Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.47K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦

🔎Xabar berilganidek, katta hajmdagi maʼlumotlarni yangi serverlarga migratsiya qilinmoqda.

Shu munosabat bilan joriy yilning 30-oktabr soat 18:30 dan 5-noyabr soat 23:59 ga qadar onlayn NKT cheklarini tahrirlash imkoniyati vaqtinchalik cheklanadi.

Shuningdek, joriy yilning 31-oktabr soat 23:00 dan 5- noyabr soat 23:59 ga qadar jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliqlarni to‘lash, soliq hisoboti va deklaratsiyalarni taqdim etish, soliq qarzdorligi haqida maʼlumotlarni elektron tarzda olish hamda boshqa elektron xizmatlardan foydalanish vaqtincha to‘xtatiladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz.
__________________
#объявление

🔎Сообщалось, что большие данные переносятся на новые серверы.

В связи с этим с 18:30 часов 30 октября текущего года до 23:59 часов 5 ноября будет временно ограничена возможность корректировки чеков онлайн-ККТ.

Также с 23:00 часов 31 октября до 23:59 часов 5 ноября временно приостанавливается использование таких электронных услуг, как уплата налогов физическими лицами и индивидуальными предпринимателями, представление налоговой отчетности и декларации, получение электронной справки о налоговой задолженности и др.

Приносим извинения за доставленные неудобства.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz

Buxoroda 2024-yilning yanvar-sentabr oylarida 8 920 ta tashkilot 522,8 mlrd so‘mdan ortiq soliq imtiyozlaridan foydalandi

👉BATAFSIL

Тelegram | Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #seminar_trening

Soliq qo‘mitasi xodimlari IBM Cognos Analytics platformasidan foydalanish kurslarini yakunladi

Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasi doirasida soliq tizimining 40 nafarga yaqin xodimi IBM Cognos Analytics platformasida maʼlumotlarni to‘plash, tahlil qilish, grafik va diagrammalar orqali vizualizatsiya qilish hamda tezkor hisobotlar shakllantirish bo‘yicha o‘quv kurslarini yakunladi.

Loyiha doirasida xalqaro ekspertlar guruhi soliq sohasida faoliyat yurituvchi xodimlarni IBM Cognos Analytics tizimidan samarali foydalanish va Business Intelligence (BI) tahlilchilari sifatida tayyorlashga yo‘naltirilgan o‘qitish ishlarini olib bordi.

Soliq tizimi xodimlarining olgan bilimlari kelgusida maʼlumotlarni yig‘ish va modellashtirish orqali murakkab jarayonlarni soddalashtirish, katta hajmdagi maʼlumotlarni tezkor tahlil qilish asosida iqtisodiyotda xufiyona aylanmalar darajasini qisqartirish, shuningdek, soliq to‘lovchilarga yangi, zamonaviy va qulay xizmatlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#4_sektor
#sayyor_qabul

Chekka-chekka hududlarda aholi muammolarini o‘rganish va ularga joyida yechim topish maqsadadi Buxoro viloyati 4-sektor ishchi guruhlari tomonidan belgilangan reja-grafikka muvofiq sayyor qabullar o‘tkazilib kelinmoqda.

Bugun ayni shu maqsadda Olot tumanidagi “Xosabo‘yi” mahalla fuqarolari yig‘inida ham sayyor qabul tashkil etildi.

Unda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i D.Yuldashev tuman xalq qabulxonasi va sektor ishchi guruhi hamda mahalla yettiligi ishtirokida aholi muammolarini o‘rgandi.

Qabulda 20 ga yaqin fuqarolar tomonidan 15 dan ortiq turli masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar esa mas’ullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Bu kabi olis mahallalarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullardan ko‘zlangan asosiy maqsad, aholining og‘irini yengil qilish, ularga munosib sharoitni yaratishdan iboratdir.


Тelegram | Facebook|Instagram
#stol_tennisi

Buxorolik stol tennisi sportchilari U-15 “Oʻzbekiston Kubogi” musobaqasig munosib ishtirok etishadi


Buxoroda yoshlarni stol tennisiga jalb qilish, ular orasidan iqtidorlilarni tanlab olish borasi stol tennisi musobaqalari tashkillashtirilib kelinmoqda.

Bugun ham shu maqsadda viloyat soliq boshqarmasida Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasining Buxoro viloyat hududiy boʻlinmasi, viloyat sport boshqarmasi bilan hamkorlikda sportning stol tennisi boʻyicha U-15 yoshgacha boʻlgan o’smir yigit va qizlar oʻrtasida Buxoro viloyati saralash musobaqalari boʻlib oʻtdi.

Musobaqa qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tdi. Gʼoliblar joriy yil 9-14-noyabr kunlari Fargʼona viloyatida oʻtkaziladigan U-15 “Oʻzbekiston Kubogi” musobaqalarida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

G‘oliblarga viloyat soliq boshqarmasi hamda Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasining Buxoro viloyat hududiy boʻlinmasining diplomlari topshirildi.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#E_ijara #yashirin_iqtisodiyot

Joriy yilning 9 oyida soliq organlarida 529 628 ta ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yildi.

🖇Foydali havolalar

👉Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi
👉Uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq solinmaydi
👉Ijara.soliq.uz saytidagi ijara shartnomasi qanday bekor qilinadi?

❗️2024-yil uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari haqida boshqarma boshlig‘i D.Xashimova batafsil ma'lumot berdi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads