelib chiqib, shuningdek korxonaning o'z tanloviga ko‘ra to'laydi. Bularga quyidagilar kiradi:
▫️ qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘i (YTTlar uchun);
▫️AOS (jami daromadi 1 mlrd so'mgacha);
▫️QQS va foyda solig‘i (jami daromadi 1 mlrd so'mdan ortiq).


Yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran tadbirkorlik faoliyati subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida tanlangan soliq solish tartibini ko‘rsatish orqali AOS to‘lash tartibini tanlash huquqiga ega. Bunda yuridik shaxslar ixtiyoriy ravishda AOS to‘lashni rad etish va QQS hamda foyda solig‘ini to‘lashni tanlashga haqli.
👉 Soliq kodeksi 462-modda

Agar soliq davridagi jami daromadi 1 mlrd so‘mdan oshmasa, korxona AOSni 4 % stavkada yoki qat'iy belgilangan summadagi AOS to'lash huquqiga ega.
👉 2024-yil uchun qat'iy belgilangan summadagi AOS stavkasi

❗️2024-yil aprel oyi uchun AOS bo‘yicha hisobotlarni topshirishning oxirgi muddati – 15-may.

Agar korxonaning soliq davridagi jami daromadi belgilangan miqdor – 1 mlrd so‘mdan oshsa, QQS (12 %) va foyda solig‘i (12 %) to‘lashga o‘tadi.

❗️Aprel oyi uchun QQS bo‘yicha hisobotlarni topshirishning oxirgi muddati – 20-may.

Agar soliq to'lovchining soliq solish obyekti mavjud bo'lsa jami daromadi miqdoridan qat'i nazar, quyidagi soliqlarni to'laydi:
▫️yuridik shaxslar mol-mulk solig'i,
▫️yuridik shaxslar yer solig‘i;
▫️suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.


Shuningdek, alkogol mahsulotlarni (chakana va quyib sotish) realizatsiya qilishda, agar ular tegishli ruxsatnomalarga ega bo‘lsa, umumiy ovqatlanish korxonalari alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im to‘laydi.
👉 2024-yil uchun alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari

Umumiy ovqatlanish korxonalariga quyidagi soliq imtiyozlari qo'llaniladi:

🔹2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvargacha umumiy ovqatlanish sohasida xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari ijtimoiy soliqni 1 % stavkada to‘laydi;
👉1% ijtimoiy soliq stavkasi hisobotda qanday qo'llaniladi?

🔹2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida ko‘rsatilgan tumanlar va shaharlarning belgilangan turizm zonalarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan hamda mazkur hududlarda umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), savdo, ko‘ngilochar, turoperatorlik va turagent xizmatlarini ko‘rsatadigan tadbirkorlik subyektlari —:
▪️AOSni 1 % miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha;
▪️yuridik shaxslar mol-mulk yer soliqlarini ushbu hududlarda joylashgan obyektlar, shuningdek mazkur obyektlar egallagan yer uchastkalariga nisbatan hisoblangan summaning 1 % miqdorida to‘laydi.
👉 Soliq kodeksi 483-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭐️ “Yil brendi” tanlovi oʻtkazilmoqda

"Soliq" mobil ilovasi ham IT yoʻnalishida nomzod sifatida tanlovda ishtirok etmoqda.

Hurmatli Soliq mobil ilovasi foydalanuvchilari, ushbu tanlovda bizni qoʻllab-quvvatlashingizni soʻraymiz. Buning uchun makon_brand_bot orqali roʻyxatdan oʻtish hamda “IT” boʻlimida Soliq mobil ilovasiga ovoz berishingiz kerak boʻladi.

👍 Ishonchingiz uchun rahmat!
__________

⭐️ Проводится конкурс “Бренд года”

Мобильное приложение "Soliq" также номинировано в нем по направлению IT.

Уважаемые пользователи мобильного приложения Soliq!


Просим вас поддержать нас в этом конкурсе. Для этого нужно пройти регистрацию через makon_brand_bot и проголосовать за мобильное приложение Soliq в разделе "IT".

👍Спасибо за ваше доверие!
Tadbirkorlik subyektlarida energiya resurslaridan oqilona foydalanish yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda

Buxoroda mahallalarga biriktirilgan soliq inspektorlari hududlarda tadbirkorlik subyekti vakillari bilan uchrashuvlarda soliq ma’murchiligi hamda energiya resurslaridan oqilona foydalanish yuzasidan targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib borayaptilar.

Xususan, uchrashuvlarda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-sonli qarorining mazmun-mohiyati to‘liq tushuntirilgan holda mavzuga oid flayerlar tarqatilmoqda.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor

Peshku tumanida 11 nafar fuqaroning muammosi joyida hal etildi

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i D.Yuldashev bugun Pekshu tumanining 4-sektor hududidagi aholi muammolarini yaqindan o‘rganish hamda ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida mazkur tuman markazida sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda 15 dan ortiq kelib tushgan murojaatga asosan 7 ta ehtiyojmand oilaga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari, 3 nafar talabaga kontrakt pulining bir qismini qoplash uchun sertifikat hamda bir fuqaroga nogironlik aravachasi yetkazib berildi.

Sektor rahbari sayyor qabul doirasida aholi muammolarni hal qilishga mas’ul bo‘lgan “mahalla yettiligi” bilan uchrashib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ish o‘rinlarini ko‘paytirish, soliq bazasini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishdi.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #keshbek

Joriy yilning yanvar-mart oylarida Buxoro viloyatidagi iste'molchilar 6,1 mlrd so‘mlik keshbekka ega bo‘ldi

Mart oyining o'zida xarid cheklarini keshbek uchun ro'yxatdan o'tkazgan buxorolik iste'molchilarga 2 mlrd so‘mlik keshbek to'lab berilgan.


Joriy yil boshidan (29-aprel holatiga) respublika bo‘yicha iste’molchilarga 162,1 mln chek uchun 173,2 mlrd so‘m keshbek to'langan. Shundan 57,8 mlrd so‘mi mart oyida berilgan.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#4_sektor
#Qorovulbozor_tumani

“Namunali tomorqachi” xonadonida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi

“Bo‘zachi” mahallasida yashovchi “Namunali tomorqachi” ko‘krak nishoni sohibi Shaxrullo Hotamov oilasi bilan birga tomorqasizdan yiliga 70 mln so‘mdan ortiq daromad topyapti.

Ular 6 sotixli tomorqasidagi 20 dan ortiq mevali daraxtlar hamda yiliga 3-4 marta hosil berayotgan 2 sotixli issiqxonadan shuncha foyda ko‘rmoqdalar.

Shu bois, tumanda tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha tashkil etilayotgan navbatdagi ko‘rgazmali seminar aynan shu xonadonda tashkil etildi.

Seminarda uy egalari 100 dan ortiq mahalladoshlari bilan tomorqadan daromad topish bo‘yicha tajribalarini o‘rtoqlashdilar.

Seminar doirasida tuman hokimi, sektor rahbarlari, tijorat banklari vakillari, mahalla raisi va tajribali tomorqachilar ham tomorqadan samarali foydalanish, sohaning rivoji uchun ajratiladigan imtiyozli kreditlar to‘g‘risida o‘zlarining fikr va mulohazalarini bildirishdi.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#4_sektor

4-sektor rahbari Qorovulbozor tumanida aholi muammolarini yaqindan o‘rganib, ularga amaliy yordam ko‘rsatdi

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i D.Yuldashevning 4-sektor hududidagi aholi muammolarini yaqindan o‘rganish hamda ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida navbatdagi sayyor qabuli bugun Qorovulbozor tumanida bölib otdi.

Sayyor qabulda 15 dan ortiq murojaat kelib tushdi va ularning aksariyati shu yerning o‘zida hal etildi.

Jumladan, kelib tushgan murojaatlarga asosan bir nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 4 ta ehtiyojmand oilaga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari, 2 nafar talabaga kontrakt puli hamda 1 nafar yoshga safarbarlik chaqiruv (1 oylik harbiy xizmat) to‘lovning bir qismini qoplash uchun sertifikat hamda berildi.

Sektor rahbari aholi bilan uchrashuvda Vazirlar Mahkamasining 204-sonli qarori mohiyatiga ham to‘xtalib o‘tib, ularga energetika resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish samaralarini tushuntirib berdi.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
XODIMLARI ENG KO‘P SOLIQ TO‘LASHI LOZIM BO‘LGAN TOP-20 TA KORXONALAR BILAN TANISHING

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlaridan eng katta qarzdor xodimlari bo‘lgan korxonalarni e'lon qiladi.

Unda viloyat hududida egaligida turar joylar, kvartiralar, dala hovli, garajlar va boshqa qurilmalar, binolar, inshootlar bo‘lgan soliq to‘lovchilar soni va ularning soliq qarzi ko‘rsatilgan.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mahallabay

Mahallalarda soliq organlari faoliyati

Joriy yil aprel oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida baholash natijalariga ko‘ra Buxoro viloyatining samaradorlik ko‘rsatkichi (KPI) 92,5 ballni tashkil etdi.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Buxoroda mahallalarda soliq organlari faoliyati

Joriy yil aprel oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida baholash natijalariga ko‘ra Buxoro viloyatining samaradorlik ko‘rsatkichi (KPI) 92,5 ballni tashkil etdi.

Umumiy reytingda soliq inspektorlari hissasi yuqori bo‘lgan hududlar – Top-5:

📍Qorovulbozor tumani soliq inspeksiyasi – 95,5 %;

📍Vobkent tumani soliq inspeksiyasi – 93 %;

📍Kogon tumani soliq inspeksiyasi – 92,5 %;

📍Olot tumani soliq inspeksiyasi – 92,4 %;

📍G‘ijduvon tumani soliq inspeksiyasi – 92,3%.

🔹Mahallalarga biriktirilgan soliq inspektorlarning ko‘rsatkichlari:

▫️reytingi 90 balldan yuqori inspektorlar – 154 nafar;

▫️reytingi 70 dan 90 ballgacha bo‘lgan inspektorlar – 103 nafar.

Ma’lumot uchun: Viloyatimizdagi 544 ta mahallaga 262 nafar soliq inspektori biriktirilgan.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#antikorrupsiya

Shofirkon tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida profilaktik tadbir o‘tkazildi

Buxoro viloyati soliq xizmati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas’ullari tomonidan profilaktik tadbirlar davom etmoqda.

Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlarning navbatdagisi Shofirkon tumani soliq inspeksiyasi xodimlari o‘rtasida tashkil etildi.

👉 Batafsil


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Pudrat tashkilotlarining soliq hisobotlaridagi ishchi xodimlar haqidagi maʼlumotlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida aks etadi


“Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarini samarali tashkil etishning qoʻshimcha choralari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.
👉 PQ-165-son, 29.04.2024-y.

Qarorga koʻra, pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan ish turlari, hajmlari va qiymatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etilgan elektron hisobvaraq-fakturalar asosida shakllantirgan holda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga yuborish tartibi belgilanmoqda.

Shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining axborot tizimlariga vazirlik va idoralarning o‘zaro integratsiya qilingan axborot tizimlari orqali taqdim etiladigan qo‘shimcha ma’lumotlar roʻyxati ham tasdiqlandi. Unga ko‘ra, Soliq qoʻmitasi quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.

🔹 “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasiga:
▫️Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogidagi qurilish resurslariga oid (mahsulot nomi oʻlchov birligi, narxi) maʼlumotlar.
🔹 “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga:
▫️Budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlar doirasida bajarilgan qurilish-montaj ishlarini tasdiqlovchi EHFlar va ularga ilovalar;
▫️Loyiha va pudrat tashkilotlarining JSHODS hisobotlaridagi ishchi xodimlar haqidagi maʼlumotlari.

Ushbu roʻyxatda keltirilgan maʼlumotlar begʻaraz (bepul) taqdim etiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliqchi_komakchi

QQS to‘lovchiga xizmat ko‘rsatish sifatini boshqarish va baholashning ilg‘or mexanizmlari

QQS to'lovchi har bir korxonaga soliq inspektori biriktirildi. Soliq to'lovchiga shaxsiy kabinetida o‘zining inspektori haqidagi aloqa ma'lumotlari ko‘rsatilgan xabarnomalar yuborildi.

Bitta soliq inspektori bir xil faoliyat sohasidagi bir nechta korxona (masalan, qishloq xo'jaligi, sanoat va boshqalar) bilan ishlaydi. Soliq xizmati organining ma’lumotlar bazasida soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi mavjud barcha zarur ma’lumotlarni bir joyda to‘plash, monitoringini yuritish va tezkor tahlil qilish maqsadida soliq inspektorlari uchun avtomatlashtirilgan tizim yaratildi.

Undagi barcha ma'lumotlar alohida toifalarga ajratilgan:
▫️tovar aylanma,
▫️hisobot taqdim etilishi,
▫️soliq turlari kesimida ma'lumotlar,
▫️soliq qarzi,
▫️ortiqcha to'lov,
▫️tekshiruvdan oldingi tahlil natijalari (avtokameral) va h.k.


Soliq inspektorlarining samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) yuqoridagi toifalar bo‘yicha baholanadi.

Bular tadbirkorlar barqarorlik reytingi mezonlariga juda yaqin ko‘rsatkichlardir. Shu boisdan ham ushbu tizim ikki tomon uchun ham manfaatlidir - soliq inspektori soliq to'lovchiga qonun doirasida soliq majburiyatlarini bajarishga yordam beradi, natijada tadbirkorning barqarorlik reytingi yuqorilashi barobarida inspektorning mehnat samaradorligi ham oshib boradi.

Tizim QQS to'lovchilar bilan muhokama qilindi. Soliq to‘lovchilar inspektor bilan bir vaqtda tizimdagi ma’lumotlarni ko‘rish imkonini berish taklifini bildirgan. Yaqin kunlarda ular shaxsiy kabinetida o‘zlariga tegishli ma'lumotlarni ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi.

Bu o‘zaro munosabatlarda tushunmovchiliklar kelib chiqishining oldini oladi: soliq to‘lovchilar kamchiliklarini aniq ko‘rib turadi va soliq inspektorlari ularni bartaraf etishda yordam beradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads