Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.05K subscribers
7.56K photos
1.61K videos
42 files
4.79K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#hamkorlik

Soliq qo‘mitasi mutaxassislari Anqarada xalqaro tajribalarni o‘rganmoqda

Anqara shahrida “Noqonuniy iqtisodiyotga qarshi kurash, soliq amaliyotidagi mavjud o‘zgarishlar va raqamli texnologiyalar” mavzusidagi seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) tomonidan tashkillashtirilgan mazkur tadbirda Soliq qo‘mitasi markaziy apparati va hududiy soliq organlaridan rahbar va mutaxassis xodimlar ishtirok etyapti.

2024-yil 1-iyuldan 5-iyulgacha davom etishi rejalashtirilgan seminarning dastlabki kunida ishtirokchilar Anqara soliq boshqarmasi va inpeksiyasida ish jarayoni bilan tanishib, o‘zaro tajriba almashishdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QQS #mutaxassis_sharhi

Tovarlar import qilinganda to‘langan QQS summasini hisobga olish

Soliq organlari axborot tizimlari Bojxona organlari maʼlumotlari bilan integratsiya qilingan bo‘lib, tovarlar import qilinganda to‘langan QQS summasi avtomatik ravishda hisobga olinadi.

Soliq to‘lovchi haqiqatda olib kirilgan (import) tovar (xizmat)lar uchun budjetga to‘langan QQS summasini hisobga olish huquqiga ega.
👉 Soliq kodeksi 266-modda

Bunda, tovarlar importi uchun kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘langan QQS summasi to‘lov amalga oshirilgan davr bo‘yicha avtomatik ravishda hisob (zachet)ga olinadi.

Import qilingan tovarlar uchun QQSni kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash keyingi yilda amalga oshirilsa, soliq summasi my3.soliq.uz portali orqali hisobga olinadi.

QQS hisobotini to‘ldirish va unda avtomatik shakllanadigan ko‘rsatkichlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar mutaxassis sharhida...

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv

Ayni daqiqalarda Prezidentimizning tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida turizm (aviyakompaniya, turoperator, turfirma, mehmonxona, gid va boshqa) va transport sohasidagi mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflarni shakllantirish maqsadida uchrashuv o‘tkazilmoqda.

Unda Soliq qo’mitasi raisi Sh.Kudbiyev, Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vaxabov, biznes-ombudsman D.Qosimov, Transport vaziri o’rinbosari J.Choriyev, Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Jamoatchilik kengashi a'zolari hamda boshqa tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etmoqda.

Uchrashuv YouTube platformasi orqali tog'ridan-to'g'ri efirga uzatilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Buxoro shahridagi avtomobillarga gaz quyish shaxobchalaridan birida soliqdan qochish maqsadida to‘lovlar P2P o‘tkazmalari orqali amalga oshirilgan

Yaqinda Buxoro shahridagi avtomobillarga gaz quyish shaxobchalaridan biri bo‘lgan ASGQ shaxobchasida soliqdan qochish maqsadida to‘lovlar uchun xarid cheki bermasdan P2P o‘tkazmalari (bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga) orqali hisob-kitob qilish holati aniqlandi.

Natijada mazkur shaxobchada naqd pul mablag‘larini bankka topshirmaganligi holati mavjudligi aniqlanganligi sababli prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qonunchilikka muvofiq tegishli choralar ko‘rildi.

👉BATAFSIL

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Buxoroda 2024-yilning yanvar-may oylarida 6 413 ta korxona 254,5 mlrd so‘m miqdorda soliq imtiyozlaridan foydalangan.

👉BATAFSIL

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#antikorrupsiya

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan joylarda proflaktik tadbirlar davom ettirilmoqda


Korrupsiyaga qarshi jamoatchilikning murosasiz munosabatini shakllantirish muhim vazifadir.
Darhaqiqat, ushbu yo‘nalishda viloyat soliq boshqarmasi shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlaridagi aholi gavjum joylarida, savdo komplekslarida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini olib bormoqdalar.

Navbatdagi targ‘ibot tadbiri Vobkent tumani markazida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarida hamda tuman soliq inspeksiyasida tashkil etildi.

Tadbirkorlar bilan uchrashuvlarda soliq organlari tomonidan faoliyatlari davomida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy aralashuvlarga duch kelganlarida @dsq_anticorrupciya_bot maxsus telegram boti, shuningdek, [email protected] elektron pochtasi hamda soliq boshqarmasining shaxsiy xavfsizlik bo'limining https://t.iss.one/Shaxsiy_Xavfsizlik0600 maxsus telegram botiga va (65) 221-30-03 va (65) 221-26-89 ishonch telefonlari orqali murojaat yo‘llashlari tushuntirildi.

Tuman soliq inspeksiyasida soliq xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan proflaktik tadbir ham samarali bo‘ldi. Huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari ishtirok etgan tadbirda yig‘ilganlarga yana bir korrupsiya va uning oqibatlari yana bir bor tushuntirildi.

O‘tkazilayotgan bu kabi proflaktik tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, har bir xodim ish faoliyatida salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymagan holda samarali ishni tashkil etish oilasi, ota-onasi, el-yurt oldida vijdonan faoliyat olib borishdan iboratdir.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

👉 Jismoniy shaxslarga soliq to'lash haqida xabarnomalar yetkazilgan


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#deklaratsiya

Endilikda fuqarolar deklaratsiya asosida hisoblangan daromad solig‘i haqida SMS orqali ma'lumot olmoqda

📝 Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 393-moddasida ko‘rsatilgan daromadlari to‘g‘risidagi jami yillik deklaratsiyani hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etishi va hisoblangan soliq summasini 1-iyunidan kechiktirmay to‘lashi belgilangan.

📩 Bugungi kunda soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, ularning uyali telefonlariga deklaratsiya asosida (mol-mulkini ijaraga berishdan, noturar obyektlari va 36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan hamda yaqin qarindoshi bo‘lmagan shaxslardan hadya tartibida olgan daromadlari) hisoblangan daromad solig‘i to‘g‘risidagi maʼlumotlar SMS ko‘rinishida yuborilmoqda.

🔗 SMS ostida “Batafsil” hamda “To‘lash” yozuvi bor. “Batafsil” yozuvi orqali to‘lov xabarnomasi yuklab olinadi. To‘lov xabarnomasida fuqaroning olgan daromadi, daromad solig‘i qanday hisoblanganligi, soliq stavkasi, hisoblangan soliq summasi, soliq organi masʼul xodimi aloqa raqami va boshqa maʼlumotlar o‘rin olgan.

📲 “To‘lash” yozuvi bosilganda esa “Soliq” mobil ilovasi joylashgan platforma ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga o‘rnatilgan bo‘lsa, ilovaning “Soliqlarni to‘lash” oynasidan to‘lovni tez va oson amalga oshirish mumkin. O‘rnatilmagan bo‘lsa, platforma orqali yuklab olinadi.

📊 Agar soliq to‘lovchining daromad solig‘idan imtiyozi bo‘lsa, “my3.soliq.uz” sayti orqali imtiyozini ko‘rsatgan holda jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani qayta hisobot shaklida taqdim etishi mumkin.

❗️Eʼtibor bering: SMS Soliq_uz manzilidan (Perfectum abonentlariga 6079 raqamidan) yuborilmoqda. Boshqa manzildan yuborilgan SMSlar soliq organiga tegishli emas.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads