Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.54K photos
1.6K videos
42 files
4.76K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2025-yilda jismoniy va yuridik shaxslar uchun ijara to'lovining minimal stavkalari

Ushbu stavkalar ko'chmas mulkdan tekin foydalanish shartnomalari uchun ham qo'llaniladi.
❗️Yaqin qarindoshlar o'rtasida tuzilgan shartnomalar bundan mustasno.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalariga nisbatan tumanlar va shaharlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishi darajasiga qarab 2,0 gacha oshiruvchi koeffitsiyentni joriy etishga haqli. Bu holda Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi tomonidan ushbu koeffitsiyentdan yer solig‘ini hisob-kitob qilish maqsadlari uchun belgilangan zonalar kesimida foydalaniladi.

Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari tumanlar hamda shaharlarning ommaviy dam olishga va (yoki) turizmga ixtisoslashtirilgan ayrim hududlarida mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalariga Toshkent shahri uchun belgilangan miqdorlargacha o‘sib boruvchi koeffitsiyentlarni joriy etishga haqli.
_________
#налоговая_политика_2025
#новое_в_законодательстве

Минимальные ставки арендной платы для физических и юридических лиц на 2025 год

Данные ставки также распространяются на договоры безвозмездного пользования недвижимым имуществом.
❗️За исключением договоров между близкими родственниками.

Жокаргы Кенес Республики Каракалпакстан, Кенгаши народных депутатов областей вправе вводить повышающий коэффициент до 2,0 к минимальным ставкам арендной платы в разрезе районов и городов в зависимости от их уровня экономического развития. В этом случае данный коэффициент используется Кенгашем народных депутатов города Ташкента в разрезе установленных зон для целей расчета земельного налога.

Кенгаши народных депутатов районов и городов вправе вводить повышающие коэффициенты к минимальным ставкам арендной платы, установленным для физических лиц, сдающих имущество в аренду, на отдельных территориях районов и городов, специализирующихся на массовом отдыхе и (или) туризме, до размеров, установленных для города Ташкента.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #yigim

2025-yil uchun tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari
__________
#налоговая_политика_2025 #новое_в_законодательстве #cбор

Предельные ставки сборов за право розничной торговли отдельными видами товаров на 2025 год

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #mol_mulk_soligi

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalari o'zgardi

Jismoniy shaxslarning uy-joy fondi obyektlari uchun mol-mulk soligʻi stavkalari 2024-yilga nisbatan indeksatsiya qilindi.

Ma'lumot uchun ❗️Hududlarning va faoliyat amalga oshiriladigan joylarning xususiyatlarini hisobga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari o‘rnatilgan soliq stavkalariga 0,7 dan 1,3 gacha bo‘lgan oraliqdagi kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar belgilashga haqli.

👉Soliq kodeksi 422-moddasi

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) o‘rnatganlik uchun soliq imtiyozlari

Quyidagi jismoniy shaxslar soliq summasini kamaytirishi mumkin:

📉uy -joy fondining ko‘chmas mulk obyektlarida umumiy quvvati 100 kVtgacha bo'lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan (QTEM) foydalanuvchi shaxslar – o'rnatilgan oydan e'tiboran 3 yil davomida;

☀️quyosh panellari quvvatidan 25%dan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini to'plash tizimi mavjud bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilganda – mazkur panellar foydalanishga topshirilgan oydan e'tiboran – 10 yil davomida.

❗️Soliq summasi 2 BHMdan oshmaydigan summaga kamaytiriladi.

Imtiyoz faqat 1 marta 1 ta uy-joy fondi ko'chmas mol-mulk obyektiga nisbatan energiya ta'minoti tashkiloti tomonidan berilgan ma'lumotnomaga asosan beriladi va jismoniy shaxs tomonidan umumiy quvvati 1 kVtdan ortiq QTEM qurilmalari o'rnatilgan taqdirda qo'llaniladi.

👉Soliq kodeksi 421-moddasi

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤❗️

Jismoniy shaxslar mol-mulk solig'ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

Soliq organlari har yili 1-martdan kechiktirmay soliq to'lovchilarga to'lov xabarnomasini quyidagi usullarda topshiradi:
✍️ imzo qo'ydirilgan holda;
💻 soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga elektron tarzda;
📲 uyali telefon raqamiga SMS-xabarnoma tarzida;
Soliq mobil ilovasi orqali.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #aksiz_soligi

2025-yil uchun tamaki mahsulotlari aksiz solig'i stavkalari
____________
#налоговая_политика_2025
#новое_в_законодательстве #акцизный_налог

Ставки акцизного налога на табачную продукцию в 2025 году

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #aksiz_soligi

2025-yil uchun alkogol mahsulotlari aksiz solig'i stavkalari
________
#налоговая_политика_2025
#новое_в_законодательстве #акцизный_налог

Ставки акцизного налога на алкогольную продукцию в 2025 году

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #aksiz_soligi

2025-yil uchun neft mahsulotlari va boshqa aksiz to'lanadigan tovarlarga aksiz solig'i stavkalari
____________
#налоговая_политика_2025
#новое_в_законодательстве #акцизный_налог

Ставки акцизного налога на нефтепродукты и другие подакцизные товары на 2025 год

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun bazaviy soliq stavkalari respublika hududlari kesimida 1 gektar uchun mutlaq o‘lchamda belgilanadi

Ma'lumot uchun❗️Soliq stavkalarining aniq miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, shuningdek tuman va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlardan foydalangan holda belgilanadi.

Qishloq xo'jaligi korxonalari balansida bo'lgan, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash, shuningdek ipak qurti yetishtirishda foydalaniladigan bino va inshootlar joylashgan yerlar uchun soliq xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,2 koeffitsientini qo'llanilgan holda to'lanadi.
❗️Ijara huquqi asosida foydalaniladigan yer uchastkalarida joylashgan va imtiyozlar tatbiq etiladigan obyektlar bundan mustasno.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #yer_soligi

Jismoniy shaxslar uchun yer soligʻi bazaviy stavkalari oʻzgardi

Jismoniy shaxslar uchun yer solig'ining bazaviy stavkalari 2024-yilga nisbatan indeksatsiya qilindi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar, tuman va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari iqtisodiy rivojlanishiga qarab, kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash huquqini saqlanib qolindi.

👉 Soliq kodeksi 437-modda

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) o‘rnatish uchun soliq imtiyozlari

Quyidagi shaxslar yer solig‘i summasini kamaytirishi mumkin:

📉 uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlarida umumiy quvvati 100 kVtgacha bo'lgan QTEMdan foydalanuvchilar – o'rnatilgan oydan boshlab 3 yil davomida;

☀️quyosh panellari quvvatidan 25%dan kam bo‘lmagan elektr energiyasini to'plash tizimiga ega quyosh panellarini o'rnatilganda – bu panellar foydalanishga topshirillgan oydan boshlab 10 yil davomida.

❗️Soliq summasi 1 BHMdan oshmaydigan summaga kamaytiriladi.

Imtiyoz faqat 1 marta, uy-joy fondi ko‘chmas mulk obyektlari bilan band bo‘lgan bitta yer uchastkasiga nisbatan elektr ta’minoti tashkiloti tomonidan berilgan ma‘lumotnomaga asosan taqdim etiladi va jismoniy shaxs tomonidan umumiy quvvati 1 kVtdan ortiq QTEM qurilmalari o'rnatilgan taqdirda qo'llaniladi.

👉 Soliq kodeksi 436-modda

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤❗️

Jismoniy shaxslar yer solig'ini 15-aprelgacha va 15-oktabrgacha teng ulushlarda to'laydilar.

Soliq organlari har yili 1-martdan kechiktirmay soliq to'lovchilarga to'lov xabarnomasini quyidagi usullarda topshiradi:
✍️ imzo qo'ydirilgan holda;
💻 soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga elektron tarzda;
📲 uyali telefon raqamiga SMS-xabarnoma tarzida;
Soliq mobil ilovasi orqali.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM