Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.08K subscribers
7.65K photos
1.62K videos
44 files
4.83K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#imtiyoz

Soliq kodeksining 483-moddasiga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga ko‘ra

“Nashriyot-matbaa" faoliyatidan olingan daromadlari hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida 90 foizini tashkil etgan soliq to‘lovchilar mazkur faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘ini to‘lashdan (bundan foizlar tarzidagi daromadlar mustasno) 2025-yil 1-yanvardan 2029-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod etiladi.


Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #yigim

2025-yil uchun tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari
__________
#налоговая_политика_2025 #новое_в_законодательстве #cбор

Предельные ставки сборов за право розничной торговли отдельными видами товаров на 2025 год

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova

2️⃣0️⃣2️⃣4️⃣-yilda Soliq mobil ilovasining yutuqlari

So‘nggi bir yil ichida “Soliq” mobil ilovasidan foydalanuvchilar soni qariyb 2 barobar ortib, 9,2 mlndan oshdi.

2024-yilda "Soliq" mobil ilovasi jismoniy va yuridik shaxslar uchun qulay va ixcham yordamchiga aylantirildi.

Kabinet ("Mening profilim") – bu foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlari joylashgan interaktiv bo'lim.

Soliq biznes – bu yuridik shaxslarning my3.soliq.uz sayti shaxsiy kabinetining ixcham versiyasi.

Yangi imkoniyatlar paydo bo‘ldi:
🔗 Fiskal ma’lumotlar operatori uchun to'lov;
🚚 Elektron TTYni ro‘yxatdan o‘tkazish;
YTTlar tomonidan yollanma xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish;
📊 Tadbirkorlarning barqarorlik reytingining har bir mezonini ko‘rib turish;
💬 Davr–On virtual yordamchisiga murojaat qilishingiz mumkin;
✉️"Soliq organlari bilan qayta aloqa" axborot tizimi;
🏠 Mening uyim" xizmati orqali kommunal va boshqa xizmatlarni kuzatib borish va to‘lash;
🍅Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun jismoniy shaxslardan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini naqd pulga xarid qilish dalolatnomasini onlayn rasmiylashtirish;
✔️ Turoperator va mehmonxona xizmatlari ko'rsatuvchi korxonalar uchun QQSni qaytarish bo'yicha ariza yuborish.

Har yili o‘tkaziladigan “Yil brendimukofotida “Soliq” ilovasi ketma-ket 2️⃣-yil g‘oliblar qatorida bo‘ldi.

➡️Yuklab olish bo‘yicha 📱 AppStore va 📱PlayMarketda TOP 3 talikdan joy oldi.
__________
#мобильное_приложение

Прорыв мобильного приложения Soliq в
2️⃣0️⃣2️⃣4️⃣ году

За прошлый год в приложении Soliq количество пользователей выросло почти в 2 раза, превысив 9,2 млн.

В 2024 году приложение Soliq трансформировалось в удобного компактного помощника как для физических, так и для юридических лиц.

Кабинет ("Мой профиль") – это интерактивный раздел персонализированной информации пользователя.

Soliq biznes – компактная версия персонального кабинета налогоплательщика юридического лица my3.soliq.uz.

Появились новые возможности:
🔗 Оплата за фискальный модуль;
🚚 Оформление электронных товарно-транспортных накладных;
Постановка на учет работников, нанятых ИП;
📊 Проверка рейтинга устойчивости предпринимателей;
💬 Обратиться к виртуальному ассистенту Davr-On;
✉️ "Обратная связь с налоговыми органами";
🏠 Оплата за коммунальные услуги "Мой дом";
🍅Онлайн оформление акта закупки сельскохозяйственной продукции у физических лиц за наличные предприятиями общепита;
✔️ Отправка заявления на возврат НДС туроператорами и предприятиями, оказывающими гостиничные услуги.

На ежегодной премии "Бренд года" приложение Soliq становится победителем в номинации "Мобильные приложения" 2️⃣ второй год подряд.

➡️По скачиванию в 📱 AppStore и 📱PlayMarket входит в ТОП-3.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #mol_mulk_soligi

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalari o'zgardi

Jismoniy shaxslarning uy-joy fondi obyektlari uchun mol-mulk soligʻi stavkalari 2024-yilga nisbatan indeksatsiya qilindi.

Ma'lumot uchun ❗️Hududlarning va faoliyat amalga oshiriladigan joylarning xususiyatlarini hisobga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari o‘rnatilgan soliq stavkalariga 0,7 dan 1,3 gacha bo‘lgan oraliqdagi kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar belgilashga haqli.

👉Soliq kodeksi 422-moddasi

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) o‘rnatganlik uchun soliq imtiyozlari

Quyidagi jismoniy shaxslar soliq summasini kamaytirishi mumkin:

📉uy -joy fondining ko‘chmas mulk obyektlarida umumiy quvvati 100 kVtgacha bo'lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan (QTEM) foydalanuvchi shaxslar – o'rnatilgan oydan e'tiboran 3 yil davomida;

☀️quyosh panellari quvvatidan 25%dan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini to'plash tizimi mavjud bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilganda – mazkur panellar foydalanishga topshirilgan oydan e'tiboran – 10 yil davomida.

❗️Soliq summasi 2 BHMdan oshmaydigan summaga kamaytiriladi.

Imtiyoz faqat 1 marta 1 ta uy-joy fondi ko'chmas mol-mulk obyektiga nisbatan energiya ta'minoti tashkiloti tomonidan berilgan ma'lumotnomaga asosan beriladi va jismoniy shaxs tomonidan umumiy quvvati 1 kVtdan ortiq QTEM qurilmalari o'rnatilgan taqdirda qo'llaniladi.

👉Soliq kodeksi 421-moddasi

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤❗️

Jismoniy shaxslar mol-mulk solig'ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

Soliq organlari har yili 1-martdan kechiktirmay soliq to'lovchilarga to'lov xabarnomasini quyidagi usullarda topshiradi:
✍️ imzo qo'ydirilgan holda;
💻 soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga elektron tarzda;
📲 uyali telefon raqamiga SMS-xabarnoma tarzida;
Soliq mobil ilovasi orqali.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #aksiz_soligi

2025-yil uchun tamaki mahsulotlari aksiz solig'i stavkalari
____________
#налоговая_политика_2025
#новое_в_законодательстве #акцизный_налог

Ставки акцизного налога на табачную продукцию в 2025 году

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #aksiz_soligi

2025-yil uchun alkogol mahsulotlari aksiz solig'i stavkalari
________
#налоговая_политика_2025
#новое_в_законодательстве #акцизный_налог

Ставки акцизного налога на алкогольную продукцию в 2025 году

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #aksiz_soligi

2025-yil uchun neft mahsulotlari va boshqa aksiz to'lanadigan tovarlarga aksiz solig'i stavkalari
____________
#налоговая_политика_2025
#новое_в_законодательстве #акцизный_налог

Ставки акцизного налога на нефтепродукты и другие подакцизные товары на 2025 год

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun bazaviy soliq stavkalari respublika hududlari kesimida 1 gektar uchun mutlaq o‘lchamda belgilanadi

Ma'lumot uchun❗️Soliq stavkalarining aniq miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, shuningdek tuman va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlardan foydalangan holda belgilanadi.

Qishloq xo'jaligi korxonalari balansida bo'lgan, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash, shuningdek ipak qurti yetishtirishda foydalaniladigan bino va inshootlar joylashgan yerlar uchun soliq xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,2 koeffitsientini qo'llanilgan holda to'lanadi.
❗️Ijara huquqi asosida foydalaniladigan yer uchastkalarida joylashgan va imtiyozlar tatbiq etiladigan obyektlar bundan mustasno.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
Soliq stavkalari.pdf
1.9 MB
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining “Buxoro viloyati boʻyicha 2025-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan ayrim soliqlarga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar hamda mutlaq miqdor summalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (ilovalari bilan)


Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#soliq_siyosati_2025
#Buxoro_viloyati

Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar boʻyicha 2025-yilda Buxoro viloyati uchun mutlaq miqdorda belgilangan yer soligʻining bazaviy soliq stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar


Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#soliq_siyosati_2025
#Buxoro_viloyati

Jismoniy shaxslarga tegishli qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha 2025-yilda Buxoro viloyati uchun mutlaq miqdorda 1 kv.m. uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga qoʻllaniladigan
koeffitsiyentlar


Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#soliq_siyosati_2025
#Buxoro_viloyati

Yuridik shaxslarning mol-mulki va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan, yashashga moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari uchun mol-mulk soligʻini hisoblashda 2025-yilda 1 kv.metr uchun belgilangan Buxoro viloyati bo'yicha eng kam qiymatga nisbatan qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar



Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#soliq_siyosati_2025
#Buxoro_viloyati

2025-yilda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini qatʼiy belgilangan miqdorlarda toʻlovchi soliq toʻlovchilar uchun hududlar kesimida soliqning mutlaq miqdorlari


Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#soliq_siyosati_2025
#Buxoro_viloyati

2025-yil uchun mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalariga nisbatan qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori


Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QQS #keshbek

Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun rag‘batlantirish: QQS qaytarish va foyda solig‘ini ikki barobar kamaytirish

2025-yil 1-yanvardan boshlab umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga QQSning bir qismi qaytarib beriladi.

Shartlar:

🔄
Hisobot davrida hisoblangan soliq budjetga to‘liq to‘lanishi kerak.

📈Asosiy daromad (90% va undan yuqori) umumiy ovqatlanish xizmatlaridan bo'lishi kerak.
Bu MXIK bo'yicha EHF, onlayn-NKT va marketpleys cheklari asosida avtomatik tekshiriladi.

💳 Naqd pulsiz to‘lovlar qismi:
📈 60% va undan yuqori – QQSning 40%i;
📉 60% dan kam bo‘lganda – QQSning 20% qaytariladi.

Keshbekni qanday olish mumkin?

Soliq hisobotini taqdim etgandan keyin 3 oydan kechiktirmasdan qaytarib olish uchun murojaat yuboriladi.

2025-yil yanvar oyi uchun hisobotni 20-fevraldan kechiktirmay topshirish kerak. Ya'ni, yanvar oyi uchun qaytarish to'g'risidagi arizani 20-fevraldan berish mumkin.

Muhim❗️Agar soliq hisobotini aniqlashtirgan holda to‘langan soliq summasi o‘zgarsa, qaytarilgan soliqning bir qismi kamaytirilgan summaga mos ravishda budjetga to‘lanishi kerak.
👉 VM-745-son 07.11.2024-y

Shuningdek, 2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvargacha umumiy ovqatlanish korxonalari uchun foyda solig'i stavkasi 2 barobarga kamaytirildi.
Avval bu stavka 15% edi, endi - 7,5%.
👉 PF-132-son 30.08.2024-y
______
#НДС #кешбэк

Стимулы для общепита: возврат НДС и вдвое сниженный налог на прибыль

С 1 января 2025 года предпринимателям в сфере общественного питания из республиканского бюджета возвращается часть уплаченного НДС.

Условия для возврата

🔄
Начисленный в отчетном периоде НДС нужно полностью уплатить в бюджет.

📈Основной доход (90% и больше) должен быть от услуг общественного питания.
Это проверяется автоматически на основании ЭСФ, чеков онлайн-ККТ и маркетплейсов по ИКПУ.

💳Возврат зависит от доли безналичных расчетов:
📈 60% и выше – возвращается 40% НДС;
📉 менее 60%20% НДС.

Как получить кешбэк?

Подать заявку на возврат можно в течение 3 месяцев после сдачи налоговой отчетности.

Отчетность за январь 2025 года нужно представить не позднее 20 февраля, значит, подать заявление на возврат за январь можно после 20 февраля.

Важно❗️ Если предприниматель представляет уточненную налоговую отчетность на уменьшение, часть возвращенного налога подлежит уплате в бюджет пропорционально уменьшенной сумме.

👉ПКМ № 745 от 07.11.2024 г.

Также с 1 января 2025 года по 1 января 2028 года ставка налога на прибыль для предприятий общественного питания снижена в 2 раза. Ранее ставка составляла 15%, теперь - 7,5%.
👉№ УП-132 от 30.08.2024 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #yer_soligi

Jismoniy shaxslar uchun yer soligʻi bazaviy stavkalari oʻzgardi

Jismoniy shaxslar uchun yer solig'ining bazaviy stavkalari 2024-yilga nisbatan indeksatsiya qilindi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar, tuman va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari iqtisodiy rivojlanishiga qarab, kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash huquqini saqlanib qolindi.

👉 Soliq kodeksi 437-modda

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) o‘rnatish uchun soliq imtiyozlari

Quyidagi shaxslar yer solig‘i summasini kamaytirishi mumkin:

📉 uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlarida umumiy quvvati 100 kVtgacha bo'lgan QTEMdan foydalanuvchilar – o'rnatilgan oydan boshlab 3 yil davomida;

☀️quyosh panellari quvvatidan 25%dan kam bo‘lmagan elektr energiyasini to'plash tizimiga ega quyosh panellarini o'rnatilganda – bu panellar foydalanishga topshirillgan oydan boshlab 10 yil davomida.

❗️Soliq summasi 1 BHMdan oshmaydigan summaga kamaytiriladi.

Imtiyoz faqat 1 marta, uy-joy fondi ko‘chmas mulk obyektlari bilan band bo‘lgan bitta yer uchastkasiga nisbatan elektr ta’minoti tashkiloti tomonidan berilgan ma‘lumotnomaga asosan taqdim etiladi va jismoniy shaxs tomonidan umumiy quvvati 1 kVtdan ortiq QTEM qurilmalari o'rnatilgan taqdirda qo'llaniladi.

👉 Soliq kodeksi 436-modda

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤❗️

Jismoniy shaxslar yer solig'ini 15-aprelgacha va 15-oktabrgacha teng ulushlarda to'laydilar.

Soliq organlari har yili 1-martdan kechiktirmay soliq to'lovchilarga to'lov xabarnomasini quyidagi usullarda topshiradi:
✍️ imzo qo'ydirilgan holda;
💻 soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga elektron tarzda;
📲 uyali telefon raqamiga SMS-xabarnoma tarzida;
Soliq mobil ilovasi orqali.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM