Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.47K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Buxoroda “30 yil va 30 yosh uchrashuvi” o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining tashabbusi bilan Vatanimiz konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlab ishlab chiqilgan “30 yil va 30 yosh uchrashuvi” loyihasining hududiy bosqichi bugun Buxoroda bo‘lib o‘tdi.

Loyihada viloyat davlat soliq organlarida 30 yil yoki undan ko‘p vaqtdan buyon ishlab kelayotgan tajribali mutaxassislar va tizimda mehnat qilayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlardan tarkib topgan jamoalar ishtirok etdilar.

Loyha shartlariga ko‘ra ishtirokchilar o‘zlarining chiqishlarini 3 bosqichda yig‘ilganlarga namoyon etdilar.

Qiziqarli o‘tkazilgan uchrashuvda eng ko‘p ovoz olgan Romitan tumani juftligi loyihaning viloyat bosqichi g‘olibi bo‘lib, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Ikkini o‘rin esa Peshku tumani juftligiga hamda uchinchi o‘rin Buxoro shahar davlat soliq inspeksiyasidan qatnashgan jamoaga nasib etdi.

G‘olib jamoalarga viloyat davlat soliq boshqarmasining va viloyat davlat soliq xizmati organlari xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasining diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir davomida Buxoro san’at ustalarining chiqishlari yig‘ilganlarga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Ta’kidlash kerakki, tashkil etilgan loyihaning asosiy maqsadi faxriylarning hayotiy malakasini yoshlarning kreativ fikrlari bilan uyg‘unlashtirish orqali shakllanadigan innovatsion yondashuv negizida soliq xizmati faoliyati samaradorligini kuchaytirish, “Ustoz-shogird” an’analaridan oqilona foydalanish va ularni sifat jihatdan yangi ko‘rinishda saqlab qolishdan iboratdir.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#30_yil_va_30_yosh

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining tashabbusi bilan Vatanimiz konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlab ishlab chiqilgan “30 yil va 30 yosh uchrashuvi” loyihasining hududiy bosqichi bugun Buxoroda bo‘lib o‘tdi.

Тelegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Soliq tölovlarini 📲 mobil ilova orqali tez va oson amalga oshiring!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Talabalar kontrakt to‘lovidan 12% miqdorida daromad solig‘ini qanday qaytarib olishi mumkin

👆Batafsil videoda

Тelegram | Facebook
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2022-yil 24-oktabr

oktabr oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd so‘mdan oshadigan foyda solig‘i to‘lovchilari har oylik bo‘nak to‘lovlarini to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi 2-qismi).
__________________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 24 октября 2022 года последний день

за октябрь:

- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 5 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
#keshbek

Keshbek summalari qachon tasdiqlanadi

Fiskal belgili xarid cheki Soliq mobil ilovasi (Android / iOS / Harmony OS) orqali skaner qilinganda "Chek muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tkazildi. Keshbek summasi keyingi oyning 25-sanasidan so'ng to‘lab beriladi" xabar paydo bo'ladi.

Shu bois, sentabr oyida ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar uchun hisoblangan keshbek oktabr oyning 25-sanasidan keyin tasdiqlanadi.

👉VM-255-son qarori 12.05.2022-yil

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram