Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.09K subscribers
7.8K photos
1.63K videos
45 files
4.91K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul

Aholi muammolarini yaqindan o‘rganish hamda ularni bartaraf etish maqsadida viloyat 4-sektor rahbari D.Yuldashev tomonidan hududlarda sayyor qabullar o‘tkazilib kelinmoqda.


Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul

Aholi muammolarini yaqindan o‘rganish hamda ularni bartaraf etish maqsadida viloyat 4-sektor rahbari D.Yuldashev tomonidan hududlarda sayyor qabullar o‘tkazilib kelinmoqda.

Kuni-kecha navbatdagi sayyor qabul Kogon shahridagi “Temir yo‘lchilar”, Buxoro tumanidagi “Sahovat” hamda Qorovulbozor tumanidagi “Cho‘lquvar” mahalla fuqarolari yig‘ini fuqarolari bilan o‘tkazildi.


Тelegram | Facebook|Instagram
#raqamlashtirish #sayyor_qabul

2024-yilda
Buxoro viloyati bo‘yicha soliq xizmati organlarining hududiy 4-sektorlari tomonidan o‘tkazilgan 787 ta sayyor qabullarda 10 126 ta murojaat yo‘llangan.

Shundan:
▫️hal etilgan – 9 774 ta (97 %);
▫️tushuntirish berilgan – 349 ta (3 %);
▫️o‘rganish jarayonida – 3 ta (0.1 %).

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#sayyor_qabul

Shofirkon tumanida
sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Shofirkon tumani “Bobohaydar” mahallasida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda, viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Muxamedov tomonidan fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar o‘rganilib, ularni hal qilish choralari ko‘rildi.

🔹Sayyor qabulda ko‘rib chiqilgan murojaatlarning asosiy qismi moddiy yordam, ishga joylashish, salomatligini yaxshilash bilan bog‘liq bo‘ldi. Bundan tashqaqari, kredit olish bog‘liq murojaatlar ham bor.

Yakunda fuqarolardan kelib tushgan jami 15 ta murojaatlarning 10 ga yaqini shu yerning o‘zida hal etildi. Qolgan murojaatlarni ham belgilangan tartibda o‘rganib chiqish va uni hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berildi.

Sayyor qabulda 3 nafar xotin-qizlarga tikuv mashinkasi, va bir nafar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshga zamonaviy noutbuk berildi.

Ta’kidlash lozim, bu kabi sayyor qabullar fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish imkonini berayotgani bilan ahamiyatlidir.
#4_sektor
#sayyor_qabul

Joylarda fuqarolar muammolarini o‘rganish, ularga manzilli ko‘maklar berish maqsadida Buxoro viloyati 4-sektor ishchi guruhi tomonidan reja-grafikka muvofiq sektor hududlarida sayyor qabullar o‘tkazib kelmoqda. Kuni-kecha navbatdagi sayyor qabul G‘ijduvon tumani “Bo‘lakiyon” mahalla fuqarolari yig‘inida tashkil etildi.

Unda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Djamshid Nurullayev, sektor ishchi guruhi, mahalla yettiligi ishtirok etib aholi muammolarini o‘rgandilar.

Qabulda fuqarolar tomonidan 15 dan ortiq turli masalalar o‘rtaga tashlandi. Quvonarlisi, 10 ga yaqin murojaat shu yerning o‘zida hal etildi. 2 nafar “Ayollar” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga tadbirkorliklarini boshlashlari uchun zamonaviy tikuv mashinasi. 5 nafar ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam berildi.

Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar esa mas’ullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Joylarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullardan ko‘zlangan asosiy maqsad chekka hududlardagi aholining og‘irini yengil qilib ularning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini oshirishdan iboratdir.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube