Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Futbol
Buxoroda yoshlar o‘rtasida “Buxoro viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i kubogi” uchun futbol musobaqalari bo‘lib o‘tdi
⚽️ Viloyat soliq boshqarmasi hamda “Bunyodkor Kids Buxara” futbol klubi hamkorligida o‘tkazilgan mazkur musobaqada respublikamizning turli nuqtalaridan tashrif buyurgan 2012-2017 yillarda tug‘ilgan yoshlardan tarkib topgan mini futbol bo‘yicha 20 ta jamoa g‘oliblik uchun kurashdilar.
Тelegram | Facebook|Instagram

#4_sektor
Bugun viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i D.Yuldashevning G‘ijduvon tumani “Zarangari”mahalla fuqarolari yig‘inida sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Mutasaddi tashkilot vakillari hamda xalq qabulxonasi ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda shu yerlik 30 dan ortiq fuqarolar ishtirok etdi.
Qabulda 16 nafar fuqarolar viloyat 4-sektor rahbariga oziq-ovqat, dori-darmon, moddiy yordam ajratish yuzasidan murojaat qildilar.
Qabul davomida 6 nafar fuqaroning murojaatlari shu yerning o‘zida tegishli tashkilot vakillari ishtirokida hal etilidi.
Qolgan 10 nafar fuqarolaring murojaatlari muddat talab etganligi bois ushbu murojaatlarni ham tez fursatlarda ijobiy hal etish choralari belgilandi va shaxsan viloyat 4-sektor rahbari nazoratiga olindi.
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob #mulk_soligi
❔ Nomimda 1 ta uy bor. Mahalla idorasi xodimi 2023-yilda bu uyim uchun 550 ming soʻm mulk soligʻi toʻlashim kerakligini aytdi. Lekin Soliq inspeksiyasiga qoʻngʻiroq qilganimda mulk solig‘i bo‘yicha 550 ming soʻm emas 280 ming soʻm qarzim borligini ma’lum qildi. Qaysi biri toʻgʻri, qanday aniqlasam boʻladi?
Fuqarolar Soliq mobil ilovasi orqali nomidagi obyektlar va ular uchun hisoblangan soliq summalari haqida toʻliq maʼlumot olishi mumkin. Ilovadagi maʼlumotlar real vaqt rejimida avtomatik shakllanadi.
Shunga muvofiq Soliq mobil ilovasi orqali haqiqatda toʻlanishi lozim boʻlgan yer va mol-mulk soligʻi summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlash va soliq toʻlovlarini amalga oshirish maqsadga muvofiq.
👉 Soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lashning qanday qulaylik va afzalliklari bor?
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul
Sayyor qabulda hech bir murojaat e’tiborsiz qolmadi
Bugun viloyat 4-sektor rahbari D.Yuldashev aholini qiynab kelayotgan muammolarini hal etish yuzasidan tasdiqlangan reja-jadvalga asosan Buxoro shahridagi “Ahmad Donish” mahalla fuqarolar yig‘ini idorasida sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabulda Buxoro shahar Xalq qabulxonasi mudiri A. Bekmurodov bilan birgalikda sektor ishchi guruhi hamda hududdagi tegishli tashkilot mas’ullari ishtirok etdi.
Qabulda fuqarolardan bandlik, uy-joy, kommunal-xo‘jalik, tadbirkorlik, moddiy yordam, sog‘liqni saqlash hamda boshqa masalalar bo‘yicha 20 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi.
Rahbarlar qabul jarayonida har bir murojaatni atroflicha muhokama etib, ularni ijobiy hal etish uchun mas’ullarga tegishli vazifalarni belgilab berdilar. E’tiborlisi, murojaatlarning 5 tasi shu yerning o‘zida hal etildi.
Xususan, ushbu mahallada istiqomat qiluvchi fuqaro Dilfuza Navro‘zova ham sayyor qabulda farzandi uchun ta’lim krediti ajratish bo‘yicha qilgan murojaati qanoatlantirilganidan xursand.
Bundan tashqari, sayyor qabul doirasida hududdagi kam ta’minlangan uch nafar shaxsga kundalik ehtiyojda zarur bo‘lgan oziq-ovqat va maishiy vositalar taqdim etildi.

#nazorat_tadbirlari #markirovka
Alkogol va tamaki mahsulotlari realizatsiyasi bilan shugʻullanuvchilarda o‘tkazilayotgan soliq nazorati tadbirlari toʻgʻrisida Soliq qoʻmitasi quyidagilarni maʼlum qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasida 2021-yil 1-yanvardan alkogol va tamaki mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash joriy etilgan.
2022-yil 13-iyungacha (1 yilu 6 oy ) alkogol va tamaki mahsulotlari sotuvchilariga markirovkalanmagan mahsulotlarni savdodan olib tashlash imkoniyati berildi.
Shunga qaramay, soliq organlari tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida oʻtkazilgan tekshirishlar davomida alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi qoidalarini koʻp miqdorda buzish holatlari aniqlandi.
Xususan, faqat joriy yilning oktabr-dekabr oylari davomida raqamli markirovkalanmagan 1,9 mlrd soʻmlik 168,7 ming dona alkogol va 0,9 mlrd soʻmlik 81,4 ming dona tamaki mahsulotlari olib qoʻyildi.
Raqamli markirovkalarning yoʻqligi bir qator salbiy oqibatlarga olib keladi:
Birinchidan, tovarning kelib chiqish manbasini aniqlab boʻlmaydi, bu esa sogʻliqqa jiddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan kontrafakt va qalbaki mahsulotlarni aholiga sotish xavfini sezilarli darajada oshiradi.
Ikkinchidan, markirovkalanmagan mahsulotlar savdosi natijasida majburiy boʻlgan soliqlar va yigʻimlarning toʻlanmay qolishi Davlat budjetiga zarar keltiradi.
Uchinchidan, “uddaburon” tadbirkorlar tomonidan alkogol va tamaki mahsulotlarining soliq va yigʻimlar toʻlanmagan holda realizatsiya qilinishi intizomli tadbirkorlar uchun raqobat maydonida tengsizlikni keltirib chiqaradi.
Soliq organlari tomonidan kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining oldini olish, davlat budjeti tushumlarini oʻz vaqtida va toʻliq taʼminlash, shuningdek, isteʼmolchilar va tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish maqsadida murojaatlar asosida alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish bilan shugʻullanuvchi 572 ta subyektda tekshiruvlar oʻtkazildi.
Natijada qonun buzilishlarga yoʻl qoʻygan 491 ta xoʻjalik subyektlariga nisbatan Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasiga muvofiq 49,9 mlrd soʻmlik moliyaviy jarimalar qoʻllanildi. 4 ta holatda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar alkogolli mahsulotlarni sotishdan byudjetga undiriladigan soliq tushumlariga ijobiy taʼsir koʻrsatib, noyabr oyida oʻtgan 10 oydagi soliq tushumlariga nisbatan 189 foizga oshgan (134 mlrd soʻmga nisbatan 252 mlrd soʻm).
Joriy yilda alkogol va tamaki mahsulotlari aksiz soligʻi bo‘yicha Davlat budjetiga tushumlarning umumiy prognozi 4,4 trln soʻm.
Soliq qoʻmitasi sotuvchilarni Soliq kodeksining 227 prim 1- moddasida nazarda tutilgan jazo choralarini (oxirgi hisobot choragidagi sof tushum miqdorida) hisobga olishga, alkogol va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilishning qonuniy tartibini buzmaslikka chaqiradi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads