Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.19K subscribers
8.78K photos
1.93K videos
52 files
5.79K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221-26-89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Zahiriddin Muhammad Boburning masnaviy tarzida yozilib, Islom huquqshunosligi va shariat aqidalariga bag‘ishlangan asari qaysi?
Anonymous Quiz
26%
Mubayyin
10%
Mahbub ul-qulub
57%
Boburnoma
7%
Qobusnoma
Tarixiy va adabiy meros sifatida dunyo olimlarini hayratda qoldirib kelayotgan shoh asar qaysi?
Anonymous Quiz
14%
Temur tuzuklari
77%
Boburnoma
5%
Qobusnoma
4%
Mahbub ul-qulub
Zahiriddin Muhammad Boburning falsafiy-diniy asari ko‘rsatilgan qatorni toping?
Anonymous Quiz
41%
Mubayyin
13%
G‘azali Bobur
31%
Qobusnoma
16%
Tarixi Boburiya
#AOS

Qatʼiy belgilangan summada AOS to‘lovchilar uchun

2023-yil 1-yanvardan
soliq to‘lovchilarga jami daromadi 500 mln soʻmdan oshmaganda yiliga 20 mln soʻmlik, jami daromad 500 mln soʻmdan oshganda esa yiliga 30 mln soʻmlik qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashni tanlash huquqi berildi.

Aylanmadan olinadigan soliqni qatʼiy belgilangan summada to‘lashni tanlaganalar AOS hisobotini taqdim etmaydi.

Qat'iy soliq summasi soliq to‘lovchi shaxsiy hisobvarag‘ining 100-kodida to‘lashga avtomatik hisoblanadi.

Qatʼiy belgilangan summadagi soliq teng ulushlarda har oyda, kalendar oydan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay toʻlanadi.

Ushbu tartib boʻyicha soliq toʻlashga oʻtish uchun soliq organiga keyingi oy boshlanishidan 10 kun oldin xabarnoma yuborishning o‘zi yetarli.

2023-yil mart oyidan oʻtish uchun xabarnomani 2023-yil 15-fevralgacha taqdim etish lozim.

AOSni qat'iy belgilangan summada to‘lashga o‘tish ixtiyoriy.

Qat'iy belgilangan soliqqa o'tish uchun qanday murojaat qilish kerak?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Eslatma❗️2023-yil 15-fevral

yanvar oyi uchun:

- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob- kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-5 qismlar);

- AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-qism);

2022-yil uchun:

- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob- kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-5 qismlar);

- Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshirmaydigan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan mol-mulk soligʻi toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-modda 10-qism);

- AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-qism).
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida xarid uchun beriladigan QR-kodli chekni "Soliq" mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarning bank kartalariga oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi respublika budjetidan (keshbek) qaytariladi.

Avtomobil sotib olganlik uchun, temir yo‘l va avia chipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun to‘lov hamda o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan berilgan xarid cheklariga keshbek berilmaydi.

👉QR-kodli chek
👉
Keshbek tasdiqlanishi
👉Shubhali xaridor
👉Keshbek qachon qaytariladi?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#raqamlashtirish #yuridik_shaxs

Buxoroda yuridik shaxslar soni 34 mingtaga yaqinlashdi

2023-yil 1-fevral holatiga
viloyatda faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 33 964 taga yetib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 5,5%ga oʻsdi.

💬Тelegram | 🌐 Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Respublika_ishchi_guruhi
#oqqurgon_tajribasi
#4_sektor

O‘zbekiston Respublikasi soliq qo‘mitasi boshchiligidagi 4-sektor ishchi guruhi tomonidan Shofirkon tumanining 4-sektor hududidagi ehtiyojmand aholi qatlamlariga 12 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolarga nogironlik aravachasi yetkazib berildi.

Davlatimiz rahbari belgilab bergan “Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” tamoyili Respublika ishchi guruhi faoliyatining asosiy mezonlaridan biriga aylandi.

Ishchi guruhi tomonidan tumanda muammolarning ijobiy yechimi yuzasidan qilinayotgan amaliy ishlar davom etmoqda.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

💬Тelegram | 🌐 Facebook
#raqamlashtirish #YaTT

📍BUXORODA 16 MINGDAN ORTIQ FUQAROLAR YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLIK BILAN SHUG`ULLANAYAPTI

⚡️2023-YIL 1-FEVRAL HOLATIGA O‘ZBEKISTONDA YATT LAR 233,2 MINGTAGA YETIB, O‘TGAN YILNING MOS DAVRIGA NISBATAN 8,9%GA (18,9 MINGTA) OSHGAN.

👆YUQORIDAGI INFOGRAFIKADA 2023-YIL 1-FEVRAL HOLATIGA YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLAR SONI DINAMIKASI BILAN TANISHISHINGIZ MUMKIN

💬Тelegram | 🌐 Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#marketpleys #onlayn_NKT

Onlayn savdo uchun xaridorlarga elektron chek berilmoqda

Mahsulot uchun to‘lov QR-kod yoki “Joylarda toʻlov” orqali amalga oshirilganda sotuvchilar onlayn-NKTlarining "Elektron to‘lov" funksiyasidan foydalanishi lozim.

👉Batafsil videoqo‘llanmada

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish
#soliq_tekshiruvi

Yanvar oyida soliq huquqbuzarliklari haqida 11 mingga yaqin murojaat kelib tushgan

2023-yil yanvar oyida “Soliq” mobil ilovaning “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 10 989 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
🔹10 204 tasi xarid cheki bermaslik;
🔹394 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
🔹15 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
🔹376 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

🔍Murojaatlar asosida 4 808 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 99% holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

Oʻtkazilgan sayyor soliq tekshiruvlari materiallari koʻrib chiqilgan 3 302 ta tadbirkorlik subyektiga 17,9 mlrd soʻm miqdorida moliyaviy jarima qoʻllanilib, 1 998 tasidan 10 mlrd soʻm undirildi.
Natijada, 3 309 holat boʻyicha xabar bergan fuqarolarga (undirilgan jarima summasidan 20%) 1,6 mlrd soʻm mukofot toʻlangan.

Murojaatlarning 3 493 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli qaytarilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

2023-yil yanvar oyi davomida o‘tkazilgan tekshiruvdan oldingi tahlil natijalari

Soliq to‘lovchilarda 2023-yil yanvar oyi davomida o‘tkazilgan tekshiruvdan oldingi tahlillar natijasida 14,1 trln soʻmlik tafovutlar aniqlandi.

Shundan, 2,1 trln soʻmlik tafovutlar yoki jami aniqlangan tafovutlarning 14,9 %i bartaraf etilgan:
🔹1,2 trln soʻm qoʻshimcha soliqlar hisoblangan;
🔹0,9 trln soʻm tafovut boʻyicha hisobotlardagi koʻrsatkichlar tuzatilgan.

🔎 Tekshiruvdan oldingi tahlillar – xato va kamchiliklarini mustaqil ravishda — tekshirishlarsiz bartaraf etish imkonini beradi.

👉 Kameral soliq tekshiruvidan oldingi avtomatlashtirilgan tahlildan qanday foydalanish mumkin?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2023-yil 1-apreldan boshlab umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar ushbu qurilmalar bo‘yicha mol-mulk va yer solig‘idan 3 yil muddatga ozod etiladi.

💬Тelegram | 🌐 Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#deklaratsiya

Soliq deklaratsiyalarini yuborish boʻyicha yangi videoqoʻllanma

💻Endilikda "kontrakt"dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olish uchun soliq organlariga tashrif buyurmasdan, my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatining yangi versiyasida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

♻️Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
▫️kontrakt;
▫️nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
▫️ipoteka kreditlari.

☝️Bu haqda batafsil videoqoʻllanmada tanishing

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

👉Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Channel name was changed to «Buxoro viloyati soliq boshqarmasi»
#soliq_taqvimi

Eslatma❗️2023-yil 20-fevral

yanvar oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 273-modda 1-2 qismlar);

- dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5-qism);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq agenti tomonidan soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);

- yuridik shaxslar tomonidan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3-4 qismlar);

fevral oyi uchun:

- soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).
_________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️20 февраля 2023 года последний день

за январь:

- представления отчетности и уплаты НДС
(ч.1 и 2 ст.273 Налогового кодекса);

- представления отчетности по начисленным суммам налога с дивидендов и процентов
(ч.5 ст.345 Налогового кодекса);

- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
(ч.1 ст.355 Налогового кодекса);

- представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами юридическими лицами
(ч.3 и 4 ст.454 Налогового кодекса);

за февраль:

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#QQS #soliq_hisobotlari

QQS hisoboti bo'yicha

2023-yil uchun QQS stavkasi 12 % etib belgilanganligi inobatga olinib, soliq hisobotida soliq stavkasi o'zgatirilgan.

Shuningdek, Soliq kodeksining 257-moddasiga asosan QQS 15 % stavka bo'yicha taqdim etilgan EHFlar bo'yicha soliq solinadigan bazaga kiritilgan tuzatish summasi QQS hisobotining 1-ilova 0110-satrida aks ettiriladi.

Avval hisobotning 3-ilovasiga kiritilgan oʻzgartirishlar ma'lum qilingan edi.

Ilovada quyidagi maʼlumotlar aks ettirildi:

🔸01121-satrguvohnoma holati aktiv emas;
🔸01122-satr kontragent guvohnomasi holati aktiv emas;
🔸01123-satrhisobga olingan EHFlarga soliq organlari tomonidan tuzatish kiritilgan;
🔸01124-satrnotijorat va budjet tashkilotlari tomonidan oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida.

Ilovaning 012-satrida endilikda Soliq kodeksining 269 - 270-moddalarida nazarda tutilgan hollarda QQSni hisobga olish holatlari aks ettiriladi (bunda mazkur satr maʼlumotlari hisobotning 5-ilovasi orqali shakllanadi).

✍️3-ilovaning 0121 hamda 0122-satri maʼlumot uchun soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil toʻldiriladi.

Shuningdek, 1100-satr (ilgari hisobga olingan soliq summalariga kiritiladigan tuzatish) SKning 266-267 hamda 269-moddalariga asosan, hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan quyidagi mezonlar bilan toʻldirildi:

🔸1109-satryetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar qalbaki yoki koʻzboʻyamachilik bitimi natijasida tuzilgan deb eʼtirof etilganda;
🔸1110-satr tovarlar tekinga olinganda;
🔸1111-satrfaoliyat turi bilan bogʻliq boʻlmagan tovarlar (xizmatlar) xarid qilib olinganda.

👉QQS hisobotining yangi paket kodi: 10006_36

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #shikoyat_berish

Soliq nizolarini sudgacha hal qilish amaliyoti natijalari

2023-yilning 1-fevral holatiga Soliq qo‘mitasiga jami 36,4 mlrd so‘mlik 44 ta soliq nizosiga oid shikoyat kelib tushgan.

Shundan:
🔸soliq auditi bo‘yicha29,7 mlrd so‘mlik 30 ta;
🔸sayyor soliq tekshiruvi bo‘yicha6,7 mlrd so‘mlik 13 ta;
🔸boshqa holatlar bo‘yicha1 ta.

1 mlrd so‘mlik 3 ta murojaatda soliq to‘lovchining pozitsiyasi qanoatlantirilgan;

11,7 mlrd so‘mlik 27 ta murojaat bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari qarorlari o‘z kuchida qoldirildi va bu haqda belgilangan tartibda tushuntirishlar berilgan;

23,7 mlrd so‘mlik 14 ta murojaat bo‘yicha o‘rganish davom etmoqda.

👉 Soliq organlarining hujjatlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan qanday shikoyat qilinadi?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan
birida Buxoro shahridagi "OAZIS" savdo majmuasi hamda Buxoro tumanidagi "Chorbakr" umumiy ovqatlanish majmuasida xaridorlarga xarid cheki berilmayotgani haqida murojaat qoldirilgan edi.

Viloyat soliq xizmati xodimlari mazkur tabdirkorlik subyektlarida murojaatlarda ko‘rsatib o‘tilgan holatni o‘rganishdi.

Birinchi holatda, "OAZIS" savdo majmuasi sotuvchisi xaridorga xarid chekini berganligi bois, ushbu tadbirkorlik subyektiga nisbatan sayyor soliq tekshiruvi tayinlamadi. Profilaktik suhbat jarayonida, tadbirkorga ijtimoiy tarmoqlar orqali soliq huquqbuzarligi haqida kelib tushgan murojaatlar davlat soliq organlari tomonidan soliq tekshiruvi o‘tkazilishiga asos bo‘lishi tushuntirildi va rasmiy ogohlantirish berildi.

Ikkinchi holatda
esa "Chorbakr" umumiy ovqatlanish majmuasida xaridorlarga xarid cheki berilmayotgani o‘z tasdig‘ini topdi.

Aniqlanishicha, mazkur tadbirkorlik subyektiga tegishli onlayn NKM foydalanish jarayonida nosozlik yuzaga kelganligi bois, uni TXKM (texnik xizmat ko‘rsatish markazi)ga bergan.

Ammo, ushbu tadbirkorlik subyekti onlayn-NKM nosozligi davrida xaridorlar bilan pullik hisob-kitoblarni amalga oshirishda belgilangan tartib qoidalarni qo‘pol tarzda buzgan.

Shu bois mazkur tadbirkorlik subyektiga nisbatan joriy yilning 18-fevral kuni aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarlik yuzasidan belgilangan tartibda sayyor soliq tekshiruvi o’tkazilishi belgilandi.

Hurmatli fuqarolar, agar siz chek bermaslik holatlariga duch kelsangiz “Soliq” mobil ilovasining "Soliq hamkor" bo‘limi orqali xabar bering. Bu bilan siz yashirin iqtisodiyotni oldini olishga ko‘mak bergan bo‘lasiz.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram