Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.47K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#barqarorlik_reytingi

Dala chetini samarali ishlatgan fermerlarga reytingda qo‘shimcha ball beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishni ko‘paytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida belgilangan asosiy vazifalar.

👆Batafsil infografikada

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Buxoro viloyati soliq xizmati organlarida soliq xizmati organlari xodimlarining siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy savodxonlik darajasini oshirish maqsadida belgilangan tartibda har hafta iqtisodiy va ma’naviy o‘quv soatlari hamda turli soha vakillari ishtirokida seminar treninglar va davra suhbatlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Bugungi navbatdagi o‘quv soatida yig‘ilganlarga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim etib kelinayotgani kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida axborot va ma’lumotlar yetkazildi.

Shuningdek, unda soliq xizmati xodimlari tomonidan xizmat vazifalarini bajarishda Davlat xizmatchisi etikasiga rioya qilinishi, yuklatilgan funksional vazifalarni mas’uliyat bilan bajarish hamda nazoratdagi xujjatlar va murojaatlar bilan belgilangan tartibda ish olib borilishi to‘g‘risida gapirildi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#savol_javob

Men uyimda turli xildagi meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtiraman. Ushbu yetishtirayotgan mahsulotlarimni eksportyor korxonalarga sotsam, olgan daromadimdan soliq to‘laymanmi

Uy xoʻjaligida, shu jumladan dehqon xoʻjaligida yetishtirilgan mahsulotlarni tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod etilgan.
*manzarali bogʻdorchilik (gulchilik) mahsulotlari bundan mustasno
👉Soliq kodeksi 378-modda 8-qism

Shuningdek, eksportyor korxonalar meva-sabzavot mahsulotlarini keyinchalik eksport qilish uchun jismoniy shaxslardan sotib olganda, JSHODS boʻyicha imtiyozlar jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan mahsulotlar ularga yoki ularning oila aʼzolariga ajratilgan yer uchastkalarida yetishtirilganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmasdan qoʻllanilishi belgilangan.

Shunga muvofiq, Siz olgan daromadingizdan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi to‘lamaysiz.
*ushbu dehqonchilik mahsulotlarini boshqa shaxslardan xarid qilib uni keyinchalik boshqa shaxslarga qayta sotish holatlari bundan mustasno
👉“Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 7-bandi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_hisoboti

Hurmatli soliq to‘lovchilar
❗️

✔️Hisobot yuborish jarayoni yanada soddalashtirildi: shaxsiy kabinetingizda avtomatik shakllantirilgan maʼlumotlarni ko‘rib chiqing, tasdiqlang va yuboring.

Endi norezidentlardan import qilingan xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirishda foyda solig‘ini ushlab qolish bo‘yicha hisobotni my3.soliq.uz saytida avtomatik ravishda shakllantirish mumkin!

👆Batafsil videoqo‘llanmada tanishing
 
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik

Soliq xizmatlari sohasida Oʻzbekiston-Ozarbayjon hamkorligi

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasida qardosh Ozarbayjon Respublikasi Soliq xizmati delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

3 kunlik muloqot davomida Oʻzbekistonning soliq sohasidagi soʻnggi yutuqlari, xususan, soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatishdagi innovatsion yondashuvlar bilan oʻrtoqlashildi. Ayniqsa, "mahallabay" va "korxonabay" kabi yangi institutlarning joriy etilishi hamda ularning amaliy natijalari ozarbayjonlik hamkasblarda katta qiziqish uygʻotdi.

Islohotlar samarasini raqamlar ham tasdiqlaydi - joriy yilning 11 oyi yakunlari boʻyicha hududlarda soliq tushumlari oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 21,5 foizga, bevosita tuman (shahar)larda 28,5 foizdan ortiqqa oʻsdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar tajriba almashinuvini davom ettirish va hamkorlikni yanada mustahkamlash boʻyicha kelishib oldilar.
———-
#сотрудничество

Налоговые службы Узбекистана и Азербайджана обменялись опытом


В Налоговом комитете Республики Узбекистан состоялась встреча с делегацией Налоговой службы Азербайджана.

В ходе трехдневного диалога были представлены последние достижения Узбекистана в налоговой сфере, в частности, инновационные подходы в обслуживании налогоплательщиков. Особый интерес у азербайджанских коллег вызвало внедрение новых институтов "махаллабай" и "корхонабай", а также их практические результаты.

Эффективность реформ подтверждается цифрами - по итогам 11 месяцев текущего года налоговые поступления в регионах выросли на 21,5% по сравнению с аналогичным периодом прошлого года, а в районах (городах) - более чем на 28,5%.

По итогам встречи стороны договорились о продолжении обмена опытом и дальнейшем укреплении сотрудничества.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#eʼlon #kubok #stol_tennisi

🔹Stol tennisi ishqibozlari diqqatiga!

Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirligi, Soliq qo'mitasi hamda Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi hamkorligida 2-6 dekabr kunlari Buxoro viloyatida 🏓stol tennisi boʻyicha U-19 🏆 “OʻZBEKISTON KUBOGI” musobaqasiga START beriladi.

Musobaqada mamlakatimizning 14 hududidan 200 dan ziyod 19 yoshgacha bo'lgan professional sportchilar bahslarga kirishadi.
Sportchilarni qoʻllab quvvatlashga barchani taklif etamiz.

Manzil: Buxoroda Olimpiya zaxiralari kolleji.


Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi axborot xizmati

Тelegram | Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan turli pechlar va noqonuniy qurilmalar savdosining oldi olinmoqda

Joriy yilning 15-noyabr kunidan 15-dekabr kuniga qadar o‘tkazilayotgan "Yongʻin xavfsizligi oyligi" doirasida Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar, ichki ishlar boshqarmasi hamda soliq xizmati organlari xodimlari hamkorligida bozorlar va boshqa savdo komplekslarida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Kuni-kecha ana shunday hamkorlikdagi tadbirlar Buxoro shahridagi “Markaziy dehqon bozori”da ham o‘tkazildi.

Unda asosiy e’tibor sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan elektir pechlari va qo‘lbola usulda tayorlangan pechlar, gaz so‘rgichlar hamda boshqa noqonuniy qurilmalar savdosining oldini olishga qaratildi.

Ta’kidlash lozim, qo‘lbola pechlar orqali isitilayotgan uylarda fuqarolarning is gazidan zaharlanishi ehtimoli yuqori.

Shu bois, viloyatda bu kabi holatlarni oldini olish maqsadida Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar, ichki ishlar boshqarmasi hamda soliq xizmati organlari xodimlari hamkorligida doimiy nazorat va reyd tadbirlar tashkil etilmoqda.


Тelegram | Facebook|Instagram