Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.08K subscribers
7.64K photos
1.61K videos
44 files
4.82K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AOS #chek_tahrirlash

🗓 15-mart – AOS toʻlovchilar uchun 2024-yil fevral oyida chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashning oxirgi kuni


AOS to‘lovchilar onlayn-NKT sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarni AOS bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish muddatigacha tuzatishi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#elon

Hurmatli soliq to‘lovchilar!


Soliq qo‘mitasi veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish va Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi serverlari yuklamalarni qabul qilish imkoniyatini oshirish maqsadida 21-mart soat 21:00 dan 23-mart soat 09:00 gacha profilaktika ishlari olib boriladi.

Ushbu davr mobaynida soliq organlarining elektron xizmatlari vaqtinchalik ishlamaydi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun 1198 raqami orqali 24/7 rejimda faoliyat olib boruvchi Call-markazga murojaat qilish mumkin.
______
#объявление

Уважаемые налогоплательщики!

В целях оптимизации работы веб-ресурсов Налогового комитета и повышения пропускной способности серверов Центра обработки данных с 21:00 часов 21 марта до 09:00 часов 23 марта будут проводиться профилактические работы.

В этот период порталы электронных налоговых услуг будут временно недоступны.

За консультацией можно обратиться в круглосуточный Call-центр по номеру 1198.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#4_sektor

Kogonliklar 1 ming 400 gektarga yaqin tomorqa yerlarining har qarichidan daromad topmoqdalar

Kogon tumanida aholi tomorqachilari soni 20 ming 928 nafardan ko‘p bo‘lib, ular tasarrufidagi mavjud tomorqa yeri 2 ming 128 gektardir. Shuningdek, hududda bevosita issiqxona xo‘jaligini barpo etib, unda yilning to‘rt faslida ham barakali hosil yetishtirayotgan xo‘jaliklar ekin yeri 20 gektardan ortiq maydonni tashkil etmoqda.

Mazkur issiqxonalarning aksariyati 1-4 sotixdan iborat. Bu o‘rinda chog‘roq yeridan katta daromad olayotgan kogonlik ilg‘or tomorqa egalaridan Sorg‘un mahallasidan Shuhrat To‘rayev, O‘ba-Cho‘li mahallasidan Nosir Haydarov, Bahouddin Naqshband mahallasidan Bahrom Yodgorov, Sarayon mahallasidan Said Narziyev, Tutkunda mahallasidan Ahtam Fozilovlarni alohida ko‘rsatish mumkin.

Sorg‘unlik Shuhrat To‘rayev oila a’zolari ko‘magida 4 sotix issiqxonasida kartoshka ekib yetishtirmoqda. Hademay, bu yerdan 1200 kilogramm hosil olish ko‘zlanmoqda. Tutkundalik Ahtam Fozilov xonadonida esa bulg‘or qalampiri va pomidor ko‘chatlari yetishtirilib, tez kunda mahalladagi tomorqachilarga tarqatiladi. Bu mehnatdan qo‘lga kiritilayotgan daromadni chamalash qiyin emas. Muhimi, mirishkorlar xonadoni yil bo‘yi issiqxona hosilidan bahramand bo‘ladi va daromadsiz qolmaydi.

Kogonliklar joriy yil erta bahordan xonadonlarining jami 1 ming 400 gektarga yaqin tomorqa yerlarida sabzavot-poliz mahsulotlari ekib, 251 gektardan oshiq yerda kartoshka yetishtirilmoqdalar, shuningdek, 580 gektardan ortiq yerda pomidor, bodring, 200 gektarga yaqin yerda piyoz va bulg‘or qalampiri parvarishlamoqdalar.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston iftixori, boks bo‘yicha Jahon va Osiyo chempioni Shaxram G‘iyosov: Mol-mulk va yer soliqlarini o‘z vaqtida to‘lab yurtimiz rivojiga hissa qo‘shing!

✔️DASTLABKI MUDDAT 15-APREL


📲Mol-mulk va yer soliqlarini Soliq mobil ilovasi orqali to‘lang. Bu soliq to'lovchilar uchun juda qulay.


Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#mol_mulk_va_yer_soligi

MOL-MULK VA YER SOLIQLARINI TO'LASHNI UNUTMANG

✔️DASTLABKI MUDDAT 15-APREL

📲Mol-mulk va yer soliqlarini Soliq mobil ilovasi orqali to‘lang. Bu soliq to'lovchilar uchun juda qulay.


Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️15-APREL MOL-MULK VA YER SOLIQLARINI TENG ULUSHLARDA TO‘LASHNING OXIRGI MUDDATI

📲Soliqlarni 👉Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash mumkin.

👉 Soliq ilovasida "Soliqlarni to‘lash" bo‘limi tanlanadi va qarz miqdori aniqlanib, to‘lov amalga oshiriladi.

Тelegram | Facebook|Instagram
QQS hisobotini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma.pdf
887 KB
#QQS

❗️20-mart - fevral oyi uchun QQS hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni

👉
QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

QQS hisobotining paket kodi: 10006_41
_______________
#НДС

❗️20 марта - последний день представления отчетности по НДС за февраль

👉
Инструкция по заполнению отчетности по НДС

Код пакета отчетности по НДС: 10006_41

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#QQS #chek_tahrirlash

🗓 20-mart– QQS toʻlovchilar uchun fevral oyida chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashning oxirgi kuni

QQS to‘lovchilar onlayn-NKT sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarni QQS bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish muddatigacha tuzatishi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Xaridorlarga QR-kodli chek berilishi shart

Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart.

Aks holda xaridorlarga xarid cheki taqdim etmagan tadbirkorlik subyektlarida “Soliq hamkor” orqali kelib tushgan murojaat asosida nazorat tadbiri o‘tkazilib, ushbu holat yuzasidan jarima belgilanishi mumkin.

Kuni-kecha Soliq hamkor orqali kelib tushgan murojaat asosida Buxoro shahar “Jo‘bor” ko‘chasida joylashgan xo‘jalik yurituvchi subyektda savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarining buzilishi yuzasidan kelib tushgan murojaatga asosan sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilib, xaridor tomonidan ONKMdan xarid cheki berilmaganligi holati tasdig'ini topdi va belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirildi.

Raqamlar bilan aytganda, joriy yil boshidan viloyatda “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali fuqarolar tomonidan chek bermaslik bo‘yicha yuborilgan murojaatlar asosida 224 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan.

Nazorat tadbirlarining barchasida huquqbuzarlik to‘g‘risida kelib tushgan murojaatlar o‘z tasdig‘ini topib soliq kodeksining 221-moddasiga asosan 5 milliondan 10 million so‘mgacha jarima qo‘llanilgan.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tashqi_savdo

Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi xabarnoma qachon taqdim etiladi?

2022-yil uchun
chet el kompaniyasini nazorat qiluvchi shaxsi boʻlgan Oʻzbekiston soliq rezidenti soliq organlariga ushbu nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi xabarnomani taqdim etishning oxirgi kuni – 2024-yil 20-mart.
👉 Soliq kodeksi 209-modda

Soliq solish maqsadida quyidagilar chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxslari deb eʼtirof etiladi:
▫️chet el kompaniyasidagi ulushi 25 % dan (2022-yil uchun 50 %) ortiqni tashkil etadigan, Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etiladigan shaxslar;
▫️chet el kompaniyasidagi ulushi 10%dan ortiq boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxslar. Bunda bir necha Oʻzbekiston soliq rezidentlarining chet et kompaniyasidagi jami ulushi 50 %dan ortiq boʻlishi lozim.
👉 Soliq kodeksi 40-modda

🎞 YouTube orqali ko‘rish
____________
#внешная_торговля

Когда подается уведомление о контролируемых иностранных компаниях?

20 марта 2024 года - последний день представления в налоговые органы уведомления о контролируемых иностранных компаниях, контролирующим лицом которых является налоговый резидент Республики Узбекистан, за 2022 год.
👉ст.209 Налогового кодекса

В целях налогообложения контролирующими лицами иностранной компании признаются:
▫️юридическое или физическое лицо, признаваемое налоговым резидентом Республики Узбекистан, доля участия которого в иностранной компании составляет более 25 % (50% в 2022 году);
▫️юридическое или физическое лицо, доля участия которого в этой компании составляет более 10 %, если доля участия всех лиц, признаваемых налоговыми резидентами Республики Узбекистан, в этой компании составляет более 50 %.
👉ст.40 Налогового кодекса

🎞 Смотреть в YouTube

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#4_sektor

Aholi muammolari joyida yechim topmoqda

4-sektor hududiga kiruvchi hududlar aholisining muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida ishchi guruhi tomonidan joylarda aholi bilan tez-tez uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.
Kuni kecha Kogon shahar 4-sektor rahbari K.Ahmadovaning “Mahtumquli” va “Zirabod” mahalla fuqarolari bilan uchrashuvi ham manfaatli bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

“Mahtumquli” mahallasi aholisi bu gal sektor rahbari oldiga yog‘in-sochin kunlarida ichki yo‘llarning loyga aylanib qolishi va buning natijasida yosh bolalar va keksalar turli qiyinchilikka duch kelayotganliklarini bildirib, ushbu muammoni hal etish masalasini qo‘yishdi.

Sektor rahbari uchrashuvda ushbu masalani hal etishni o‘z bo‘yniga olib, shu kunning o‘zida mahalla hududidagi ichki yo‘llarning bir qismini shag‘allashtirishga shaxsan o‘zi bosh bo‘ldi.

Mazkur sayyor qabulda bundan tashqari fuqarolarning ishga joylashish, tadbirkorlik faoliyati uchun imtiyozli kredit mablag‘lari olish, moddiy yordam, o‘zini-o‘zi band qilish orqali tikuv mashinkasi ajratish kabi 10 dan ortiq murojaatlar ham belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, ularni ham ijobiy hal etish choralari belgilandi.

E’tiborlisi, shu kuni aholi bilan uchrashuv mazkur mahallalarda “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida ko‘chalarni tozalash, obodonlashtirish va daraxt butalariga ishlov berish ishlariga ulanib ketdi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TTY

O‘zbekistonda tovar-transport yuk xati elektron bo‘ladi


2024-yil 1-apreldan yirik soliq toʻlovchilar uchun, 2024-yil 1-iyuldan barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi.
👉 VMQ-673-son 21.12.2023

Shunga asosan, Soliq qoʻmitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” IAM tomonidan tizim operatorlari bilan birga "Elektron tovar-transport yuk xati tizimi" test rejimida ishga tushirildi.

Eslatma❗️Tizim test rejimida ishga tushirilgan boʻlib, 2024-yil 1-aprelga qadar xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun hech qanday soliqqa oid oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.

📹
Tizimdan foydalanish bo‘yicha videoqo‘llanma
—————
#ТТН

В Узбекистане товарно-транспортная накладная будет электронной


Порядок оформления товарно-транспортных накладных в электронном виде внедряется с 1 апреля 2024 года для крупных налогоплательщиков, а с 1 июля 2024 года - для всех хозяйствующих субъектов.
👉ПКМ №673 от 21.12.2023

На основании этого НИЦ "Новые технологии" при Налоговом комитете совместно с операторами системы в тестовом режиме запущена "Система электронных товарно-транспортных накладных".

Напоминаем❗️Система работает в тестовом режиме и до 1 апреля не влечет за собой никаких налоговых последствий для субъектов предпринимательства.

📹
Видеоинструкция по использованию системы

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads