Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.53K photos
1.6K videos
41 files
4.75K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#Bilasizmi

Soliq turlari bo`yicha soliq stavkalari 👇🏻

🔹Foyda solig`ining bazaviy stavkasi - 15 foiz,
🔹ijtimoiy soliq - 12 foiz (budjеt tashkilotlari uchun 25 foiz),
🔹qo`shilgan qiymat solig`i stavkasi - 12 foiz,
🔹jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i - 12 foiz,
🔹aylanmadan olinadigan soliqning bazaviy stavkasi - 4 foiz,
🔹yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi - 1,5 foiz.

Тelegram | Facebook|Instagram
Viloyat 4-sektori rahbariga biriktirilgan oilalarning ahvolidan xabar olinmoqda

Og‘ir ahvoldagi oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, ularni ijtimoiy sharoitini yaxshilash maqsadida joylardagi tashkilot rahbarlari va ularning o‘rinbosarlariga 5 tadan sharoiti yeng og‘ir oilalar biriktirilgan edi.

Kogon shahridagi “Mahtumquli” mahallasidagi sharoiti eng og‘ir deb topilgan 5 ta oila viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Yuldashevga biriktirilgan.

Biriktirilgan oilalarni doimiy ahvolidan xabar olish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida bugun viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati ularning xonadaonlarida bo‘lib, ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida ularning holidan xabar olib oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazdilar.

Bundan ko‘zlangan maqsad sharoiti og‘ir oilalar ahvolini tezkorlik bilan o‘nglanishiga ko‘maklashishdir.

“Mahtumquli” mahallasidagi bunday savob ishlar davom etmoqda.


Тelegram | Facebook | Instagram
Viloyat soliq boshqarmasida o‘tkazilgan "Ochiq eshiklar" kuni talabalar uchun qiziqarli bo‘ldi

Bugun viloyat soliq boshqarmasida “9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.
Unda Buxoro Davlat universitetining iqtisodiyot yo‘nalishi 1-bosqich talabalari hamda professor o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas’ullari tadbir ishtirokchilariga soliq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, soliq xizmati organlari xodimlarining “korxonabay” va “mahallabay” ishlash jarayonlari yuzasidan tushuntirishlar berdilar.

Tadbirning ikkinchi qismida viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i D.Yuldashevning shaxsan o‘zi ishtirok etib, yig‘ilganlarga sohadagi o‘zgarishlar va yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

Tadbir yakunida ilg‘or talabalarga viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘ining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BAYROĞIM_ĞURURIM

BUGUN VILOYAT SOLIQ XIZMATI ORGANLARI XODIMLARI DAVLAT BAYROĞI QABUL QILINGAN KUNINI "BAYROĞIM ĞURURIM" SHIORI OSTIDA KENG NISHONLASHDI.

Тelegram | Facebook|Instagram
#raqamlashtirish
#QQS

Buxoroda 2024-yil 1-noyabr holatiga maxsus ro‘yxatdan o‘tgan QQS to‘lovchilar soni 13 527 tani tashkil etdi

Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,6 % ko‘p.

👉BATAFSIL

Тelegram | Facebook|Instagram
📣📣📣TADBIRKORLAR VA O‘Z BIZNESINI BOSHLASH NIYATIDAGI FUQAROLAR UCHUN QULAY IMKONIYAT

Mamlakatimiz Prezidentining Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida tadbirkorlik va servis xizmatlari uchun 1000 gektar bo‘sh yer maydonlarini “E-Auksion” elektron auksion savdolariga chiqarish topshirig‘i berilgan edi.

‼️Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan, ayni paytda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik va servis xizmatlari uchun viloyat hududidagi bo‘sh yer maydonlarining arzon narxlarda “E-Auksion” elektron auksion savdolariga chiqarilganligini bildiramiz.

Tadbirkorlikni boshlash uchun qulay joylar 👉https://e-auksion.uz 👉https://t.iss.one/eauksion_buxoro/755

➡️ Savdolarda qatnashish uchun qo‘llanma (ko‘rish)

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Uy sharoitida tirik pilla yetishtirayotganlar daromad solig‘idan ozod qilinadi

15-noyabr kuni Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha kiritildi.
Qonunga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1- yanvarga qadar bo‘lgan davrda:

jismoniy shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtirish (kasanachilik) faoliyatidan olingan daromadlarini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi;

uy sharoitida tirik pilla yetishtiruvchi kasanachilar mehnatiga haq to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lar ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi;

tutzorlar bilan band bo‘lgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsient qo‘llanilgan holda hisoblab chiqariladi.


Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Olot tumani soliq inspektori Dilshodbek Sharapovning mehnatlari Soliq qo‘mitasi raisi tomonidan munosib e’tirof etildi.

Viloyatimizning eng chekka hududi Olot tumanida faoliyat olib borayotgan soliq inspektori Dilshodbek Sharapovga tumandagi “Denov”, “Nurobod” hamda “Pichoqchi” mahallalari biriktirilgan.


Тelegram | Facebook|Instagram