Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.18K subscribers
8.69K photos
1.9K videos
51 files
5.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221-26-89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#ochiq_muloqot

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi


Buxoro viloyati soliq boshqarmasida tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda viloyatdagi 100 nafarga yaqin tadbirkorlar, jamoatchilik vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan tadbirda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i D.Yuldashev bugungi kunda soliq idoralari o‘z faoliyatlarini yangi bosqichda amalga oshirayotgani, xususan, soliq xizmati organlari xodimlari “korxonabay” va “mahallabay” ishlash tizimi orqali soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarining o‘z vaqtida va to‘g‘ri bajarilishida ko‘maklashayotgani haqida axborot berib o‘tdi.

Tadbirda dastlab, o‘rta, qoniqarli va quyi barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlariga reytingdagi ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha zarur maslahatlar berib o‘tildi.

Shuningdek, soliq idoralari o‘rtasida ishonchni yanada mustahkamlash hamda korrupsiya holatlariga umuman yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar muhokama qilindi.

Ikki yarim soatdan ortiq vaqt davom etgan uchrashuvda tadbirkorlar “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasi mezonlari bo‘yicha, EHF, onlayn-NKMlardan foydalanish, cheklarni tahrirlash, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, QQS guvohnomasining amal qilishini to‘xtatib turish, yer va mol-mulk solig‘i, ortiqcha to‘langan soliqlarni qaytarish, inkasso topshiriqnomalari, shuningdek, soliq tekshiruvida qo‘llanilgan moliyaviy jarimalar, soliq hisobotlarini taqdim etmaganlik hamda to‘lov intizomini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik masalalari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarni o‘rtaga tashladilar.

Uchrashuvda so‘z olgan ko‘p yillik tajribaga ega tadbirkorlar bugungi kunda intizomli va shaffof biznes yuritish uchun barcha zarur sharoit va imkoniyatlar yaratilganini aytib o‘tib, barqarorlik reytingida ko‘zda tutilgan rag‘batlantirish choralari qonun doirasida faoliyat yuritishga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdilar.

Muloqotda boshqarma boshlig‘i va soxa mutaxassislari hamkorligida tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan ko‘plab masalalar shu yerning o‘zida o‘rganib chiqilib, ularning yechimlari bo‘yicha zarur masalahatlar berildi.

E’tiborlisi, uchrashuvda bir qator tadbirkorlik subyektlarining masalalari joyida ijobiy hal etilgani soliq organlarining tadbirkorlik subyektlarining haqiqiy ko‘makchisiga aylanganini yana bir bor isbotladi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


Тelegram | Facebook|Instagram
#jamoatchilik_kengashi

Soliq qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zosi tomonidan bolalar uchun soliqlar haqidagi kitob tayyorlandi

Soliq qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zosi Irodaxon Abbosxonova o‘zining “Maryam soliqlar haqida bilib oladi" nomli bolalar uchun elektron kitobini taqdim etdi.

Muallif yosh kitobxonlarga soliqlar nima, ular nima uchun to‘lanishi kerakligi va jamiyat hayotida qanday ahamiyatga ega ekanligi haqida qiziqarli va tushunarli tarzda gapirib beradi.

Bu kitob murakkab moliyaviy tushunchalarni bolalar tushunadigan oddiy va qiziqarli tilda tushuntirish istagimning natijasidir.

"Maryam soliqlar haqida bilib oladi" - bu bolalarni soliq tushunchasi va uning jamiyatdagi ahamiyati bilan tanishtirish uchun ishlab chiqilgan qiziqarli va ma'lumotga boy hikoya.

Umid qilamanki, bu kitobcha bolalarga soliqlar haqida bilim berishni xohlagan ota-onalar va o'qituvchilar uchun foydali manba bo'ladi”, deb ta’kidladi I.Abbosxonova.


Kitobni ushbu havola orqali ko'rishingiz mumkin
👉https://soliq.uz/storage/files/October2024/0000000091aa69970192941de184001a.pdf
__________
#общественный_совет

Член Общественного совета при Налоговом комитете выпустила детскую книгу о налогах

Член Общественного совета при Налоговом комитете Иродахон Аббосхонова представила свою детскую электронную книгу "Марьям узнает о налогах".

В интересной и доступной форме автор рассказывает юным читателям о том, что такое налоги, почему их нужно платить и какую роль они играют в жизни общества.

Эта книга — результат моего стремления объяснить сложные финансовые концепции простым и увлекательным языком, понятным детям.

"Марьям узнает о налогах" - это увлекательная и информативная история, разработанная для знакомства детей с концепцией налогообложения и его важностью в обществе.

Я надеюсь, что книжка станет полезным ресурсом для родителей и учителей, желающих привить детям знания о налогах, - отметила И.Аббосхонова.


Ознакомиться с книгой можно по ссылке
👉https://soliq.uz/storage/files/October2024/0000000091aa69970192941ea34a001b.pdf

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Jinoyat_muhokamasi

Jinoyatchilikning oldini olishga har birimiz ma’sulmiz!

Kogon shahridagi vagon deposi korxonasida viloyat 4-sektor rahbari D.Yuldashev boshchiligida hamda qator mas’ullar, mahalla yettiligi va faollari ishtirokida joriy yilning 13-oktyabr kuni vagon deposi oldida sodir etilgan o‘ta og‘ir, qotillik jinoyati keng muhokama qilindi.

Tadbirda mas’ullar tomonidan ushbu jinoyatning kelib chiqishiga omil bo‘lgan shart-sharoitlar birma-bir tahlil qilinib, bundan buyon mahalla hududida jinoyatchilikning oldini olish borasida nimalarga e’tibor qaratish lozimligi haqida so‘z yuritildi.

Yig‘ilishda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallada tinchlik va hamjihatlik muhitini yaratish, aholi xususan, yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va mahalla hamkorligini yanada kuchaytirish yuzasidan kelishib olindi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#soliq_qarzi

Penya nima?


Penya soliq toʻlovchi soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan soliqlarni toʻlash muddatlarini buzgan taqdirda aybdorga nisbatan javobgarlik choralari qoʻllanilishidan qatʼi nazar toʻlanmagan soliq summasiga nisbatan kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun foizlarda hisoblanadi.

Penyaning foiz stavkasi Markaziy bankning shu davrda amalda boʻlgan qayta moliyalash stavkasi (13,5%) ning 1/300ga teng etib qabul qilinadi.
👉 Soliq kodeksi 110-modda

Misol uchun, 500 ming soʻm miqdoridagi soliq qarzi uchun penya quyidagi tartibda hisoblanadi:
🧮500 000 x (13,5%/300) = 225

Soliq qarzini toʻlash bir kunga kechiktirilganda 225 soʻm penya hisoblanadi.

❗️Hisoblangan penyalar ham soliq qarzi hisoblanadi va soliq organlari tomonidan yuqorida qayd qilingan majburiy undiruv choralari qoʻllaniladi.
__________
#налоговая_задолженность

Что такое пеня?

Если налогоплательщик нарушает установленный налоговым законодательством срок уплаты налогов, то за каждый день просрочки начисляется пеня в процентах от суммы неуплаченного налога.

Процентная ставка пени равна 1/300 действующей в это время ставки рефинансирования (13,5%) Центрального банка.
👉ст.110 НК

Например, за 500 тысяч сумов налоговой задолженности сумма пени рассчитывается следующим образом:

🧮500 000 x (13,5%/300) = 225

В день начисляются пени в размере 225 сумов за каждый день просрочки погашения этой налоговой задолженности.

❗️Начисленные пени также считаются налоговой задолженностью и в их отношении налоговыми органами применяются меры принудительного взыскания.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_muloqot

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi


Tadbirda o‘rta, qoniqarli va quyi barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlariga reytingdagi ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha zarur maslahatlar berib o‘tildi.

Shuningdek, soliq idoralari o‘rtasida ishonchni yanada mustahkamlash hamda korrupsiya holatlariga umuman yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar muhokama qilindi.

Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hisobga_olish

Korxona rahbari, hisobchisi hamda ularning telefon raqamlari o‘zgarganda bu ma’lumotlarni masofadan turgan holda yangilash imkoni mavjudligini bilasizmi?


Buni my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan “Yuridik shaxsning profilini ko‘rish va hisob ma’lumotlarini o‘zgartirish” xizmati orqali amalga oshirsa bo‘ladi.

Korxonaning rahbar yoki hisobchi to‘g‘risidagi ma’lumotlari o‘zgarganligini shaxsiy kabinetdagi “Hisob ma’lumotlari” bo‘limida tekshirib ko‘rish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 20-oktabr dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanada taqdim etilishi, to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 21-oktabrga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi 1-ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉
Soliq kodeksi 5-modda
👉
Soliq kodeksi 86-modda
______
#календарь_налогоплательщика

🗓 В связи с тем, что 20 октября - выходной (нерабочий) день, крайний срок представления отчетности и уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в эти дни, переносится на 21 октября.

📌Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним 1 рабочий день.
👉
ст.5 НК
👉
ст.86 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
📣📣📣TADBIRKORLAR VA O‘Z BIZNESINI BOSHLASH NIYATIDAGI FUQAROLAR UCHUN QULAY IMKONIYAT

Mamlakatimiz Prezidentining Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida tadbirkorlik va servis xizmatlari uchun 1000 gektar bo‘sh yer maydonlarini “E-Auksion” elektron auksion savdolariga chiqarish topshirig‘i berilgan edi.

‼️Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan, ayni paytda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik va servis xizmatlari uchun viloyat hududidagi bo‘sh yer maydonlarining arzon narxlarda “E-Auksion” elektron auksion savdolariga chiqarilganligini bildiramiz.

Tadbirkorlikni boshlash uchun qulay joylar 👉https://e-auksion.uz 👉https://t.iss.one/eauksion_buxoro/627

➡️ Savdolarda qatnashish uchun qo‘llanma (ko‘rish)

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydoniga yer solig‘i qanday hisoblanadi

Jismoniy shaxslar tomonidan yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining uch baravari miqdorida belgilanadi

👉(Soliq kodeksi, 437-modda).


Тelegram | Facebook|Instagram
Jamiyat va davlatdan yashiriladigan yashirin iqtisodiy faoliyat soliq solishdan tashqari bo‘ladi hamda u jamiyatga va vijdonli biznes vakillariga zarar keltiradi

Jinoyat Kodeksining 179-moddasiga asosan, soxta tadbirkorlik, ya’ni ustavida ko‘rsatilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadini ko‘zlamasdan

ssudalar, kreditlar olish;
foydani (daromadni) soliqlardan ozod qilish (soliqlarni kamaytirish);
boshqacha mulkiy manfaat ko‘rish maqsadida korxonalar va boshqa tadbirkorlik tashkilotlari tuzish BHM*ning 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

*2024-yil 1-oktabrdan boshlab BHM 1 baravari = 375 000 so‘m

Тelegram | Facebook|Instagram
Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati qanday tashkil etiladi?

Yakka tartibdagi tadbirkorlik (YaTT) faoliyatini tashkil qilish uchun

🔹Davlat xizmatlari agentligi markazlaridan biriga borish orqali yoki
🔹elektron shakldagi interaktiv xizmatlar yordamida ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

📌YaTT yuzga yaqin faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkin. 2011-yil 6-yanvar kunidagi Vazirlar Mahkamasining qarorida yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari belgilangan.

Тelegram | Facebook|Instagram
Peshko‘ tumani soliq inspeksiyasida navbatdagi profilaktik tadbir o‘tkazildi

Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish hamda diniy ekstrimizm va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish maqsadida viloyat soliq boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi va huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda joylarda profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Peshko‘ tumani soliq inspeksiyasida o‘tkazilgan muloqotda poraxo‘rlik, ta’magirlik va mansab bilan bog‘liq salbiy holatlar uchun belgilangan jazo choralari hamda diniy ekstrimizmga qarshi kurashish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish yuzasidan so‘z yuritildi.

Uchrashuvda xodimlarga xizmat vazifasini bajarish chog‘idagi huquq va majburiyatlari va soliq xizmati organlari sha’niga dog‘ tushiradigan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Тelegram | Facebook|Instagram
YaTT lar uchun qanday imtiyozlar berilgan?

🔹YaTTlar faoliyatini boshlagandan keyin bir oy davomida soliqlardan ozod etiladi.

🔹I, II guruh nogironligi bo‘lgan YaTTlar belgilangan soliq stavkasining 50 foizi miqdorida soliq to‘laydi.

🔹YaTT 2 yoki undan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullansa (ya'ni bir paytda ham chakana savdo, ham xizmat ko‘rsatish) har biri uchun alohida alohida belgilangan qat'iy stavkada soliq to‘laydi, ammo bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida umumiy bitta ijtimoiy soliq to‘lashi belgilangan.

🔹YaTT o‘z faoliyat turidan kelib chiqib, 1 nafardan 3 nafargacha ishchi yollash imkoniyatiga ega, ya'ni chakana savdo bilan shug‘ullanadigan tadbirkor 1 nafargacha, maishiy xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor 3 nafargacha ishchi yollashi mumkin.


Тelegram | Facebook|Instagram
Vijdonli va qonunga rioya qiluvchi tadbirkor xaridor bilan terminal orqali hisob-kitoblarda Onlayn-NKM cheki va terminal chekini berishi shart

Onlayn-NKM (virtual kassa) cheki yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bermagan holda tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik SKning 221-moddasi 1-qismiga muvofiq jarima solishga sabab bo‘ladi.

Soliq.uz mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo'limi orqali kelib tushgan xabarlar bunga asos bo‘ladi.

Izoh: Ko‘rsatilgan xizmat va xarid uchun amalga oshirilgan to‘lovga chek shakllantirilib, taqdim etilgan, ya'ni qonun talabi bajarilgan ammo xaridor chekni olishdan bosh tortgan yoki unutib qoldirgan holatlarda sotuvchi tomonidan huquqbuzarlik sodir etilmagan deb hisoblanadi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#raqamlashtirish #soliq_qarzi

Buxorodagi 6 ta tadbirkorlik subyektiga 7,0 mlrd so‘mlik soliqlarni bo‘lib-bo‘lib yoki kechiktirib to‘lash imkoni berildi

BATAFSIL

Тelegram | Facebook|Instagram
QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma.pdf
887 KB
#QQS

❗️21-oktabr - sentabr oyi uchun QQS hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni

👉
QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma
_______________
#НДС

❗️21 октября - последний день представления отчетности по НДС за сентябрь

👉
Инструкция по заполнению отчетности по НДС

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_majburiyati

S
oliqlarning o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini nazorat qilish soliq organlarining majburiyati hisoblanadi.

Soliq to‘lovchilar esa o‘z navbatida soliqlarni o‘z vaqtida va to‘liq to‘lashlari lozim.

Soliq xizmati organlari soliq to‘lovchidan soliqlarni oldindan to‘lashni talab qilishga haqli emas.

Soliq to‘lovchi to‘lovlarni qonun hujjatlarida belgilangan soliq to‘lash muddatining oxirgi kunida yoki ixtiyoriy ravishda oldindan to‘lashi mumkin.

Shu bilan birga, soliq to‘lash majburiyatini muddatidan oldin bajarish soliq to‘lovchilarga turli kutilmagan vaziyatlarning oldini olish imkonini beradi. Ayrim sabablarga ko‘ra, (hisobraqamda mablag‘ bo‘lmasligi) soliqlar to‘lov muddatining so‘nggi kunida to‘lanmay qolsa, soliq organi hisoblangan soliqlarni majburiy undirish choralarini qo‘llashga to‘g‘ri keladi.

👉 Soliq majburiyatining bajarilishini ta’minlash usullari

Agar soliq organlarida noqonuniy xatti-harakatlarga duch kelsangiz, bu haqda maxsus @dsq_anticorrupciya_bot Telegram boti orqali xabar bering. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads