Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.11K subscribers
7.96K photos
1.69K videos
46 files
5.06K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning yangi tartiblari belgilandi


“Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
👉 PQ-267-son 18.07.2024

Mazkur hujjatga muvofiq,

2025-yil 1-iyuldan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar goʻsht (qo‘y, mol, parranda) tuxum, oʻsimlik yogʻi hamda un, shakar, dori vositalari va tibbiy xizmatlarni belgilangan miqdor* doirasida xarid qilishda toʻlangan QQS summasi bir ish kunida qaytariladi. Bunda xarid chekini Soliq mobil ilovasida skanerlash talab etilmaydi.
Yangi tartib tatbiq etilgunga qadar ijtimoiy keshbek amaldagi taribda qaytariladi.

Shuningdek, “Ijtimoiy karta” axborot tizimini ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish, sanoatda foydalanishga joriy etish va takomillashtirish maqsadida qoʻshma korxona (Korxona) tashkil etiladi.

“Ijtimoiy karta” ATni yaratishda ishtirok etuvchi Korxona va toʻlov tashkilotiga Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari tatbiq etiladi.

Bunda Korxona tomonidan berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qabul qiluvchi tomon uchun foyda soligʻi, AOS va JShODS boʻyicha soliq solish obyekti hisoblanmaydi.

Maʻlumot uchun. Soliq imtiyozlari Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgandan keyin qoʻllaniladi.

* belgilangan miqdor - oyiga BHMning 10 baravarigacha

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_qarzi

Soliqlarni tolash majburiyati mol-mulk garovi bilan taminlanishi mumkinmi?

Soliq kodeksining
107-moddasida asosan soliqlarni tolash majburiyati mol-mulk garovi bilan taminlanishi mumkin.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#uchrashuv

Elektrotexnika va avtomobilsozlik sanoati sohalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv

Ayni daqiqalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida elektrotexnika va avtomobilsozlik sanoati sohalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Unda mutaxassislar va tadbirkorlarning sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflari tinglanmoqda.

Uchrashuvda Soliq qo‘mitasi va boshqa tegishli vazirlik hamda idoralar rahbariyati ishtirok etmoqda.

📡Uchrashuv YouTube platformasi orqali tog'ridan-to'g'ri efirga uzatilmoqda.
___________

#встреча

Встреча предпринимателей сферы электротехники и автомобильной промышленности


В эти минуты проходит встреча предпринимателей сферы электротехники и автомобильной промышленности, посвященная предстоящему Открытому диалогу с Президентом Республики Узбекистан.

На ней рассматриваются существующие проблемы сферы и обсуждаются предложения по их решению.

Во встрече участвуют руководство Налогового комитета и других соответствующих министерств и ведомств.

📡Встреча транслируется в прямом эфире на платформе Youtube.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#stol_tennis

Buxoroda mahallalar aro stol tennisi musobaqalari davom etmoqda


Buxoroda stol tennisi sport turi boʻyicha mahallalar aro havaskorlar oʻrtasida musobaqalar qizg‘in davom etmoqda.

Ta’kidlash kerakki, Soliq qo‘mitasi hamda Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan musobaqalar yoshlar orasida sportni ommalashtirish va bu orqali mamlakatimizning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirokini taʼminlashga xizmat qilmoqda.

Kogon shahrida o‘tkazilgan sportning Stol tennis sport turi boʻyicha mahalla-aro musobaqa ham ana-shu maqsadga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Havaskor sportchilar oʻrtasidagi bahslarda 30 nafardan ortiq sportchi o‘g‘il-qizlar ishtirok etdilar. Qiziqarli kechgan bahslarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan havaskor sportchi yoshlar keyingi bosqich yoʻllanmasiga ega boʻlishdi.

Musobaqada sportchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i D.Yuldashev hamda Kogon shahar hokimi H.Davlatovlar ishtirok etib, yakunda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarga esdalik sovg‘alar, diplom va medallar topshirdi.

E’tiborlisi, tashkil etilayotgan bu kabi musobaqalar chekka hududlardagi yoshlarni sportga jalb etish, bu orqali ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.


Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram