Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.52K photos
1.6K videos
41 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#live
#4-sektor

Buxoro viloyatida “Dolzarb 10 kunlik” e’lon qilindi.

Bugun Buxoro shahridagi mavjud 65 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, profilaktika inspektorlari hamda sektor rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyat hokimi Botir Zaripov “Dolzarb 10 kunlik”da amalga oshiriladigan ishlarni birma-bir sanab o‘tib, mas’ullarga tegishli topshiriqlarni berdi.
Shundan keyin barcha sektor rahbarlari o‘z ishchi guruhi bilan hududlarni obodonlashtirish, chiqindilardan tozalash, aholi xonadonlari, ayniqsa, ko‘p qavatli uy-joylar, ijtimoiy soha va hayotiy muhim obektlar hamda ularga tutash hududlarni tartibga keltirish ishlarini boshlab yubordilar.
❇️Ayni paytda 4-sektor ishchi guruhi ham Buxoro shahridagi “Ibn Sino” mahallasida maxsus texnika vositalarini jalb qilgan holda hududdagi qarovsiz qoldirilgan yer maydonlarini obodonlashtirish, yig‘ilib qolgan chiqindilarni tozalash ishlarini boshlab yubordilar.
✳️Shuningdek, gaz ta’minoti xodimlari tomonidan aholiga muammosiz tabiiy gaz yetkazib berish maqsadida gaz maromlash qurilmalari qayta texnik nazoratdan òtkazilib, gaz quvurlari tartibga keltirilmoqda.
#live
#sayyor_qabul
#4_sektor


Ayni paytda viloyat 4-sektor rahbarining sayyor qabuli bölib ötmoqda.

Aholi muammolari bilan tanishish jarayonida fuqarolar tomonidan elektr energiyasi, ishsizlikni bartaraf etish, qishloq ichki yo‘llarini ta’mirlash, davolanish, ishga joylashish, moddiy yordam, tadbirkorlik masalalari ko‘tarildi

Har bir murojaat tegishli soha mas’ullari ishtirokida keng muhokama qilinmoqda.
#live
#sayyor_qabul
#4_sektor

Sayyor qabul davom etmoqda. Hozirga qadar qabulda ishtirok etishni istab ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar 30 nafarga yetdi.

Murojaatlar tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida muhokama qilinib, ularni hal qilish choralari ko‘rilmoqda. Qonuniy hal qilish imkoni bo‘lmagan murojaatlar yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.
#live
#sayyor_qabul
#4_sektor


Xabar berib borayotganimizdek ayni paytda Kogon shahar hokimligida viloyat 4-sektor rahbari Maqsud Mamatxanovning jismoniy va yuridik shaxslar uchun ommaviy sayyor qabuli davom etmoqda.