Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.09K subscribers
7.77K photos
1.62K videos
44 files
4.88K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#опрос

Уважаемые предприниматели!


Опрос, проводимый с целью выявления общественного мнения в отношении критериев Рейтинга устойчивости субъектов предпринимательства, переведен на русский язык.

Пройти опрос на русском языке можно по ссылке https://forms.gle/KL4RXYyjBi4TSw3b8

👉Опрос на узбекском языке

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi

Reyting maʼlumotlarini my3.soliq.uz portalida kuzatib boring

Barqarorlik reytingi bali va toifa maʼlumotlari soliq to‘lovchilarning my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetida aks ettirildi.

Reyting haqida maʼlumot asosiy oynaning yuqori qismidagi korxona nomi ostida joylashtirilgan.

Shuningdek, shaxsiy kabinetda qanday mezonlarga asosan qancha ball berilganligi va kamchiliklarni qanday bartaraf etish haqida batafsil maʼlumot olish mumkin.

Hozirda ushbu maʼlumotlar my3.soliq.uz portalida (kirill) ishlamoqda. Tez kunlarda my.soliq.uz portalida ham ishga tushiriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#P2P

Tovar yoki xizmatlar uchun
to‘lovni tadbirkorlik subyekti hisob raqamiga emas, jismoniy shaxs kartasiga o‘tkazish (P2P) noqonuniy hisoblanadi.

Hurmatli xaridorlar va tadbirkorlar❗️
Tovar yoki xizmatlar uchun to‘lovni elektron amalga oshirishda qonuniy yo‘l tanlashni maslahat beramiz.

Ya’ni, tovar yoki xizmatlar uchun elektron to‘lovni QR-kodni skanerlash orqali amalga oshirish ham mumkin. Shunda chek ham elektron bo‘ladi.

Batafsil videoda.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SOLIQLAR NIMALARGA SARFLANADI?

To‘lanayotgan soliqlar qanday maqsadlarda sarflanishi har bir insonni qiziqtirishi tabiiy.

Soliqlar:
Farzandlarimizning zamonaviy bog‘cha hamda maktablarda sifatli tarbiya va ta’lim olishi;
Vatanimiz chegaralarining daxlsizligini ta’minlash, tinchligimizni asrash;
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish;
Mahallalar, qishloq va shaharlarimizni yanada obod qilish;
🔹Ravon yo‘llar qurish;
🔹Ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi qatlamiga mehribonlik ko‘rsatish va moddiy yordam;
🔹Pensionerlarning nafaqalari, nogironlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari hamda talabalarning stipendiyalari xarajatlariga sarflanadi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#onlayn_NKT

Yandex Go yo‘lovchilarga naqd puldagi to‘lovi uchun elektron chek berishni boshladi

Onlayn-taksi agregatorlarining soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvi natijasida yo‘lovchi tashish dinamikasi Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasida aks etmoqda.

O‘tgan yilning dekabr oyida onlayn-taksi agregatorlari orqali 4,4 mln tashuvlar amalga oshirildi. Yo‘lovchi tashish faoliyati 80,1 ming nafar o‘zini o‘zi band qilgan haydovchi tomonidan amalga oshirilgan. Joriy yil yanvar oyida qatnovlar soni 5 mlnga yetdi. Tashish xizmatlari 113,5 ming nafar o‘zini o‘zi band qilgan haydovchi tomonidan ko‘rsatildi.

Soliq qoʻmitasi boshqa onlayn-taksi agregatorlarining soliq organlari bilan integratsiyalashuvini taʼminlash va toʻlov shaklidan qatʼi nazar, yoʻlovchilarga chek berish boʻyicha ishlarni davom ettirmoqda.

Ma'lumot uchun. “Soliq” mobil ilovasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar cheklari uchun keshbek hisoblanmaydi.
___________
#онлайн_ККТ

Яндекс Go начал выдавать пассажирам электронные чеки и при оплате наличными

В результате осуществленной интеграции онлайн агрегаторов такси с информационными системами налоговых органов в базе данных Налогового комитета доступна динамика пассажирских перевозок.

Так, в декабре через онлайн-агрегаторы такси было совершено 4,4 млн поездок. Перевозку пассажиров осуществили 80,1 тысяч самозанятых водителей. В январе количество поездок увеличилось до 5 млн. Услуги по перевозке оказали 113,5 тысяч самозанятых водителей.

Налоговым комитетом продолжается работа по обеспечению интеграции с налоговыми органами других онлайн агрегаторов такси и выдачи чеков пассажирам, независимо от формы оплаты.

К сведению. По чекам самозанятых лиц не начисляется кешбэк в мобильном приложении Soliq.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#ozini_ozi_band_qilish

Daromadi 100 mln soʻmdan oshgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar AOS hisobotini qanday topshiradi?

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning 100 million so‘mgacha bo‘lgan daromadlari soliqqa tortilmaydi.

Soliq davrida tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadi 100 million so‘mdan oshgan, lekin 1 mlrd so‘mgacha bo‘lganda AOS to‘lovchi yakka tartibdagi tadbirkor sifatida tan olinadi. Bunda ular soliq organlariga soliq hisobotini taqdim etishi hamda soliqlarni to‘lashi shart.

Agar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar EHF, onlayn-NKT hamda marketpleys orqali daromad olgan bo‘lsa, ushbu daromadlarning 100 mln so‘mdan oshgan qismi AOS hisobotida avtomatik shakllanishi uchun quyidagilarni amalga oshirishi lozim

my.soliq.uz saytidagi “Yakka tartibdagi tadbirkor va oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar uchun” shaxsiy kabinetiga elektron raqamli imzo orqali kiriladi.

U yerdan “Avtomatlashtirilgan aylanmadan olinadigan soliq hisobotiga oʻzgartirish kiritish” soʻngra “Murojaat yuborish” tugmasi bosiladi.

Ochilgan oynadan soliq davri hamda hisobot davri tanlanadi. Satr nomi qatoridan “Qatʼiy belgilangan miqdordagi daromad soligʻi toʻlovchisi boʻlgan davrda olgan daromadi” belgilanadi, shundan soʻng satr kodi hamda summa qatorlari avtomatik shakllanadi.

Soliq turi qatoridan "Aylanmadan olinadigan soliq" tanlanadi. Asoslantiruvchi hujjat sifatida oʻzini oʻzi band qilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yuklanadi hamda yuborish tugmasi bosiladi.

Shundan soʻng hisobot topshirish jarayoniga oʻtiladi. Buning uchun shaxsiy kabinetdan “Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning hisobotlari” oynasi undan so‘ng quyidagilar ketma-ketlikda tanlanadi:
👉Elektron shakllar;
👉Aylanmadan olinadigan soliq;
👉Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobi.


Ochilgan oynadan soliq turi, hisobot turi, yil, davr tanlangach, hisobot shaklida soliq summasi avtomatik shakllanadi so‘ngra joʻnatish tugmasi bosiladi.

Bank hisobraqami mavjud soliq to‘lovchilar shaxsiy kabinetning "O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarining soliqlarini to‘lash" bo‘limi orqali soliq to‘lovlarini amalga oshirishi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mahallabay

“Mahallabay” tizimida ishlayotgan soliq inspektorining faoliyat doirasi keng


Soliq organlari faoliyatida “mahallabay” ishlash tizimi qaror topayotgani o‘z samarasini bermoqda.
Bu borada dalillar yetarli.
Misol uchun, Buxoro shahrining “Alisher Navoiy” va “Furqat” mahallalariga biriktirilgan soliq inspektori Najmiddin Bozorov joriy yilning fevral oyi uchun belgilab berilgan ayrim ko‘rsatkich rejalarini 15 kunda uddalashga erishdi.

Xususan, hududdagi biznes vakillariga “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida to‘g‘ri yo‘nalishlar ko‘rsatilgan holda ularning tovar aylanmasi 15 kunda 2 mlrd 400 million so‘mga oshirildi.

Xuddi shunday, ushbu mahallalariga biriktirilgan soliq inspektorining suv solig‘i bo‘yicha fevral oyidagi prognoz ko‘rsatkichi (290 mln) ham 15 kunda 363 million so‘m qilib ta’minlandi.

👉BATAFSIL

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKT

Yandeks Go bergan cheklarni qayerdan ko‘rsa bo‘ladi?

Yaqin kunlarda Soliq mobil ilovasi orqali ham taksi xizmatlari uchun berilgan cheklarni ko‘rish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisodiyotni_oldini_olaylik

❗️BIZDA HAM, BUTUN DUNYODA HAM SOLIQDAN QOCHISH — JINOYAT HISOBLANADI.

HAR BIR TADBIRKOR DAVLAT BYUDJETIGA HISSA QO‘SHISHNI O‘ZINING BURCHI DEB BILISHI KERAK.

✳️NEGAKI, SOLIQLAR MAMLAKATIMIZ RIVOJI, XALQIMIZ FAROVONLIGI, AHOLI SALOMATLIGI HAMDA FARZANDLARIMIZNING BAXTLI KELAJAGI UCHUN SARFLANADI.


Тelegram | Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM