Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.52K photos
1.6K videos
41 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasida navbatdagi
siyosiy-ma’rifat darsi bo‘lib o‘tdi

📍 Bugun Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi hamda hududiy davlat soliq inspeksiyalari xodimlari ishtirokida siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi.

📌 Darsda xodimlar Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yondashuvlari, stressga bardoshlilikning psixologik asosolari, hafta davomida mamlakatimizda qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlar bilan tanishishdi.

🔗 Darsning ikkinchi qismida viloyat davlat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfizlik bo‘limi tomonidan xodimlarga davlat soliq xizmati organlari faoliyatida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, uni oldini olish va tadbirkorlar bilan kasb odobnomasiga binoan muloqotga kirishish yuzasidan fikr mulohazalar bildirildi.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
#imtiyoz

"Kontrakt" uchun to‘lov soliqqa tortilmaydi

Jismoniy shaxslarning O‘zbekiston professional va oliy ta’lim tashkilotlariga o‘zining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining/xotinining ta’lim olishi uchun yo‘naltirgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi. Mazkur imtiyoz o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga nisbatan ham qo‘llaniladi.
👉Soliq kodeksining 378-modda

Agar siz ta’lim uchun yoki olingan ta’lim kreditini (foizlari bilan) qoplash uchun mablag‘larni professional va oliy ta’lim tashkilotlariga yoki tijorat bankiga ish beruvchi tomonidan o‘tkazib berilishini va bu mablag‘laringizga soliq solinmasligini istasangiz, u holda tegishli ariza bilan ish beruvchiga murojaat etishingiz lozim. Bunda, quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:

🔹talaba (talabalar) bilan O‘zbekiston professional yoki oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

🔹tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi.


Agar siz oldingi yillarda ishlagan bo'lsangiz, shartnoma summasini o'zingiz (naqd yoki bank kartasi orqali) mustaqil ravishda to'lagan bo'lsangiz, doimiy yashash joyidagi soliq organiga jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya va quyidagi hujjatlarni topshirish orqali to'langan daromad solig'ini qaytarishingiz mumkin.

🔹talaba (talabalar) bilan O‘zbekiston professional yoki oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

🔹tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

🔹O‘zbekiston professional va oliy ta’lim tashkilotlari hisob raqamiga (ta’lim kreditini (foizlari bilan) qoplaganda tijorat banki hisob raqamiga) pul mablag‘larini mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi.


Agar ta'lim uchun yo‘naltirilgan mablag'lar miqdori jami yillik daromaddan ortiq bo'lsa, boshqa oila a'zosi (ota/ona, er/xotin) soliq to'langan summaning qolgan qismidan olingan daromad solig‘ini xuddi shu tarzda qaytarishi mumkin. Bunda, u avval imtiyoz qo'llanilgan summa miqdori to'g'risidagi ma’lumotnoma taqdim etishi kerak.

Agar siz va sizning oila a'zolaringiz turli hududlardagi davlat soliq organlarida ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, u holda imtiyozni qo'llamoqchi bo'lgan shaxs boshqa hujjatlar bilan birga oilaning qolgan a'zolari ushbu imtiyozni hali qo'llamaganligi to'g'risida ma'lumotnoma taqdim etadi.

👉JShODS imtiyozlarini qo'llash tartibi to'g'risidagi nizom

2022-yil uchun deklaratsiyani 2023-yil 1-apreldan kechiktirmay my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali yozma yoki elektron shaklda topshirish mumkin.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YANGILIKLAR 24 |

4-SEKTOR YOSHLARNING KATTA SPORTGA KIRIB KELISHIGA XIZMAT QILADIGAN MUSOBAQALAR O‘TKAZMOQDA
#tekshiruvdan_oldingi_tahlillar

Tekshiruvdan oldingi tahlillarda ko‘p aniqlanayotgan xatoliklar

Davlat soliq organlari tomonidan Soliq kodeksining 138-moddasiga muvofiq, tadbirkorlik subyektlari hisobotlari asosida tekshiruvdan oldingi tahlil o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.

Shu asosda tahlil natijalarida aniqlangan tafovutlarning kelib chiqish sabablari soliq to‘lovchilarga tushuntirilib, o‘tkazilish ehtimoli bo‘lgan tekshiruvlarning oldi olinmoqda.

Tekshiruvdan oldingi tahlillar davomida ko‘p uchrayotgan holatlardan biri sug‘urta tashkilotlari tomonidan foyda solig‘i hisobotini taqdim etish jarayonida sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishdan olingan daromad summalari noto‘g‘ri aks ettirish holatidir.

Kamchiliklarni bartaraf etish uchun – sug‘urta tashkilotlari tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning 060-satr 5-ustunida aks ettirilgan summalarni foyda solig‘i hisobotining Jami daromadlar ilovasi (1-ilova) 020-satrida to‘g‘ri aks ettirilishi lozim.

Ma’lumot uchun: yuqoridagi holatlar bo‘yicha 2021-yilda 13 ta sug‘urta tashkiloti soliq hisobotlarida jami 53,9 mlrd so‘mlik tafovutlar aniqlangan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Jarayon

📍 Ayni paytda Respublika ishchi guruhi tomonidan Peshku tumanidagi istirohat bog‘ida Peshku, Shofirkon, G‘ijduvon va Vobkent tumanlari aholisi uchun ommaviy qabullar o‘tkazilmoqda.

Ommaviy qabullar doirasida viloyat 4-sektor rahbari M.Mamatxanov ham ishchi guruhi bilan aholining murojaatchini eshitib, o‘rtaga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha tegishli tartibda javob bermoqdalar.

📌 Eslatib o‘tamiz, Respublika ishchi guruhining ommaviy qabullari Kogon shahri va Jondor tumanlarida davom etadi.

Ommaviy qabullar 5-iyun kuni soat 10:00da Kogon shahar "Temiryo‘lchilar" istirohat bog‘ida Buxoro va Kogon shaharlari, Buxoro, Kogon va Qorovulbozor tumanlari aholisi uchun;
6-iyun kuni soat 10:00da Jondor tumani "M.Tarobiy" nomidagi harbiy vatanparvarlik bog‘ida Jondor, Olot, Qorako‘l va Romitan tumanlari aholisi uchun o‘tkaziladi.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
#4_sektor
#G‘alla_2022

Olot tumanida 4-sektor hududidagi fermer birinchi bo‘lib g‘alla topshirish bo‘yicha shartnomaviy rejani uddaladi

📍Tumandagi «Xosabo‘yi» mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Nurbek Polvonov rahbarligidagi "Yalangko‘l zamini” fermer xo‘jaligi birinchi bo‘lib davlatga g‘alla topshirish rejasini bajargani tezkor amaliy ishlarning natijasidir.

📌 Fermer xo‘jaligining ahil jamoasi 62,8 tonna o‘rniga 64 tonna g‘alla mahsulotini yetishtirib, hosildorlikni 70 sentnerga yetkazishdi.

Ayni paytda tumanda g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumi uyushqoqlik bilan davom etmoqda.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#stol_tennisi_4_sektor

Yoshlar o'rtasida stol tennisi bo‘yicha 4-sektor rahbari kubogi musobaqasi o‘tkazildi


Yoshlar o‘rtasida sport musobaqalarini tizimli tashkil etish orqali sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni sportga jalb etish borasida viloyat 4-sektor tomonidan sportning stol tennisi bo‘yicha 12 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida sektor rahbari kubogi musobaqalari o‘tkazilmoqda.

📍Kuni-kecha navbatdagi musobaqa Buxoro shahar 4-sektor hududida o‘tkazildi.
🏓Musobaqada 100 ga yaqin yoshlar ishtirok etdilar.
📌Ishtirokchilar yosh toifalariga bo‘lingan holda o‘zaro kuch sinashdilar.
🏓Musobaqa qiziqarli o‘yin va jarayonlarga boy bo‘ldi.
🏓Yakunda g‘olib bo‘lgan yoshlarga Buxoro shahar 4-sektor rahbarining diplov va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Viloyat sektor rahbarlari oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va narxlari bilan yaqindan tanishdilar

Barcha joylarda bo‘lgani kabi Buxoroda ham bozorlar, savdo komplekslari hamda mahallalarda aholiga yanada qulaylik yaratish, oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining sun’iy ravishda oshib ketishini oldini olishga jiddiy etibor berilmoqda.
📌 Shu maqsadda bugun, 7 iyun kuni viloyat prokurori Maxmud Istamov, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shuxrat Aliyev hamda viloyat davlat soliq boshqarmasi Maqsud Mamatxanovlar birgalikda Buxoro shahridagi To‘qimachi dehqon bozorida tashkil etilgan savdo rastalarida sotuvga chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va narxlari bilan yaqindan tanishdilar.
✳️ Mutasaddilar oziq-ovqat mahsulotlarining tanqisligini oldini olish, narx-navoni me’yorida saqlash, narxlarning sun’iy ravishda oshib ketishini oldini olish, bozordagi tozalik, sanitariya holati borasida mas’ullarga manzilli topshiriqlar berdilar.