Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.51K photos
1.6K videos
40 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#tekshiruvdan_oldingi_tahlillar

Tekshiruvdan oldingi tahlillarda ko‘p aniqlanayotgan xatoliklar

Hisobotlardagi tafovutlarni kelib chiqish sabablarini tushuntirish, o‘tkazilish ehtimoli bo‘lgan tekshiruvlarni oldini olish maqsadida soliq to‘lovchilar tomonidan hisobtlarni tqdim etishda ko‘plab uchrayotgan xatoliklar to‘g‘risida ma’lumot berilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Tahlillar davomida taqdim etilgan QQS hisobotida soliq solinadigan bazaga kiritiladigan aksiz solig‘i summasi hamda ushbu davr mobaynida so‘langan aksiz solig‘i summasi o‘rtasidagi tafovutlar aniqlanmoqda.

Bunga sabab – QQS hisobotining 0101-satrida (soliq solinadigan bazaga kiritiladigan aksiz solig‘i summasi) to‘langan aksiz solig‘i summasini emas balki ushbu davr mobaynida jami tovarlar aylanmasi summasini aks ettirish holatidir.

Xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun – soliq to‘lovchilar tomonidan suhbu davr mobaynida haqiqatda to‘langan aksiz solig‘i summasi QQS solig‘i hisobotining 0101-satrida aks ettirilishi lozim.

Ma’lumot uchun: yuqoridagi holatlar bo‘yicha 2021-yilda 3 021 ta tashkilot soliq hisobotlarida jami 3 446,8 mlrd so‘mlik tafovutlar aniqlangan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
⚡️JONDOR TUMANIDA 4-SEKTOR KUBOGI DOIRASIDA «ZAKOVAT» O`YINLARI O`TKAZILDI

11 ta mahalladagi uyushmagan yoshlardan tarkib topgan 11 ta bilimdonlar komandalari o`rtasida qizg`in bahs-munozaraga boy o`tgan musobaqada «Zarafshon» MFY jamoasi g`oliblikni qo`lga kiritdi.
✳️ 2-o`rinni «Obod» MFY jamoasi va 3-o`rinni «Navgadi» MFY jamoasi egalladi.
✳️ G`oliblar esdalik sovg`alari bilan mukofotlandilar.
VOBKENT TUMANIDA 4-SEKTOR RAHBARI VA HOKIM YORDAMCHISINING KO’MAGI BILAN ISHSIZLAR SONI KAMAYMOQDA

⚡️Vobkent tumani 4-sektor rahbari va “Shakarkent” MFY hokim yordamchisining ko‘magi bilan hududdagi ishsiz fuqarolarga imtiyozli kredit evaziga maxsus texnika va asbob uskunalar olib berilishi hisobiga ishsizlar soni kamayishiga erishilmoqda.
E’stiborlisi, natijada o‘zini-o‘zi band qilgan holda yaxshigina daromad topayotgalar soni ortmoqda.
Ushbu mahallaning “Yuqori Xalach” qishlog‘ida yashovchi shu paytgacha ishsiz yurgan Aloviddin Majidov ham yaqinda imtiyozli kredit evaziga yuk tashishga mo‘ljallangan motosiklli bo‘lgandi.
⚡️ Aloviddin bu ulovi bilan hozir kuniga o‘rtacha 100 ming so‘mgacha daromad topmoqda. Bundan tashqari u oila a’zolari bilan tomorqachilikdan ham daromad olib, yashash tarzini yaxshilayotganidan minnatdor.
Ayni paytda 📍 Buxoro shahar 4-sektor hududidagi "Guliston" MFYda aholi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy kórik bólib ótmoqda.
⚡️ Olot tuman 4-sektor xududidagi “Kesakli” mahalla fuqarolar yig‘inidagi ishsiz ayollar uchun doimiy ish joyini yaratish maqsadida bu yerda “Kashtachilik markazi”takshil etildi.
Mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining bildirishicha, hududdagi 20 nafardan ortiq ishsiz xotin-qizlar ushbu hunar ortidan daromad topishga kirishgan.
⚡️Tez orada mazkur mahallada ishsizlikni oldini olish bo‘yicha yana bir qator yangi loyihalar ham ishga tushiriladi.
⚡️ O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga biriktirilgan Jondor tumanida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, 4-sektor ishchi guruhi, hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilarining sayi-harakati bilan hududda parrandachilik, qo‘ychilik va chorvachilik, inkubatorlarda jo‘ja ochtirish, tikuvchilik, shuningdek yangi ishlab chiqarish tarmoqlari vujudga kelmoqda.
⚡️ E’tiborlisi, buning natijasida ishsizlikni oldini olish va shu orqali aholiga munosib daromad manbai yaratilishiga erishilmoqda.