Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.53K photos
1.6K videos
41 files
4.75K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#ESLATMA

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 423-va 440-moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

OXIRGI MUDDAT 15-OKTABR EKANLIGINI UNUTMANG❗️


Тelegram | Facebook|Instagram
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

“Aylanmadan olinadigan soliq hisobotlarini to'ldirish tartibi”
mavzusidagi onlayn seminar-trening boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉 https://www.youtube.com/watch?v=PzWx3PUHVQs
__________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Начался онлайн семинар-тренинг на тему «Порядок заполнения отчетности по налогу с оборота».

🌐 Ссылка на семинар 👉 https://www.youtube.com/watch?v=PzWx3PUHVQs

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#AOS

🗓 15-oktabr dam olish (yakshanba) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanada taqdim etilishi va to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 16-oktabrga ko‘chiriladi.
👉Soliq kodeksi 5-modda
👉Soliq kodeksi 86-modda

Shu bois 2023-yil 16-oktabr - aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni.

📜 Aylanmadan olinadigan soliq (AOS) hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

👉AOS hisobotining paket kodi: 10104_30
____________
#налог_с_оборота

🗓 В связи с тем, что 15 октября - выходной день (воскресенье), крайний срок представления отчетности и уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в этот день, переносится на 16 октября.
👉ст.5 Налогового кодекса
👉ст.86 Налогового кодекса

16 октября 2023 года – последний день представления отчетности по налогу с оборота по итогам отчетного периода.

📜
Инструкция по заполнению отчетности по налогу c оборота

👉Код пакета отчетности по налогу с оборота:
10104_30

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Biz to'layotgan soliqlar yurtimizni yanada rivoj topishi uchun xizmat qiladi" — Oliy Majlis Senat huzuridagi "Tadbirkor ayollar klubi" raisi Mamlakat Umedovna Sodiqova soliq to'lovlari haqida munosabat bildiridi.

15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni ekanligini unutmang!


Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mol-mulk va yer soliqlarini o‘z vaqtida to‘lashni unutmang❗️

Mirolim Qilichov O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
Hurmatli buxgalterlar!

ACFP - yangi professional tashkiloti moliyaviy mutaxassislar, shu jumladan, buxgalterlar uchun kvalifikatsiyalar-malakalarni ishlab chiqmoqda.

Sizdan oʻzingizga yoqqan kvalifikatsiyalarning nomlanishini va qisqartma shaklini tanlash soʻraladi. Professional kvalifikatsiyaning toʻrtta darajasi nomlari ichidan oʻzingizga yoqqan variantni koʻrsating.

💬 Ovoz berish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston iftixori, boks bo‘yicha Jahon va Osiyo chempioni Shaxram G‘iyosov: mol-mulk va yer soliqlarini o‘z vaqtida to‘lab yurtimiz rivojiga hissa qo‘shing!

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2023-yil 16-oktabr

sentabr oyi uchun:

- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari
hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining
ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim
etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va
toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-5 qismlar);

- AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-4 qismlar).

IV chorak uchun:

- joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib
chiqqan holda, boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida
maʼlumotnoma taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 11-qism).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulk_soligi #yer_soligi

15-oktabr dam olish kuni (yakshanba) boʻlganligi sababli jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlarini toʻlash muddati 16-oktabr hisoblanadi.

👉 Soliq mobil ilovasida soliq toʻlashingiz mumkin
__________
#налог_на_имущество #земельный_налог

В связи с тем, что 15 октября - выходной день (воскресенье), крайний срок уплаты физическими лицами налогов на имущество и землю - 16 октября.

👉Уплатить налоги можно в мобильном приложении Soliq

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videoqollanma

Jismoniy shaxslar qanday qilib ortiqcha to‘lagan soliqlarini qaytarib olishi yoki boshqa soliq turiga o‘tkazishi mumkin?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#BILASIZMI

O‘ZINI O‘ZI BAND QILISHNING IMKONIYATLARI

🔹Ro‘yxatadan o‘tgan shaxslarning mehnat faoliyati qonuniylashtiriladi;

🔹Tijorat banklarining imtiyozli kreditlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi;

🔹Mehnat stajining hisobi yuritiladi;

🔹 Soliq to‘lamaydi;

🔹Shartnoma asosida tashkilotlar (yuridik shaxslar)ga bir martalik xizmatlar ko‘rsatishi mumkin. Ko‘rsatilgan xizmat evaziga to‘langan haq hisobidan soliq to‘lanmaydi;

🔹Oylik yoki yillik daromad bo‘yicha hech qanday cheklovlar mavjud emas;

🔹O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soliq hisobotlari topshirmaydi.


Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

Soliqlarni kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lamoqchimisiz? Unda mazkur videoqo‘llanma aynan siz uchun.
__________
#солиқчи_кўмакчи

Хотите получить отсрочку или рассрочку по уплате налога? Воспользуйтесь этой видеоинструкцией.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#savol_javob

SAVOL: MChJ tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun 45 kVt soat elektr energiyasi quvvatiga ega quyosh panellari o‘rnatilgan. Quyosh panellarini jamiyatimizga o‘rnatganligimiz uchun soliq qonunchiligida qanday soliq yengilliklari mavjud va qaysi yo‘riqnomalar asosida qanday yo‘l tutilishi kerak bo‘ladi

✔️JAVOB
: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 414-moddasi muvofiq qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini (nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortiq bo‘lgan) o‘rnatganlik uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar, ular foydalanishga joriy etilgan paytdan e’tiboran o‘n yil muddatga yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan ozod qilinadi.

Shuningdek, mazkur kodeksning 428-moddasiga muvofiq qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqaruvchilar qayta tiklanadigan energiya manbalari (nominal quvvati 0,1 MVt va ko‘proq) uskunalari egallagan yer uchastkalari bo‘yicha ular ishga tushirilgan paytdan e’tiboran o‘n yil muddatga soliqdan ozod etiladi.

Bundan tashqari,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ-57-sonli Qarorining 9-bandiga ko‘ra 2023-yil 1-apreldan boshlab umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar ushbu qurilmalar bo‘yicha mol-mulk solig‘i, qurilmalar bilan band bo‘lgan uchastkalar bo‘yicha yer solig‘i hamda yuridik shaxslar tomonidan umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi uchun olgan foydasidan hisoblanadigan foyda solig‘ini to‘lashdan ular foydalanishga topshirilgan paytdan e’tiboran uch yil muddatga, o‘rnatilayotgan quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi bilan o‘rnatilgan bo‘lsa - o‘n yil muddatga ozod etilishi belgilangan.

Тelegram | Facebook|Instagram
#rasmiy_munosabat

Viloyatda 2 mingdan ortiq  nogironligi bor  shaxslar  belgilangan tartibda soliq imtiyozlaridan foydalanmoqda

Kusherbayevga murojaat
telegram kanalida "Soliqchilar endi biz nogironlarni imtiyoziga ko'z tikishmoqdami?" xabariga javoban quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish obyektlarining kadastr qiymati hamda taqdim etgan maʻlumotlari boʻyicha yer uchastkalarining maydoni soliq solish bazasi hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 420- va 435-moddalar

I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar uchun egaligidagi yer uchastkalari boʻyicha jismoniy shaxslarning yer soligʻidan toʻliq, mulkida boʻlgan mol-mulkning 60 kvadrat metr doirasida jismoniy shaxslarning mol-mulk soligʻidan ozod qilingan boʻlib, mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʻlumotnomasi asosida beriladi.
👉Soliq kodeksi 421- va 436- moddalar 

Mazkur imtiyozlar faqat yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organda roʻyxatdan oʻtkazgan jismoniy shaxslarga beriladi.
👉 Soliq kodeksi 436-modda 2-qism 

Murojaatchining e’tiroziga sabab bo‘lgan holatdan kelib chiqib shuni aytish kerakki,  ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan taqdirdagina ushbu obyekt bo‘yicha imtiyozdan foydalanishingiz mumkin.

Тelegram | Facebook|Instagram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #soliq_qarzi

1200 dan ortiq tashkilot 701 mlrd so‘mlik soliqlarni bo‘lib-bo‘lib yoki kechiktirib to‘laydi

Joriy yilning 9 oyida 1 263 ta tashkilotga 700,9 mlrd so‘mlik soliqlarni to‘lash muddatlarini o‘zgartirish imkoniyati berildi.
👉Soliqlarni kechiktirish yoki bo'lib-bo'lib to'lash bo'yicha videoqo'llanma

732 609 ta subyektga 270,2 mlrd so‘mlik penyalarni hisoblash to‘xtatildi.
👉02.03.2023-yildagi PQ-43-son

Paxta va g‘alla yetishtiruvchi 29 012 fermer xo‘jaligining barcha soliqlar bo‘yicha hisoblangan va to‘lanmagan 186,2 mlrd so‘mlik penyalari hisobdan chiqarildi.
👉26.01.2023-yildagi PQ-23-son

👆Hududlar kesimida batafsil maʼlumotlar infografikada.
____________
#цифровизация #налоговая_задолженность

Более 1200 организаций получили отсрочку или рассрочку по уплате 701 млрд сумов налогов

За 9 месяцев этого года 1 263 организациям предоставлена возможность изменения сроков уплаты налогов на сумму 700,9 млрд сумов.
👉Видеоинструкция по отсрочке или рассрочке уплаты налогов

У 732 609 субъектов приостановлено начисление пени в размере 270,2 млрд сумов.
👉
№ ПП-43 от 03.02.2023 г.

У 29 012 фермерских хозяйств, выращивающих хлопок и зерно, списаны начисленные и неоплаченные пени по всем налогам в размере 186,2 млрд сумов.
👉
№ ПП-23 от 26.01.2023 г.

👆Подробная информация в разрезе регионов в инфографике.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#soliqchi_komakchi

Soliqlarni boʻlib-boʻlib toʻlash

Soliq toʻlashning muddatini keyinroq muddatga koʻchirish soliqni toʻlash muddatini oʻzgartirish deb eʼtirof etiladi.

Soliq toʻlash muddatini oʻzgartirish uni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash shaklida amalga oshiriladi.

Soliq toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash bunday imkoniyatni berish toʻgʻrisida vakolatli organlar qarori qabul qilinguniga qadar yuzaga kelgan qarz summasiga yoki kelgusida yuzaga keladigan qarz summasiga nisbatan berilishi mumkin.

Soliq toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash, 1 yildan 3 yilgacha muddatga beriladi.

Soliq toʻlash muddatining oʻzgartirilishi soliq toʻlash boʻyicha
▫️mavjud majburiyatlarni bekor qilmaydi,
▫️yangi majburiyatlarni vujudga keltirmaydi.

Soliq toʻlash muddatini oʻzgartirish mol-mulk garovi, kafillik yoki bank kafolati bilan taʼminlanishi mumkin.

Ushbu qoidalar:
▪️penya va jarima toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganda ham qoʻllaniladi;
▪️soliq agentlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

👉 Soliq kodeksi 97-modda

👉 Soliqlarni kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash bo‘yicha videoqo‘llanma

👉 1200 dan ortiq tashkilot 701 mlrd so‘mlik soliqlarni bo‘lib-bo‘lib yoki kechiktirib to‘laydi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads