Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.53K photos
1.6K videos
41 files
4.75K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro viloyati soliq boshqarmasiga 2024-yil yanvar-iyun oylarida 4 000 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan

Shundan:
🔹elektron – 3 531 ta;
🔹ogʻzaki – 422 ta;
🔹yozma – 142 ta.

Ularning:
🔹 1 965 tasi hal etilgan;
🔹 29 tasi tegishli tashkilotlarga yuborilgan;
🔹 35 tasi anonim bo‘lgani uchun ko‘rmasdan qoldirilgan.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Buxoroda soliq madaniyati yuqori bo‘lgan fuqarolarimiz soni ortib bormoqda

Xususan, ushbu holatni xarid chekini talab qilib olib, bir foizli keshbek sifatida qaytarib olayotgan fuqarolarimizning ko‘payib borayotganidan ham bilish mumkin.

Keshbeklar tahliliga ko‘ra viloyatda deputatlar ham xarid chekini talab qilishda faollik ko‘rsatmoqdalar.

E’tiborlisi, joriy yilning o‘tgan davrida viloyatdagi 18 nafar deputatlar xarid qilgan mahsulotlari uchun xarid chekini olgan holda Soliq mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazib, 32.6 mln so‘m keshbek qaytarib olgan.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ayni daqiqalarda, Quvada Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda viloyatdagi baʼzi korxonalarda ishlab chiqarish hajmi pasaygani, ayrimlari ishlamayotgani, 3 ta loyihani ishga tushirish 4-5 yildan beri cho‘zilib kelayotgani tanqid qilinib, masʼul rahbarlar bunday korxonalarga yordamlashishi zarurligi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Ro‘yxatga olingan tadbirkorlarning muayyan qismi faoliyat yuritmayotgani, ayrimlarida esa aylanma va ish o‘rinlari qayd etilmagani “yashirin iqtisodiyot”dan dalolat berishi qayd etildi.

Mutasaddilarga bu holatlarni o‘rganib, “soyadan” chiqishga ko‘maklashish topshirildi.

Shu bilan birga, tumanlar mahalliy budjetida mablag‘ni ko‘proq qoldirish maqsadida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini yarmini tuman budjetida qoldirish masalasini ko‘rib chiqish topshirildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Yashirin iqtisodiyotni oldini olishga barchamiz mas`ulmiz!

Ijtimoy tarmoqlardan birida Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘ining keshbek bilan bog‘liq fiklariga nisbatan tanqidiiy fikrlar kuzatilmoqda.

Aslida, bu gaplar jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va xarid chekini talab qilish orqali barchani yashirin iqtisodiyotni oldini olishda faollikka chaqirish maqsadida gapirilgan.

Zero, shaharu tumanlarimizning obodligi, yanada ko‘rkam qiyofaga kirishi, yangi ijtimoiy soha obyektlarining bunyod etilishi, ko‘chalarimizning ravon bo‘lishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lanadigan soliqlar bilan bog‘liqligini alohida qayd etish lozim.

Shuningdek, xaridorlar uchun QR-kodli xarid chekini “Soliq” mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazib 1 foiz miqdorida keshbekka ega bo‘lish imkoniyati yaratilgani ham aytib o‘tilgan.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#chektahrirlash #onlayn_NKT #marketpleys

Сheklardagi summadan tashqari boshqa xatoliklarni muddatsiz tahrirlash mumkin

Soliq to‘lovchilar 01.01.2023-yildan boshlab berilgan onlayn-NKT va elektron cheklarda summadan tashqari quyidagi maʼlumotlarni my3.soliq.uz da "Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi maʼlumotlari" sahifasidagi "Chek maʼlumotlari" boʻlimida muddatsiz tahrirlashi mumkin:

▫️Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summasi va stavkasini (0/12%)
▫️Mahsulot va xizmatlar identifikatsiya kodini (MXIK)
▫️Komitent STIRini;
▫️mahsulot miqdorini;
▫️o‘lchov birligini;
▫️to‘lov turini (naqd pul yoki bank karta).


“Saqlash” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

Tadbirkor chek tahrirlanishi natijasida yuzaga keladigan oqibatlarni o‘z zimmasiga olishi haqidagi murojaatini (faqat bitta fayl) ilova qilishi lozim.

Tahrirlangan cheklar bo‘yicha lozim bo‘lgan taqdirda, soliq hisobotlarini qayta topshirish talab etiladi. Qayta hisobot taqdim etmaslik tavofutlarni (Avtokameral) keltirib chiqaradi.
_______
#корректировка_чека #онлайн_ККТ #маркетплейс

Помимо суммы в чеках можно без временных ограничений исправлять другие ошибки


Налогоплательщики, воспользовавшись на my3.soliq.uz функционалом "Информация о чеках" в разделе "Информация об онлайн контрольно-кассовой технике юридических лиц", помимо суммы могут без временных ограничений корректировать в электронных чеках и чеках онлайн-ККТ, выданных с 01.01.2023 года, следующие данные:

▫️ сумму и ставку (0 /12%) налога на добавленную стоимость (НДС);
▫️ идентификационный код продукции и услуг
(ИКПУ);
▫️ ИНН комитента;
▫️ количество продукции;
▫️ единицу измерения;
▫️ способ оплаты (наличными или банковской картой).


В завершение нажмите "Сохранить".

Предпринимателю следует прикрепить обращение (только один файл) о том, что он берет на себя ответственность за последствия изменений, возникших в результате корректировки.

В случае корректировки чеков необходимо пересдать налоговые отчетности. Непредставление уточненной отчетности приведет к расхождениям (Автокамерал).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram | X|Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#chek_tahrirlash #onlayn_NKT #marketpleys

Elektron va qogʻoz cheklardagi summaga tuzatish boʻyicha qoʻllanma

Soliq toʻlovchilar murojaatlarini inobatga olgan holda, “Soliqchi-koʻmakchi” tamoyili asosida, 01.01.2023-yildan 30.06.2024-yilgacha onlayn-NKT va elektron cheklar summalarini tahrirlashga ruxsat berildi.

Buning uchun my3.soliq.uz dagi "Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi maʼlumotlari" sahifasidan "Chek maʼlumotlari" boʻlimiga kiriladi.

🔍Qidiruv tizimiga chekning fiskal moduli (ID), sanasi yoki raqamini kiritib tuzatiladigan chek topiladi.

📝Ochilgan oynada chek summasi tahrirlanadi.

📎Chek summasi oʻzgartirilgandan soʻng, tadbirkorlik subyektining tahrirlash natijasida yuzaga keladigan oqibatlarni oʻz zimmasiga olishi haqidagi murojaati (faqat bitta fayl) ilova qilinishi lozim.
✔️“Saqlash” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

📧Summasi tahrirlangan cheklar hududiy soliq boshqarmalari ishchi guruhi tomonidan qabul qilinadi yoki rad etiladi.
❗️Javob xati shaxsiy kabinetga yuborilganligini kuzatib boring.

♻️Chek tahrirlash rad etilganda, izohga koʻra, tuzatishlar kiritilib, qayta murojaat yuborish mumkin.

Murojaatlar 10–25-iyul kunlari qabul qilinadi (soʻnggi kunga qadar qoldirmaslik tavsiya etiladi).

🧾Keshbek olingan cheklar boʻyicha summa budjetga qoplab berilgan taqdirda tahrirlash imkoniyati yaratilgan.

📌Tahrirlangan cheklar boʻyicha tegishli hisobotlarni qayta topshirish talab etiladi. Qayta hisobot taqdim etmaslik tavofutlarni (Avtokameral) keltirib chiqaradi.
————
#корректировка_чека #онлайн_ККТ #маркетплейс

Руководство по корректировке суммы в электронных и бумажных чеках

Принимая во внимание обращения налогоплательщиков и исходя из принципа “Солиқчи кўмакчи” (“Налоговик – помощник”) с 01.01.2023 года по 30.06.2024 года предоставляется возможность корректировки сумм в электронных чеках и чеках онлайн-ККТ.

Для этого в разделе "Информация об онлайн контрольно-кассовой технике юридических лиц" my3.soliq.uz выберите функционал "Информация о чеках".

🔍 Путем ввода в поисковике ID фискального модуля, даты и номера чека найдите подлежащий корректировке чек.

📝В открывшемся окне скорректируйте сумму.

📎 После изменения суммы чека следует прикрепить обращение субъекта предпринимательства (только один файл) о том, что он берет на себя ответственность за последствия изменений, возникших в результате корректировки.
✔️В завершение нажмите "Сохранить".

📧 Чеки с исправленными суммами
принимаются или отклоняются рабочей группой территориальных налоговых органов.
❗️
Ответное письмо отслеживайте в персональном кабинете.

♻️
В случае отказа в корректировке чека, согласно разъяснению, следует внести исправления и отправить повторное обращение.

Обращения принимаются 10 – 25 июля (рекомендуется не откладывать на последний день срока).

🧾 Предоставлена возможность корректировки чеков, по которым выплачен кешбэк, при возмещении суммы в бюджет.

📌 В случае корректировки чеков субъекты предпринимательства должны пересдать соответствующую отчетность. Непредставление уточненной отчетности приведет к расхождениям (Автокамерал).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_muloqot

Qurilish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv

Ayni daqiqalarda Prezidentimizning tadbirkorlar bilan Ochiq muloqoti oldidan qurilish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazilmoqda.

Unda soha mutaxassislari va tadbirkorlar qurilish, qurilish materiallari ishlab chiqarish, loyiha, arxitektura, dizayn va muhandislik yo‘nalishidagi tizimli muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha o‘z takliflarini bildirmoqda.

Uchrashuvda Soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, “O'zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB hamda boshqa tegishli idoralar rahbar va mas'ul xodimlari ishtirok etmoqda.

📡Uchrashuv YouTube platformasi orqali tog'ridan-to'g'ri efirga uzatilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#stol_tennis

Buxoro viloyatida stol tennisi sportini ommalashtirish, ushbu sport turi bilan shug‘ullanuvchilarning safini kengaytirish maqsadida muntazam ravishda o‘rtoqlik musobaqalari o‘tkazilib kelinmoqda.

Bugun ana shunday musobaqalarning navbatdagisi huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV “Dinamo” jismoniy tarbiya sport jamiyati Buxoro viloyati kengashi, Buxoro viloyati soliq boshqarmasi hamda O‘zbekiston stol tennisi Federatsiyasining Buxoro viloyat hududiy bo‘linmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ushbu musobaqada 50 dan ortiq ishtirokchilar kuch sinashdilar.

Murosasiz va qiziqarli kechgan bahslar katta qiziqish va ishtiyoq bilan o‘tdi.
Unda jamoalar o‘rtasida 1-o‘rinni Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-o‘rin Buxoro viloyati “Qo'riqlash” boshqarmasiga hamda 3-o‘rin Buxoro viloyati bojxona boshqarmasiga nasib etdi.

Bahslar yakunida g‘oliblar musobaqa tashkilotchilari tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM