Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.47K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#Buxoro #stol_tennisi #uchrashuv

Ayni kunlarda Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasining mas’ul xodimlari respublikamiz boʻylab oʻrganish oʻtkazishmoqda.

Bugun mas'ullar Buxoroda boʻlib, viloyatning shahar va tumanlaridagi stol tennisi murabbiylari bilan uchrashib, ularning ayni paytdagi taklif va muammolari bilan tanishdilar.

Uchrashuvda Federatsiya rahbariyati tomonidan belgilab berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish, stol tennisini mahallalardagi yoshlar orasida yanada ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlab ularni katta musobaqalarga jalb etish va tayyorlash kabi masalalarda murabbiylarga alohida koʻrsatmalar berildi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #ozini_ozi_band_qilish

2024-yil 1-iyul holatiga Buxoroda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar 218 ming nafardan oshdi.

👉Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar o‘sish dinamikasi boʻyicha 👉batafsil

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 10-iyul

iyun oyi uchun:


- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism).

iyul oyi uchun:

- AOS toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism).

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #YTT

Buxoroda yil boshidan beri yakka tartibdagi tadbirkorlar 5 200 taga koʻpaydi

Ayni paytda viloyatda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 17 800 dan oshdi

2024-yil 1-iyul holatiga mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan YTTlar soni 285 788 nafarga etdi.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#raqamlashtirish #yuridik_shaxs

Joriy yilda Buxoroda yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar soni 2 530 taga koʻpaydi

2024-yil 1-iyul holatiga viloyatda faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 34 408 nafarni tashkil etdi.

👉O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar haqida
ma'lumot

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Buxoro #stol_tennisi

Ayni kunlarda Buxoroda stol tennisi sport turi boʻyicha mahallalar aro havaskorlar o‘rtasida “Soliq qoʻmitasi raisi kubogi” musobaqalari qizg‘in davom etmoqda.

Kuni-kecha Vobkent hamda G‘ijduvon tumanlarida o'tgan musobaqalarda 70 ga yaqin mahallalardagi havaskor sportchilar oʻzaro bellashdilar.

Qizgʻin va murosasiz kechgan bahslarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan havaskor sportchi yoshlar keyingi bosqich yoʻllanmasiga ega boʻlishdi.

Bahslar yakunida g‘oliblar musobaqa tashkilotchilari tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Qayd etish lozimki, bayramona kayfiyatda tashkil qilingan ushbu musobaqalar viloyatimizning sporsevarlarini birlashtira oldi.

Qolaversa, ana shunday mahallalarda tashkillashtirilayotgan sport tadbirlari yoshlar o‘rtasida sportni yanada ommaviylashtirishga xizmat qiladi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#aksiz_soligi

Neft mahsulotlari va boshqa aksiz to'lanadigan tovarlar va xizmatlarga aksiz solig'i stavkalari

2024-yil 1-apreldan:

🔹neft mahsulotlari
uchun qat’iy belgilangan aksiz solig‘i stavkalari 12 foizga indeksatsiya qilindi;

🔹quyidagilarga aksiz solig‘i joriy etildi:
▫️tarkibida shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushbo‘ylashtiruvchi moddalar bo‘lgan, gazlangan hamda iste’mol qadog‘iga qadoqlangan ichimliklar (energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar bundan mustasno)1 litr uchun 500 so‘m;
▫️energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar – 1 litr uchun 2 000 so'm.
___________
#акцизный_налог

Ставки акцизного налога на нефтепродукты и другие подакцизные товары и услуги

С 1 апреля 2024 года:

🔹фиксированные ставки акцизного налога на нефтепродукты проиндексированы на 12%;

🔹введен акцизный налог на:
▫️напитки газированные, содержащие сахар или другие подслащивающие или вкусо-ароматические вещества и упакованные в потребительскую упаковку (за исключением энергетических и тонизирующих напитков) - 500 сумов за литр;
▫️энергетические и тонизирующие напитки - 2 000 сумов за литр.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#chek_tahrirlash #onlayn_NKT #marketpleys

Elektron va qogʻoz cheklardagi summaga tuzatish boʻyicha qoʻllanma

Soliq toʻlovchilar murojaatlarini inobatga olgan holda, “Soliqchi-koʻmakchi” tamoyili asosida, 01.01.2023-yildan 30.06.2024-yilgacha onlayn-NKT va elektron cheklar summalarini tahrirlashga ruxsat berildi.

Buning uchun my3.soliq.uz dagi "Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi maʼlumotlari" sahifasidan "Chek maʼlumotlari" boʻlimiga kiriladi.

🔍Qidiruv tizimiga chekning fiskal moduli (ID), sanasi yoki raqamini kiritib tuzatiladigan chek topiladi.

📝Ochilgan oynada chek summasi tahrirlanadi.

📎Chek summasi oʻzgartirilgandan soʻng, tadbirkorlik subyektining tahrirlash natijasida yuzaga keladigan oqibatlarni oʻz zimmasiga olishi haqidagi murojaati (faqat bitta fayl) ilova qilinishi lozim.
✔️“Saqlash” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

📧Summasi tahrirlangan cheklar hududiy soliq boshqarmalari ishchi guruhi tomonidan qabul qilinadi yoki rad etiladi.
❗️Javob xati shaxsiy kabinetga yuborilganligini kuzatib boring.

♻️Chek tahrirlash rad etilganda, izohga koʻra, tuzatishlar kiritilib, qayta murojaat yuborish mumkin.

Murojaatlar 10–25-iyul kunlari qabul qilinadi (soʻnggi kunga qadar qoldirmaslik tavsiya etiladi).

🧾Keshbek olingan cheklar boʻyicha summa budjetga qoplab berilgan taqdirda tahrirlash imkoniyati yaratilgan.

📌Tahrirlangan cheklar boʻyicha tegishli hisobotlarni qayta topshirish talab etiladi. Qayta hisobot taqdim etmaslik tavofutlarni (Avtokameral) keltirib chiqaradi.
————
#корректировка_чека #онлайн_ККТ #маркетплейс

Руководство по корректировке суммы в электронных и бумажных чеках

Принимая во внимание обращения налогоплательщиков и исходя из принципа “Солиқчи кўмакчи” (“Налоговик – помощник”) с 01.01.2023 года по 30.06.2024 года предоставляется возможность корректировки сумм в электронных чеках и чеках онлайн-ККТ.

Для этого в разделе "Информация об онлайн контрольно-кассовой технике юридических лиц" my3.soliq.uz выберите функционал "Информация о чеках".

🔍 Путем ввода в поисковике ID фискального модуля, даты и номера чека найдите подлежащий корректировке чек.

📝В открывшемся окне скорректируйте сумму.

📎 После изменения суммы чека следует прикрепить обращение субъекта предпринимательства (только один файл) о том, что он берет на себя ответственность за последствия изменений, возникших в результате корректировки.
✔️В завершение нажмите "Сохранить".

📧 Чеки с исправленными суммами
принимаются или отклоняются рабочей группой территориальных налоговых органов.
❗️
Ответное письмо отслеживайте в персональном кабинете.

♻️
В случае отказа в корректировке чека, согласно разъяснению, следует внести исправления и отправить повторное обращение.

Обращения принимаются 10 – 25 июля (рекомендуется не откладывать на последний день срока).

🧾 Предоставлена возможность корректировки чеков, по которым выплачен кешбэк, при возмещении суммы в бюджет.

📌 В случае корректировки чеков субъекты предпринимательства должны пересдать соответствующую отчетность. Непредставление уточненной отчетности приведет к расхождениям (Автокамерал).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

👉 Jismoniy shaxslarga soliq to'lash haqida xabarnomalar yetkazilgan


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Soliq to‘lovchilarga shaffof va namunali xizmat ko‘rsatish bosh maqsadimiz

Buxoro viloyati soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi va huquqni muxofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda Kogon tumani va Kogon shahar hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari hamda savdo komplekslarida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazildi.

Tadbirkorlar bilan uchrashuvlarda soliq organlari tomonidan faoliyatlari davomida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy aralashuvlarga duch kelganlarida @dsq_anticorrupciya_bot maxsus telegram boti, shuningdek, [email protected] elektron pochtasi hamda soliq boshqarmasining shaxsiy xavfsizlik bo'limining https://t.iss.one/Shaxsiy_Xavfsizlik0600 maxsus telegram botiga va (65) 221-30-03 va (65) 221-26-89 ishonch telefonlari orqali murojaat yo‘llashlari tushuntirildi.

Shuningdek, Kogon tumani va Kogon shahar inspeksiyalari xodimlarining ota-onalari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillarini taklif qilgan holda korrupsiyaga qarshi kurash va uning og‘ir oqibatlari mavzusida proflaktik tadbir o‘tkazildi. Unda yuqori natijalarga erishgan xodimlarning yaqin qarindoshlari (ota-onalari)ga minnatdorchilik bildirilib, ularga tashakkurnomalar berildi.

Bundan tashqari, yig‘ilishda soliq to‘lovchilarga shaffof va namunali xizmat ko‘rsatish bosh vazifa ekanligiga e’tibor qaratilib, mazkur illatga qarshi kurashishda davlat xizmatchisiga bildirilgan ishonch, eng muhimi, jamiyatning davlatga bo‘lgan ishonchi, oila va farzandlar taqdiri har bir insonning tafakkurida, qalbida doim mustahkam bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.

Tadbir jarayonida barcha xodimlar va ularning ota-onalariga korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida zudlik bilan xabar berilgani uchun munosib taqdirlanishi hususida yana bir bor eslatildi.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM