Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.19K subscribers
8.78K photos
1.93K videos
52 files
5.79K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221-26-89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar #yer_soligi

Hujjatsiz yerga 3 baravar stavkada soliq hisoblash to‘xtatiladi

2024-yil 1-iyungacha
yer uchastkalaridan hujjatlarsiz foydalanayotgan jismoniy shaxslarga yer soligʻining 3 karra oshirilgan stavkasida soliq hisoblash tartibi toʻxtatiladi.

👉
PQ-192-son 14.06.2023

Тelegram | Facebook|Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar


Fermer xoʻjaliklariga 2023-yil 1-iyun holatiga shakllangan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq qarzini 12 oy mobaynida teng ulushlarda foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat berildi.

👉PQ-192-son 14.06.2023

Тelegram | Facebook|Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar #JShODS

Daromad soligʻini qaytarib berish tartibi joriy etiladi

2023-yil 1-iyuldan 2024-yil 1-iyulgacha issiqxonaga ixtisoslashgan yer maydoni 25 sotixdan koʻp boʻlgan tadbirkorlar tomonidan ishchilarining mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari boʻyicha toʻlangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini quyidagi shartlarga bir vaqtning oʻzida rioya qilinganda tadbirkorlarga qaytarib berish tartibi joriy etiladi:

har bir 5 sotix yer maydoni uchun oyiga kamida 1 nafar ishchining bandligini taʼminlash;

har bir ishchi uchun oyiga mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadni MHTEKMning 1 baravaridan kam boʻlmagan (980 ming soʻm) miqdorda belgilash;

issiqxonaga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan issiqxona faoliyati boʻyicha olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etishi.

👉PQ-192-son 14.06.2023

Тelegram | Facebook|Instagram