Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.18K subscribers
8.71K photos
1.9K videos
51 files
5.71K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221-26-89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#TTY

Yuklarni temir yoʻl orqali tashishda elektron TTYni rasmiylashtirish takomillashtirildi

Avval xabar berilganidek, joriy yil 1-apreldan yirik soliq toʻlovchilar va 1-iyuldan barcha xoʻjalik subyektlari uchun tovar-transport yuk xatlarini (TTY) elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etilgan.

Soliq qoʻmitasi tomonidan tadbirkorlik subyektlari uchun qulaylik yaratish maqsadida elektron tovar-transport yuk xatlari tizimi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning yagona darcha tizimiga integratsiya qilindi.

Endilikda, temir yoʻl orqali yuk joʻnatishda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan ajratilgan vagonlar boʻyicha ID raqamini elektron TTY tizimiga kiritish orqali

▫️yuk joʻnatuvchi va yuk oluvchi;
▫️yuklash va yetkazish manzillari (stansiyalar);
▫️vagon turi va raqami;
▫️yuk toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (tovarlar nomi, miqdori);
▫️tashish masofasi;
▫️tashish narxi haqidagi maʼlumotlar avtomatik shakllantiriladi.
__________
#ТТН

Усовершенствовано оформление электронных ТТН при перевозке грузов железнодорожным транспортом

Как известно, с 1 апреля 2024 года - для крупных налогоплательщиков, а
с 1 июля 2024 года - для всех хозяйствующих субъектов внедрена система оформления товарно-транспортных накладных (ТТН) в электронном виде.

В целях создания удобства для субъектов предпринимательства Налоговый комитет интегрировал систему электронных товарно-транспортных накладных с системой единого окна АО «Ўзбекистон темир йўллари».

Теперь при отправке грузов железнодорожным транспортом и вводе в системе электронных ТТН ID-номера по вагонам, выделенным АО Ўзбекистон темир йуллари», автоматически формируются сведения о:

▫️грузоотправителе и грузополучателе;
▫️адресах погрузки и разгрузки (станциях);
▫️типе и номере вагона;
▫️грузе (наименование, количество товара);
▫️расстоянии доставки;
▫️стоимости доставки.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#TTY

Elektron tovar-transport yuk xatini rasmiylashtirishda yangi imkoniyat

Xabar berilganidek, tadbirkorlik subyektlari uchun qulaylik yaratish maqsadida elektron tovar-transport yuk xatlari (TTY) tizimi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning yagona darcha tizimiga integratsiya qilingan.

❗️Yangi imkoniyatlar:

🚊Endilikda, temir yo‘l stansiyasidan qo‘shimcha yo‘nalishlar (vetkalar) orqali yuklarni jo‘natishda elektron TTYni rasmiylashtirish mumkin.
Bunda “e-nakl” tizimining ID raqamini kiritish talab etilmaydi.

Misol uchun: «A» korxona yukni «Bekobod» temir yo‘l stansiyasidan «Muborak» temir yo‘l stansiyasiga jo‘natishda elektron TTY “e-nakl” tizimining ID raqami bilan rasmiylashtiriladi. Agar yuk «Bekobod» temir yo‘l stansiyasidan qo‘shimcha yo‘nalishlar (vetkalar) orqali «A» korxonaning omboriga jo‘natilsa, elektron TTYni ID raqamisiz rasmiylashtirish mumkin.

🛳 Shuningdek, yuklarni havo va suv transportida tashish uchun ham elektron TTY rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi. Bunda yuk tashuvchi sifatida ushbu xizmatlarni ko‘rsatuvchi tashkilot ko‘rsatilishi lozim.

🆕 Pochta va kuryerlik xizmatlari orqali jo‘natiladigan yuklar uchun elektron TTYni alohida shaklda rasmiylashtirish tartibi joriy etildi.

Bunda har bir jo‘natuvchi elektron TTYni quyidagi tartibda rasmiylashtiradi:

✔️Yuk jo‘natuvchi ➡️pochta yoki kuryerlik tashkiloti nomiga

➡️ Pochta/kuryerlik tashkiloti tomonidan➡️ Oraliq manzillar bo‘yicha ushbu tashkilotning hududiy bo‘linmasi nomiga;
hududiy bo‘linma ➡️ Yakuniy manzilga (xaridorga yetkazib berishda) — yuk oluvchi (xaridor) nomiga rasmiylashtiriladi.

Eslatma❗️Pochta va kuryerlik tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun elektron TTY rasmiylashtirilgani yoki tasdiqlangani, ularning tovarlar xarid qilgani yoki realizatsiya qilganligini anglatmaydi.

Xavfni tahlil qilish va soliq to‘lovchilarni segmentlash boshqarmasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads