Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.19K subscribers
8.78K photos
1.93K videos
52 files
5.79K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221-26-89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar_Kogon

Когон тумани "Сараён"МФЙда Бухоро шаҳридаги "Ишга марҳамат" мономаркази билан ҳамкорликда қисқа муддатли ўқув курси ташкил этилди. Унда 30 нафар ишсиз хотин-қизлар имтиёзли равишда касб-ҳунарга ўргатилмоқда. Уларнинг аксарияти "Аёллар" ва "Ёшлар" дафтарига киритилган кам таъминланган оила вакилларидир. Битирувчилар "Сараён чеварлари" тикувчилик корхонасига ишга қабул қилинади.
Бугун, 22 апрель 1, 3 ҳамда 4-секторлар томонидан ҳудудларда ўтказилаётган арзонлаштирилган озиқ-овқат маҳсулотлари ярмаркалари тўғрисида маълумот.

Қуйидаги расмда ўтказилиш жойи ва куни ҳақида батафсил маълумот берилган.
⚡️ 4-sektor aholi uchun kechki sayllar uyushtirmoqda

✳️ Kecha 4-sektor hudidagi ko‘plab mahallarda aholining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida konsert dasturlari tashkillashtirildi.
Xususan, kecha Qorako‘l tumanidagi «Darg‘ali» mahallasi va Vobkent tumanidagi "Bozorjoyi" mahalla fuqarolar yig‘inida aholining bo‘sh vaqtini maroqli o‘tkazish maqsadida tuman madaniyat bo‘limi xodimlari ishtirokida ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazildi.
✳️ Ushbu sayllar fuqarolarimizning maroqli madaniy hordiq chiqarishlari uchun tashkillashtirilmoqda.
# Olot tumani
⚡️ 4-sektor ishchi guruhi va hududga biriktirilgan hokim yordamchilari hamkorligida sektor hududidagi kam daromadli oilalarni parrandachilikka qiziqtirish va shu orqali ularga uy sharoitida o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishlariga ko‘maklashilmoqda.
✳️ Shu maqsadda ko‘plab oilalarga parranda va inkubatorlar tarqatildi. Kecha 4-sektor ishchi guruhi va hududga biriktirilgan hokim yordamchilari “Opshok” va “Jayxunobod” mahalla fuqarolar yig‘inida yig‘inidagi parrandachilik yunalishida oilaviy biznesini yo‘lga qo‘ygan fuqarolarning xonadanlarida bo‘lishdi.
⚡️ Uchrashuvlarda xonadon egalarining muammo va takliflari o‘rganilib, yana ko‘plab oilalarga inkubator va tovuqlar tarqatildi.
# Buxoro shahar
Mahallada «4-sektor rahbari kuni»
✳️ Buxoro shahar 4-sektor hududidagi “Ko‘ksaroy” MFYda “sektor rahbari kuni” tadbirlari o‘tkazildi.
✳️ Tadbir doirasida yoshlar yetakchisi tomonidan mahalla hududida uyushmagan yoshlar o‘rtasida stol tennisi, futbol, boks va shaxmat, shashka kabi sport turlari bo‘yicha bellashuvlar ham tashkil etildi.
✳️ Tadbirda sektor rahbari mahalla ahli bilan dildan suhbat qilish va ularning ko‘nglini ko‘tarish maqsadida muborak ro‘zai-ramazon oyi munosabati bilan ushbu hududda yashovchilar uchun iftorlik dasturxoni yozilib ko‘ngilochar tadbirlar tashkil qilindi.
# G’ijduvon tumani

⚡️ Erta bahorda tumanning 4-sektor hududidagi “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 35 nafar kam daromadli va ishsiz fuqarolarga 10 sotixli tomorqa yerlari ajratib berilgan edi. Bugungi kunda ushbu fuqarolar jami 3,5 gektar maydonda to‘liq qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishni boshlab yuborganlar.
⚡️ Kecha 4-sektor ishchi guruhi mazkur dalalarda bo‘lib, tomorqadan samarali foydalanish jarayonlarini ko‘zdan kechirib, aholiga zarur agrotexnik tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdilar.