Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.18K subscribers
8.65K photos
1.88K videos
51 files
5.65K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221-26-89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺 Istiqlol TV Hudud yangiliklari dasturida:

📌 Buxoroda “Soliq bilimdoni” viktorinasi o‘tkazildi

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
Bo‘sh turgan 130 ta obyekt faoliyatini tiklashi natijasida 312 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi

📚 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-avgustdagi “Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 666-sonli qaroriga asosan joriy yilning I-choragida viloyat bo‘yicha 236 ta bo‘sh turgan obyektlar aniqlab, ularga nisbatan 416 mln. so‘mlik ta’sirchan soliq mexanizmlari qo‘llanildi.

130 ta obyektning faoliyati tiklanishi natijasida 312 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
“Soliq hamkor” elektron tizimi jamoatchililik nazoratini kuchaytirishga imkoniyat yaratmoqda

Hozirga qadar viloyatimizdan “Soliq hamkor” interaktiv tizimi orqali 948 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 654 tasida savdo qoidalari buzilayotganligi tasdiqlangan.

👉 Ma’lumki, har bir tadbirkorlik nuqtasi mahsulot sotsa QR kodi bo‘lgan fiskal chek berishi shart. Agar ular bunday chekni bermasa yoki plastik kartada savdo qilishni istamasa, xaridor yangi tartib bo‘yicha do‘konda tortishib o‘tirmay, bu haqda “Soliq hamkor” tizimi orqali xabar beryapti va holat tasdiqlangach murojaatchi — soliq hamkorga undirilgan jarima summasining 20 foizi miqdorida rag‘batlantirilmoqda.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
Buxoroda o‘tgan 3 oy davomida “Onlayn” nazorat kassa mashinalaridan foydalanayotgan tadbirkorlarning soni 1 130 dan oshdi

📌 Ayni paytda Buxoro viloyatida 12 245 dan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari mavjud.

⚡️ E’tiborlisi, ularning barchasida “Onlayn” nazorat kassa mashinalari o‘rnatilgan. Bu o‘z-o‘zidan ushbu korxonalarning shaffof va ochiq faoliyat ko‘rsatayotganini anglatadi.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
SoliqUz v 1.2.5.apk
18.1 MB
“Soliq” mobil ilovasi: har bir foydalanuvchining fikri biz uchun muhim

Soliq mobil ilovasi
ning oxirgi yangilanishidan so‘ng foydalanuvchilar tomonidan ba’zi kamchiliklar aniqlandi.

Yangi versiyada kamchiliklar operativ ravishda bartaraf etildi, xavfsizlik funksiyalari yaxshilandi va interfeys yangilandi.

Ilovaning iOS versiyasi ushbu manzilda 👉https://apps.apple.com/uz/app/soliq/id1518038410

Android foydalanuvchilari uchun yangilanish Play Market platformasida kutish rejimida va tez orada taqdim etiladi.

❗️Foydalanuvchilardan mobil ilovani o'chirib qayta yuklashlarini so‘raymiz!

Siz hoziroq yangilangan “Soliq” mobil ilovasini yuklab olishingiz va yangi funksiyalardan to‘liq bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
4-sektor ishchi guruhi Qorovulbozorda

Xabaringiz bor, viloyat 4-sektor ishchi guruhi joylarda aholi va yoshlar bilan uchrashib ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganib joyida yechim topish uchun hududlarda sayyor qabullar o‘tkazib kelmoqdalar.

📍Bugun viloyat 4-sektor ishchi guruhining navbatdagi sayyor qabuli Qorovulbozor tumanida o‘tkazildi.

⚡️Sayyor qabul har tomonlama murojaatchi yoshlar uchun foydali bo‘ldi. Sababi, sayyor qabul jarayonida 7 nafar talaba yoshlarning muammolari hal bo‘ldi. Ularga shartnoma pullarini qisman to‘lab berish maqsadida sektor rahbari tomonidan sertifikatlar topshirildi.

📌 Shu kuni tadbirkorlik faoliyatlarini boshlamoqchi bo‘lgan 3 nafar yoshlar sektor ishchi guruhiga asbob-uskunalar olib berishda amaliy ko‘mak berishlarini so‘rab murojaat qildi. Yoshlarning murojaatlari o‘rganilib ular “Yoshlar daftari”ga kiritilib, tez kunlarda asbob-uskunalar olib beriladigan bo‘ldi.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
#onlayn_NKM

Onlayn-NKM va virtual kassa cheklaridagi xatoliklarni tuzatish funksiyasi yaratildi

Yagona milliy katalog (tovar va xizmatlar) kodlari EHF, elektron shartnomalar, shuningdek onlayn-NKM yoki virtual kassa cheklarida majburiy aks ettirilishi belgilangan.
👉 VM-489-son qarori 14.08.2020.
👉 VM-249-son, 28.04.2021.

Soliq to‘lovchilarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetda onlayn-NKM va virtual kassalar cheklaridagi xatolarni tuzatish imkonini beruvchi funksiya yaratildi.

Buning uchun “YSh onlayn-NKM va virtual kassa ma’lumotlari” xizmatidan “Cheklar bo‘yicha tushumlar” bo‘limiga kiriladi.

Ushbu bo‘limda MXIK yoki Komitent STIRi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan cheklar avtomatik ravishda alohida Excel fayllarda shkallanadi.

Shundan so‘ng “Tahrirlash” bo‘limiga kirib ushbu fayllarda qayd etilgan cheklarni tegishli tartibda tahrirlash mumkin.

📧Onlayn-NKM va virtual kassa cheklaridagi xatolarni tuzatish zarurligi to‘g‘risidagi xabarnomalar chek tahrirlash bo‘yicha qo‘llanmalar bilan birga soliq to'lovchilarning shaxsiy kabinetiga operativ tarzda yuboriladi.

👉Chek tahrirlash bo‘yicha qo‘llanma bilan bu yerda tanishing

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#онлайн_ККМ

Создан функционал для корректировки ошибок в чеках онлайн-ККМ и виртуальных касс

Установлено обязательное отражение кодов Единого национального каталога (товаров и услуг) в ЭСФ, электронных договорах, а также в чеках онлайн-ККМ или виртуальных касс:
👉 ПКМ №489, 14.08.2020г.
👉 ПКМ №249, 28.04.2021г.

С целью оказания практического содействия налогоплательщикам в персональном кабинете на портале my.soliq.uz обновлен функционал, позволяющий корректировать информацию в чеках онлайн-ККМ и виртуальных касс.

Для этого в сервисе «Информация об онлайн-ККМ и виртуальных кассах ЮЛ» войдите в раздел «Поступления по кассовым чекам».

В данном разделе автоматически формируются Excel файлы с перечнем чеков с ошибками ИКПУ либо неверно указаны ИНН комитентов.

Войдя в меню «Корректировка чека» в установленном порядке скорректируйте чеки.

📧 Уведомления о необходимости исправления ошибок в чеках онлайн-ККМ и виртуальных касс оперативно направляются в персональные кабинеты налогоплательщиков с соответствующей Инструкцией для корректировки.

👉 Инструкция по корректировке чеков

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Бугун, 8 апрель 4-сектор томонидан ҳудудларда ўтказилаётган арзонлаштирилган озиқ-овқат маҳсулотлари ярмаркалари тўғрисида маълумот.
Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etib kelinayotgan siyosiy-ma’rifat soatining navbatdagisi o‘tkazildi

📍 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan haftaning har juma kuni tashkil etib kelinayotgan siyosiy-ma’rifat soatida bugun Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi xodimlari ham ishtirok etishdi.

📌 O‘tkazilgan siyosiy-ma’rifiy soatda mamlakatimizda hafta davomida qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat soliq xizmati xodimlariga o‘quv seminar tarzida tushuntirib berildi.

Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hududiy davlat soliq xizmati organlarida ham o‘tkazilmoqda.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|