Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.47K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#mahallabay

Umumiy reytingda soliq inspektorlari hissasi yuqori boʻlgan hududlar – Top-3 taligida Buxoro viloyati 91,9% bilan Respublikada birinchilikni egalladi.

Viloyatda mahallalarga biriktirilgan inspektorlarning iyun oyi reytingi koʻrsatkichlari:

90 balldan 95 ballgacha 80 nafar, 95 balldan 97 ballgacha 12 nafar, 97 balldan 100 balgacha 18 nafar hamda 100 ballda 36 nafar xodimlar yuqori ko‘rsatgichlarga erishdilar.

Maʻlumot uchiun, “Mahallabay” tizimida viloyat boʻyicha 544 ta mahallada 262 nafar soliq inspektori bevosita faoliyat olib boradi.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Mahalla obodligi bilan shug‘ullanuvchi servis kompaniyalariga soliq imtiyozlari beriladi

“Mahallalarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va qiyofasini tubdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. PQ-234 25.06.2024

Mazkur qaror bilan eksperiment tariqasida mahallalarda mahalla obodligi bilan shug‘ullanuvchi “Mahalla servis kompaniyasi” (Servis kompaniyasi) faoliyatini tashkil etish belgilandi.

Servis kompaniyalari mahallani obod qilish bilan bog‘liq ishlarni bajarish, mahalla aholisiga boshqa turdagi ijtimoiy ahamiyatdagi pulli xizmatlarni ko‘rsatish doirasida foyda, mol-mulk va yer soliqlari hamda ijtimoiy soliq to‘lovlaridan, shuningdek, Servis kompaniyasi ishchi xodimlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etiladi.

Mazkur imtiyozlar Soliq kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng qo‘llaniladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar qanday soliqlarni to'laydi?

Daromadlari 100 mln so‘mgacha bo‘lgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soliq to‘lamaydi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning daromadi 100 mln so‘mdan oshsa, 4% stavkada (hisobot topshiradi) yoki qat’iy belgilangan miqdorda (hisobot taqdim etmaydi) AOS to‘lashga o‘tadi.

Daromadi 1 mlrd so‘mdan oshgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar QQS va foyda solig‘ini to‘laydi.

👉 O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun faoliyat turlari
_____
#самозанятость

Какие налоги уплачивают самозанятые?

Самозанятые лица с доходами до 100 млн сумов не уплачивают налоги.

Если доход превышает 100 млн сумов, они переходят на уплату налога с оборота по ставке 4% (сдают налоговую отчетность) или в фиксированной сумме (не сдают налоговую отчетность).

Самозанятые с доходам более 1 млрд сумов, уплачивают НДС и налог на прибыль.

👉Какими видами деятельности могут заниматься самозанятые?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#onlayn_NKT

Xaridorlarga QR-kodli chek berilishi shart

Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart. Bunday cheklar xarid to‘lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'i nazar xaridorga beriladi.
👉 PF-5813-son 06.09.2019-yil

Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda elektron to‘lov tashkiloti va (yoki) elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali elektron fiskal chek taqdim qilinadi.
👉 VMQ-943 23.11.2019


Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda

Sotuvchi va xaridor o‘rtasida tovar yoki xizmatlar uchun xarid cheki bermasdan P2P o‘tkazmalari (bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanadi❗️

Chek berilmaganligi uchun Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo‘limi orqali shikoyat yo‘llash mumkin.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#deklaratsiya

Endilikda fuqarolar deklaratsiya asosida hisoblangan daromad solig‘i haqida SMS orqali ma'lumot olmoqda

📝 Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 393-moddasida ko‘rsatilgan daromadlari to‘g‘risidagi jami yillik deklaratsiyani hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etishi va hisoblangan soliq summasini 1-iyunidan kechiktirmay to‘lashi belgilangan.

📩 Bugungi kunda soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, ularning uyali telefonlariga deklaratsiya asosida (mol-mulkini ijaraga berishdan, noturar obyektlari va 36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan hamda yaqin qarindoshi bo‘lmagan shaxslardan hadya tartibida olgan daromadlari) hisoblangan daromad solig‘i to‘g‘risidagi maʼlumotlar SMS ko‘rinishida yuborilmoqda.

🔗 SMS ostida “Batafsil” hamda “To‘lash” yozuvi bor. “Batafsil” yozuvi orqali to‘lov xabarnomasi yuklab olinadi. To‘lov xabarnomasida fuqaroning olgan daromadi, daromad solig‘i qanday hisoblanganligi, soliq stavkasi, hisoblangan soliq summasi, soliq organi masʼul xodimi aloqa raqami va boshqa maʼlumotlar o‘rin olgan.

📲 “To‘lash” yozuvi bosilganda esa “Soliq” mobil ilovasi joylashgan platforma ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga o‘rnatilgan bo‘lsa, ilovaning “Soliqlarni to‘lash” oynasidan to‘lovni tez va oson amalga oshirish mumkin. O‘rnatilmagan bo‘lsa, platforma orqali yuklab olinadi.

📊 Agar soliq to‘lovchining daromad solig‘idan imtiyozi bo‘lsa, “my3.soliq.uz” sayti orqali imtiyozini ko‘rsatgan holda jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani qayta hisobot shaklida taqdim etishi mumkin.

❗️Eʼtibor bering: SMS Soliq_uz manzilidan (Perfectum abonentlariga 6079 raqamidan) yuborilmoqda. Boshqa manzildan yuborilgan SMSlar soliq organiga tegishli emas.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#savol_javob

Savol: Men yaqinda nafaqaga chiqdim. Endi mulk solig‘ini to‘lashda menga soliq imtiyozi qo‘llaniladimi?

M.Bozorova,
Kogon tumani.


Javob: Soliq kodeksining 421-moddasiga muvofiq, nafaqaxo‘rlar pensiya guvohnomasi asosida o‘z mulkida bo‘lgan 60 kv.m.dan ortiq bo‘lmagan mulkka soliq solinishidan ozod qilinadi.

Bundan tashqari, o‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan biri hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning ham mulkida bo‘lgan mol-mulk oltmish kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi.
Ushbu moddada ko‘rsatib o‘tilgan soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan shaxslar soliq imtiyozini olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq solish obyekti joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.
Mazkur moddada belgilangan soliq imtiyozlari mulkdorning tanloviga ko‘ra faqat bitta yashash uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulk obyektiga tatbiq etiladi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.



🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

Savol: Men yakka tartibdagi tadbirkorman. Asosiy faoliyatimdan tashqari qo‘shimcha ravishda boshqa faoliyat turi bilan shug‘ullansam boshqa faoliyatlarim uchun alohida soliq to‘laymanmi?


N.Jabborov,
Buxoro tumani.


Javob: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 392-moddasiga asosan agar YaTT 2 yoki undan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullansa (ya’ni bir paytda ham chakana savdo, ham xizmat ko‘rsatish) har biri uchun alohida alohida belgilangan qat’iy stavkada soliq to‘laydi, ammo bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida umumiy bitta ijtimoiy soliq to‘lashi belgilangan.

Eslab qoling! Bir kalendar yili davomida YaTTning olgan daromadi 100 million so‘mgacha bo‘lsa, qat’iy belgilangan tartibda soliq to‘laydi. Bir kalendar yilida olgan daromadi 100 million so‘mdan oshgan, biroq 1 milliard so‘mdan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar tovar aylanmasidan olinadigan daromad hisobidan soliq to‘lashga o‘tkaziladi.

Shuningdek, bir kalendar yilida tovarlar aylanmasidan olingan daromadi 1 milliard so‘mdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni yuridik shaxslar uchun belgilangan tartibda to‘lashga o‘tkaziladi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.



🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#stol_tennis

Buxoro TV "Diyor yangiliklari" dasturida

Buxoroda sportning stol tennisi bo‘yicha viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#taksi

Buxorodagi taksi xizmatidan foydalanuvchilarga fiskal cheklar berilmoqda


Buxoroda agregator orqali yo‘nalishsiz taksida yo‘lovchi tashuvchilarga mijozlarni izlash bo‘yicha interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi 14 ta yuridik shaxslar faoliyat yuritmoqda.

Belgilangan tartibga muvofiq, mamlakatimizning barcha hududlaridagi avtomobil transportida yo‘lovchi tashuvchilarga mijozlarni izlash bo‘yicha interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi agregatorlarning aksariyati Soliq organlari axborotlar tizimlariga integratsiya qilinishi shart.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish hamda taksi va yo‘lovchi tashish bozorini tartibga solishga qaratilgan.

Ma’lumot uchun, viloyatimizdagi 12 agregatori integratsiyasidan keyin (iyun-iyul) bir oyda 787,2 mln so‘mlik 68 950 ta chek shakllantirilgan. Iyul oyidan boshlab 2 ta foydalanuvchilari ham fiskal cheklarni ola boshladi.

Yaqin kunlarda texnik integratsiyalash ishlari yakunlanishi kutilayotgan viloyatdagi 2 ta agregatorlar ham iyuldan boshlab yo‘lovchilarga fiskal cheklarni taqdim qiladi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar #chek_tahrirlash

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarga xatolarini tuzatish uchun imkoniyat beradi


Tadbirkorlarga 2023-yil 1-yanvardan chop etilgan onlayn-NKT va elektron cheklarda yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni tahrirlash imkoni beriladi.

Hozirda texnik imkoniyat yaratilmoqda, tadbirkorlarga ham tegishli tayyorgarlik choralarini ko'rish tavsiya etiladi.

To‘liq qo‘llanma qo‘shimcha ravishda e'lon qilinadi.
___________
#отличная_новость #корректировка_чека

Налоговый комитет предоставляет предпринимателям возможность исправить свои ошибки

Предпринимателям для корректировки чеков онлайн-ККТ и маркетплейсов, ошибочно пробитых с 1 января 2023 года, будет предоставлен доступ.

В настоящее время создается техническая возможность, предпринимателям рекомендуется принять соответствующие меры по подготовке.

Подробная инструкция будет объявлена дополнительно.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram | X|Threads
#Buxoro #stol_tennisi #uchrashuv

Ayni kunlarda Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasining mas’ul xodimlari respublikamiz boʻylab oʻrganish oʻtkazishmoqda.

Bugun mas'ullar Buxoroda boʻlib, viloyatning shahar va tumanlaridagi stol tennisi murabbiylari bilan uchrashib, ularning ayni paytdagi taklif va muammolari bilan tanishdilar.

Uchrashuvda Federatsiya rahbariyati tomonidan belgilab berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish, stol tennisini mahallalardagi yoshlar orasida yanada ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlab ularni katta musobaqalarga jalb etish va tayyorlash kabi masalalarda murabbiylarga alohida koʻrsatmalar berildi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #ozini_ozi_band_qilish

2024-yil 1-iyul holatiga Buxoroda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar 218 ming nafardan oshdi.

👉Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar o‘sish dinamikasi boʻyicha 👉batafsil

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 10-iyul

iyun oyi uchun:


- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism).

iyul oyi uchun:

- AOS toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism).

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #YTT

Buxoroda yil boshidan beri yakka tartibdagi tadbirkorlar 5 200 taga koʻpaydi

Ayni paytda viloyatda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 17 800 dan oshdi

2024-yil 1-iyul holatiga mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan YTTlar soni 285 788 nafarga etdi.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#raqamlashtirish #yuridik_shaxs

Joriy yilda Buxoroda yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar soni 2 530 taga koʻpaydi

2024-yil 1-iyul holatiga viloyatda faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 34 408 nafarni tashkil etdi.

👉O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar haqida
ma'lumot

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM