Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.19K subscribers
8.78K photos
1.93K videos
52 files
5.79K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221-26-89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#4_sektor
#Buxoro_tumani

Tashabbusli byudjet jarayonlarida Buxoro tumanidagi 4-sektor hududiga kiruvchi “Sohibkor” mahallasi Olmazor ko’chasi fuqarolari faol ishtirok etib, qishloqning ichki yo‘lini asfaltlashtirish uchun tumanda eng ko‘p ovoz to‘plashgan edi.

✳️ Kuni-kecha belgilangan tartibda ajratilgan mablag‘ hisobiga mazkur mahalla hududidagi ichki yo‘lning 1 kilometr 200 metr qismida asfalt qoplamasi yotqizilish ishlari boshlab yuborildi.

⚡️Quvonarlisi, endi ushbu manzilning yo‘llari ham bugungi kun talablariga mos tarzda ravon bo‘ladi va xalqimizga uzoq yillar xizmat qiladi.
#fakt

O‘zini o‘zi band qilganlar haqida 5 ta fakt

1. O‘zini o‘zi band qilganlar soliq to‘lamaydi.

2. Mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda bir yil uchun kamida BHMning 1 barobari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin – Soliq kodeksi 408-modda 2-qism

3. 70 ga yaqin faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin👉 ro‘yxat

4. Xodimlarni jalb qila olmaydi va ish beruvchiga ega bo‘la olmaydi – PQ-4742 08.06.2020-yil

5. Soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish Soliq mobil ilovasi orqali masofadan turib amalga oshiriladi.
#4_sektor
#Vobkent_tumani

Vobkent tumani 4-sektor rahbari O.Muqimov ishchi guruhi bilan birgalikda “Shakarkent” va “Latifsobungar” mahalla fuqarolar yig‘ida xonadonma-xonadon yurib aholi muammolarini o‘rgandi.

⚡️Aholi bilan uchrashuvlarda ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni boshlash uchun imtiyozli kreditlar ajratish va boshqa ko‘plab ijtimoiy masalalarning hal etilishi belgilab olindi.

📌Sektor rahbari shu kuni “Niyozxo‘ja” mahalla fuqarolar yig‘inida “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini ham ko‘zdan kechirdi.

✳️Ta’kidlanishicha, bu yerda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha ishchi guruhi tashkil qilinib, xonadonlarning ichki va tashqi fasadlari yaxshilanadi.
BUXORO VILOYATI DAVLAT SOLIQ XIZMATI ORGANLARI SHAXSIY TARKIBINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

Bugun Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasida shaxsiy tarkibning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
📌 Unda O’zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi, viloyat davlat xavfsizlik xizmati, viloyat prokuraturasi va Adliya boshqarmasi, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish viloyat departamenti hamda Buxoro shahar diniy idora mas’ullari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda dastlab O’zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Raximjonov Buxoro viloyati davlat soliq organlari tizimida tayinlov amalga oshirilganligini bildirib, DSQ Raisining tegishli buyrug‘i bilan viloyat davlat soliq boshqarmasi shaxsiy xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan Narimanov Shavkat Abdualimovichni shaxsiy tarkibga rasman tanishtirdi.

👉🏻BATAFSIL
#sorovnoma

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Moliya vazirligi tomonidan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar va soliq siyosatini takomillashtirish to'g'risida chora-tadbirlarni baholash bo‘yicha anonim so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

So‘rovnomaning ikkinchi qismida 2022-yil 4-iyulgacha ishtirok eting⬇️
https://clck.ru/qWZgf
__________
#опрос

Уважаемые налогоплательщики❗️

Министерство финансов проводит анонимный опрос по оценке изменений, внесенных в Налоговый кодекс, и мер по совершенствованию налоговой политики.

Примите участие во второй части опроса до 4 июля 2022 г.⬇️
https://clck.ru/qWZeH

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram