Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.19K subscribers
8.78K photos
1.93K videos
52 files
5.79K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221-26-89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#stol_tennisi

YOSHLAR O‘RTASIDA STOL TENNISI BO‘YICHA MUSOBAQA BO‘LIB O‘TDI

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
tomonidan viloyatda stol tennisini rivojlantirish, yoshlarni ushbu sport turiga jalb etishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda bugun viloyat 4-sektor tashabbusi hamda O‘zbekiston stol tennisi Federatsiyasining Buxoro viloyat hududiy bo‘linmasi bilan hamkorlikda 2007 hamda 2013-yillarda tug‘ilgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida “Sport maktabi ochiq birinchiligi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

🏓Kutilganidan-da qiziqarli o‘tgan bahslarda viloyatning barcha tumanlaridan ishtirok etgan 100 nafardan ortiq kichik raketka ustalari g‘oliblik uchun kurash olib bordilar.

📌Ta’kidlash kerakki
, tashkil etilayotgan ana shunday musobaqalar yoshlar o‘rtasida sport turlarini yanada ommalashtirish, bu orqali ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yosh iste’dodli stol tennischilarni kashf etishga xizmat qiladi.

🔹Musobaqa yakuniy bosqichida g‘oliblar viloyat soliq boshqarmasi hamda O‘zbekiston stol tennisi Federatsiyasining Buxoro viloyat hududiy bo‘linmasining qimmatbaho sovg‘alari, diplom va medallari bilan taqdirlandilar.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#raqamlashtirish #mysoliquz

Soliq organlarining elektron davlat xizmatlari portali – my.soliq.uz da jami 65 ta xizmat turi mavjud

Joriy yilning yanvar oyi davomida elektron xizmatlardan 25,3 mln marta foydalinilgan.

Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,8 % ga oshgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma❗️2023-yil 23-fevral

fevral oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).

Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor
#Qorovulbozor_tumani

Qorovulbozor tumanidagi “Imom Buxoriy” mahallasida ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolar, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarning bandligiga ko‘maklashish maqsadida bo‘sh ish o‘rinlar mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur tadbirda ishtirok etgan barcha sektor rahbarlari mahalliy tadbirkor ishlab chiqargan mahsulotlar hamda yangi loyihalarning taqdimoti hamda aholiga taklif etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishdilar.

Mehnat yarmarkasida tumandagi 37 ta korxona va tashkilotlar o‘zlarining 468 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdilar.

10 ga yaqin fuqarolar shu kuni o‘zlariga ma’qul bo‘lgan korxonalar bilan ishga joylashish bo‘yicha kelishuvga erishishdi.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor
#Vobkent_tumani

Respublika ishchi guruhi viloyat 4-sektor mas’ullari hamkorligida Vobkent tumanida aholidan kelib tushgan murojaatlarning tahlili, ularni hal etish hamda hududdagi bozorda narx-navoning barqarorligi, oziq-ovqat zaxiralarining mavjudligi, aholi va tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

O‘rganishlar jarayonida aholini tashvishga solayotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga zarur topshiriqlar berildi.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram