Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.51K photos
1.6K videos
40 files
4.73K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#savol_javob

- Yakka tartibdagi tadbirkorlar xorijdan quyosh batareyalari xarid qilish va ularni jismoniy shaxslarga sotish bilan shug‘ullanishi mumkinmi? Bu sohada qanday yangi soliq majburiyati va imtiyozlar mavjud

- Tovarlarni import qilish va ular bilan chakana savdo qilish yakka tartibdagi tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritilgan.
(quyidagilar bundan mustasno:
▫️qurilish materiallari;
▫️sement;
▫️shifer;
▫️yog‘och va yog‘och mahsulotlari;
▫️o‘simlik moyi;
▫️alkogolli va tamaki mahsulotlari;
▫️neft mahsulotlarining barcha turlari;
▫️qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar yoxud bunday materiallar qo‘llanilgan buyumlar;
▫️audiovizual asarlar;
▫️fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar;
▫️yangi import avtomobillar;
▫️farmatsevtika tovarlarini sotish).

Bunda olib kirilayotgan tovarlarning narxi bir oyda 5000 AQSh dollari ekvivalentidan oshmaslik shart.
👉VMQ-850 ilovasi 22.10.2018-yil

O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirishni (importni) amalga oshiruvchi YaTTlarga nisbatan AOS tatbiq etilmaydi.
👉Soliq kodeksi 461-modda 2-qism 1-band

O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirishni (importni) amalga oshiruvchi YaTTlar qaysi sana oldinroq kelishiga qarab import shartnomasi tuzilgan yoki tovarlar olib kirilgan (import qilingan) sanadan boshlab QQS va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
👉Soliq kodeksi 462-modda 15-qism

Ushbu vaziyatda, YaTTlar bir oy davomida 5 000 AQSh dollaridan oshmagan miqdorda quyosh batareyalarini import qilishlari mumkin, bunda ular QQS to‘lovchisi sifatida tan olinadi.

Soliq kodeksiga asosan, YaTTlar tomonidan quyosh batareyalari realizatsiyasi uchun soliq imtiyozlari nazarda tutilmagan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Президент Шавкат Мирзиёев Осиёда ҳамкорлик ва ишонч чоралари бўйича кенгаш мажлисида иштирок этди ва нутқ сўзлади.

Президент Шавкат Мирзиёев принял участие и выступил на заседании Совещания по взаимодействию и мерам доверия в Азии.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Осиёда ҳамкорлик ва ишонч чоралари бўйича кенгаш мажлисидаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на заседании Совещания по взаимодействию и мерам доверия в Азии

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Korrupsiyaga_qarshimiz!

🟢 Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha joylarda profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

🟡 Jumladan, savdo komplekslarida, aholi gavjum joylarda, do‘konlarda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot materiallari joylashtirilmoqda.

🔵 Targ‘ibot materiallarida soliq idoralari xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yiladigan korrupsion xatti-harakatlar, tadbirkorlik faoliyatiga sun’iy ravishda to‘sqinlik qilish holatlariga duch kelinsa, Davlat soliq qo‘mitasing rasmiy [email protected] elektron pochtasiga, Telegram messenjeridagi @dsq_anticorrupciya_bot_ga, yoki (71)244-98-98 va 📞1198 qisqa raqamiga, Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasining (65)221-26-89 Ishonch telefonlariga murojaat qilishlari keltirib o‘tilgan.

Тelegram | Facebook