Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.48K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#Yashil_makon

“Yashil makon”
- umummilliy loyihasi doirasida 4-sektordagi “Xo‘ja bargi” mahalla fuqarolar yig‘inida “Kogon shahar 4-sektor bog‘i” tashkil etilmoqda.

🌳 Kogon shahar Soliq inspeksiyasi xodimlari bugun mazkur bog‘da 500 tup mevali hamda manzarali ko‘chatlar ekishdi. Rejaga muvofiq ushbu joy aholining qulay dam olish maskaniga aylantiriladi.

Тelegram | Facebook|Instagram
BILASIZMI

Soliq hisoboti o‘z vaqtida taqdim etilmasa…


Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq to‘lovchi bo‘lgan jismoniy shaxs ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
👉Soliq kodeksi 220-modda

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq, soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik:

🔹YATTlarga – BHM*ning 3 baravari miqdorida,

🔹Yuridik shaxsning rahbariga – BHMning 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉MJTK 175-modda 2-qismi

Тelegram | Facebook|Instagram
#QQS

QQSni qaytarib olish uchun ariza shart emas. Salbiy summani hisobotda ko‘rsatish kifoya

Soliq to‘lovchi QQS salbiy farq summasini qaytarib olish uchun alohida ariza taqdim etmasdan QQS hisobotini taqdim etish jarayonida ushbu summani ko‘rsatib o‘tish orqali soliq organlarini xabardor qilishi mumkin.

Buning uchun hisobot shaklining “Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limida tegishli jadval joylashtirilgan. Sariq katakchalarda ma'lumotlar avtomatik ravishda to'ldiriladi. Ko'k kataklarga quyidagilar qo'lda kiritilishi lozim:
🔹qaytarilishi talab etiladigan soliq summasi;
🔹QQS salbiy farq summasini kelgusi to‘lovlar uchun hisobga olish talabi;
🔹qaytarishning tartibi: umumiy yoki tezlashtirilgan.

Soliq organlari murojaatlarni ma'lumot olingan kundan boshlab umumiy tartibda 30 kun ichida, tezlashtirilgan tartibda esa 7 kundan kechiktirmay ko‘rib chiqadi va salbiy farq summasi qaytarilishi (yoki qaytarish rad etilganligi) haqida soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga qaror nusxasini yuboradi.
👉Kimlar QQSni tezlashtirilgan tartibda qaytarib olishga haqli?

Shunindek, barqarorlik reyting “AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlariga QQS summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) bir kun muddatda tekshiruvlarsiz avtomatlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.

Тelegram | Facebook|Instagram
SAVOL: - Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati qanday to'xtatib turiladi

📌JAVOB: - Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish (faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish, tugatish) Davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
👉Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom

Yuqoridagi qonunchilikka ko‘ra yakka tartibdagi tadbirkor sifatidagi faoliyatingizni vaqtincha toʻxtatib turish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishingiz lozim.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#налоговая_проверка

Как проводится налоговый аудит?

За 10 месяцев налоговые аудиты охватили только 0,27% от общего числа налогоплательщиков.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 23-noyabr dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanada to‘lanishi belgilangan soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 25-noyabrga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi 1-ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉
Soliq kodeksi 5-modda
👉
Soliq kodeksi 86-modda
______
#календарь_налогоплательщика

🗓 В связи с тем, что 23 ноября - выходной (нерабочий) день, крайний срок уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в этот день, переносится на 25 ноября.

📌Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним 1 рабочий день.
👉
ст.5 НК
👉
ст.86 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Viloyat 4-sektor rahbari Kogon tumanida sayyor qabul o‘tkazdi

Bugun viloyat 4-sektor rahbari D.Yuldashev Kogon tumanidagi “O‘zbekiston” mahalla fuqarolari yig‘inida aholini qiynab kelayotgan muammolarini joyida hal etish, kambag‘al oilalarni doimiy qo‘llab-quvvatlash hamda hududda ishsizlikni kamaytirish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda tuman xalq qabulxonasi, tuman sektor rahbarlari, mahalla yettiligi va tegishli tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda 25 nafardan ortiq shu yerlik fuqarolarning muammo va takliflari tinglandi.
Unda asosan moddiy yordam, dori-darmon, ichki yo‘llarni ta’mirlash, oziq-ovqat mahsulotlari bilan bog‘liq turli mazmundagi masalalar yuzasidan fuqarolar sektor rahbariga murojaat qildilar. Quvonarlisi murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida hal etildi.

Xususan, 5 nafar “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari uchun subsidiya asosida tikuv mashinalari, 6 nafar ijtimoiy ahvoli og‘ir oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari, 2 nafar nogironligi bor shaxslarga nogironlik aravachasi va shu kabi murojaat qilgan fuqarolarga boshqa turdagi yordamlar ko‘rsatildi.

Bundan tashqari, shu kuni ushbu mahallada xotin-qizlarni hamda ishsiz aholiga kasb o‘rgatib ularning bandligini ta’minlash maqsadida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi “Ishga marhamat” monomarkazining ochilishi bo‘ldi.

Ochilish marosimida ishtirok etganlar, markazda yaratilgan shart-shoroitlar kasbga o‘rgatish xonalari bilan tanishdilar. Endilikda ushbu markazda xotin-qizlar tikuvchilik bo‘yicha o‘qitilib, ularga sertifikatlar beriladi. Ushbu sertifikatlar orqali ularning mahoratiga qarab doimiy ishga joylashtirilib boriladi.

Tadbirda tikuvchilik hunarini puxta egallagan markazning birinchi 5 nafar bitiruvchi xotin-qizlarga sertifikatlar topshirdi.

Bir so‘z bilan aytganda qilinayotgan bu kabi ishlar aholining mushkulini oson qilish, kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, ishsiz aholini doimiy ish bilan band qilishdan iboratdir.


Тelegram | Facebook|Instagram
#Yashil_makon

Ayni kunlarda viloyat 4-sektor hududlarida “Yashil makon” - umummilliy loyihasi doirasida turli xildagi mevali hamda manzarali ko‘chatlarni ekish ishlari olib borilmoqda.

🌳 Bugun 4-sektordagi “Niyozxoji” mahalla fuqarolar yig‘ini yo‘l yoqqasida tuman 4-sektor boshchiligida 500 tupga yaqin mevali hamda manzarali ko‘chatlar ekildi.


Тelegram | Facebook|Instagram