Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.47K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#stol_tennis

Buxoro viloyatida stol tennisi sportini ommalashtirish, ushbu sport turi bilan shug‘ullanuvchilarning safini kengaytirish maqsadida muntazam ravishda o‘rtoqlik musobaqalari o‘tkazilib kelinmoqda.

Bugun ana shunday musobaqalarning navbatdagisi huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV “Dinamo” jismoniy tarbiya sport jamiyati Buxoro viloyati kengashi, Buxoro viloyati soliq boshqarmasi hamda O‘zbekiston stol tennisi Federatsiyasining Buxoro viloyat hududiy bo‘linmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ushbu musobaqada 50 dan ortiq ishtirokchilar kuch sinashdilar.

Murosasiz va qiziqarli kechgan bahslar katta qiziqish va ishtiyoq bilan o‘tdi.
Unda jamoalar o‘rtasida 1-o‘rinni Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-o‘rin Buxoro viloyati “Qo'riqlash” boshqarmasiga hamda 3-o‘rin Buxoro viloyati bojxona boshqarmasiga nasib etdi.

Bahslar yakunida g‘oliblar musobaqa tashkilotchilari tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul

Viloyat 4-sektor rahbari Qorako‘l tumanida sayyor qabul o‘tkazdi


Aholi muammolarini joyida o‘rganish va ijobiy yechim topish maqsadida bugun viloyat 4-sektor rahbari D.Yuldashev Qorako‘l tumani “Shakarbek” mahalla fuqarolari yig‘ini fuqarolari bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda tuman hokimi hamda tegishli tashkilot vakillari ishtirok etib, fuqarolar muammolarini yaqindan tinglab, ularning masalalariga joyida yechim topishga ko‘maklashildi.

Uchrashuvda 15 ga yaqin murojaat sektor rahbariga yo‘llangan bo‘lsa murojaatlarning 12 tasi shu yerning o‘zida hal etildi.

Tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlariga ko‘maklashish maqsadida 2 nafar fuqaroga inkubator uskunasi, 1 nafariga motokultivator, 2 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirish bo‘yicha mas’ul tashkilotga yo‘naltirildi xamda Ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan 3 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Bundan tashqari, shu yerlik aholining e’tiroziga sabab bo‘layotgan 700 metrga yaqin ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari boshlab yuborildi.
Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar mas’ullarga biriktirildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ESLATMA

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 423-va 440-moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

Eslatib oʻtamiz ❗️Soliq to'lash majburiyatining bajarilishi kechiktirilgan har bir kun uchun toʻlanmagan soliq summasining 0,047% miqdorida penya hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 110-moddasi


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM