Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.12K subscribers
7.98K photos
1.71K videos
46 files
5.09K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#imtiyoz

Umumiy ovqatlanish sohasi uchun soliq imtiyozlari

Umumiy ovqatlanish korxonalariga quyidagi soliq imtiyozlari qo'llaniladi:

🔹2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvargacha umumiy ovqatlanish sohasida xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari ijtimoiy soliqni 1 % stavkada to‘laydi;
👉1% ijtimoiy soliq stavkasi hisobotda qanday qo'llaniladi?

🔹2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida ko‘rsatilgan tumanlar va shaharlarning belgilangan turizm zonalarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan hamda mazkur hududlarda umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), savdo, ko‘ngilochar, turoperatorlik va turagent xizmatlarini ko‘rsatadigan tadbirkorlik subyektlari —:
▪️AOSni 1 % miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha;
▪️yuridik shaxslar mol-mulk yer soliqlarini ushbu hududlarda joylashgan obyektlar, shuningdek mazkur obyektlar egallagan yer uchastkalariga nisbatan hisoblangan summaning 1 % miqdorida to‘laydi.
👉 Soliq kodeksi 483-modda
__________
#льготы

Налоговые льготы для сферы общепита


Для предприятий общественного питания действуют следующие налоговые льготы:

🔹с 1 апреля 2022 года до 1 января 2025 года субъекты предпринимательства, оказывающие услуги в сфере общественного питания уплачивают соцналог по ставке 1%;
👉Как применить в отчетности ставку соцналога в размере 1%?

🔹с 1 апреля 2022 года до 1 января 2025 года субъекты предпринимательства, зарегистрированные в установленных туристских зонах районов и городов, указанных в решениях Президента РУз, и оказывающие на данных территориях услуги общественного питания, уплачивают:
▪️налог с оборота по ставке 1%;
▪️налог на имущество юрлиц и земельный налог
с юрлиц в отношении объектов, расположенных на этих территориях, а также земельных участков, занятых такими объектами, в размере 1% от начисленной суммы этих налогов.
👉ст.483 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#onlayn_NKT

Umumiy ovqatlanish xizmati bilan shug‘ullanib kelamiz. Faoliyatimizda Onlayn-NKTdan tashqari boshqa hisobga olish tizimi (dasturiy mahsul)dan ham foydalanamiz. Bu noqonuniymi?

O‘zbekiston hududida aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari Davlat reyestiriga kiritilgan va soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan onlayn nazorat-kassa texnikalaridan (onlayn-NKT) foydalanishi shart.

Savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasida onlayn-NKT bilan bir vaqtda boshqa turdagi (ikkilamchi) fiskal maʼlumotlar* hisobini yuritish tizimlaridan foydalanish taqiqlanadi.
👉 VMQ-943 23.11.2019

Shunga ko‘ra, chakana savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari faqat Davlat reyestriga kiritilgan va soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan dasturiy mahsulotlardan foydalanishi lozim.

Maʼlumot uchun: ofd.uz saytida Davlat reyestriga kiritilgan onlayn-nazorat kassa texnikalari ro‘yxatini va ulardan foydalanish bo‘yicha maʼlumotlarni olish mumkin.

*fiskal maʼlumotlar — hisob-kitoblar to‘g‘risidagi maʼlumotlar, hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyekti to‘g‘risida maʼlumot, hisob-kitobda foydalaniladigan onlayn-NKM, virtual kassalar, Marketpleys yoki operator tomonidan yaratilgan boshqa maʼlumotlar.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#stol_tennisi

BUXOROLIK TENNISCHILAR RESPUBLIKA CHEMPIONATIDA 3 TA OLTIN VA 1 TA BRONZA MEDALLARINI QO‘LGA KIRITISHDI

Joriy yilning 15-21-iyun kunlari Namangan viloyatida sportning stol tennis turi bo‘yicha o‘smirlar (o‘g‘il bolalar va qizlar) o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada respublikamizning turli mintaqalaridan tashrif buyurgan yoshlar o‘zaro kuch sinashdilar.

E’tiborlisi, unda Buxoro 𝐎𝐏𝐒𝐓𝐓 markazi sportchi-o‘quvchilari ham muvofaqqiyatli ishtirok etib, 3 ta oltin va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Xususan, ushbu chempionatning o‘smir yigitlar o‘rtasidagi bellashuvlarda Xurshid Ahmedov va o‘smir qizlar o‘rtasidagi kurashlarda Samira Qodirovalar shaxsiy birinchilikni, juftlik o‘yinarda esa Intizor Zokirova hamda Sharifa Toirovalar mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

Fursatdan foydalanib, ushbu musobaqada muvofaqqiyatli ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Buxoro 𝐎𝐏𝐒𝐓𝐓 markazi sportchi-o‘quvchilarini viloyat soliq boshqarmasi hamda O‘zbekiston stol tennisi Federatsiyasining Buxoro viloyat hududiy bo‘linmasi g‘alaba bilan qutlaydi.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 23-iyun dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanada to‘lanishi belgilangan soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 24-iyunga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi 1-ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉
Soliq kodeksi 5-modda
👉
Soliq kodeksi 86-modda
______
#календарь_налогоплательщика

🗓 В связи с тем, что 23 июня - выходной (нерабочий) день, крайний срок уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в эти дни, переносится на 24 июня.

📌Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним 1 рабочий день.
👉
ст.5 НК
👉
ст.86 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
#sayyor_qabul

Qorovulbozor tumanida sayyor qabul o‘tkazildi


Aholi va tadbirkorlar muammolarini joyida o‘rganish va ijobiy yechim topish maqsadida bugun viloyat 4-sektor rahbari D.Yuldashev Qorovulbozor tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda tegishli tashkilot vakillari ishtirok etib, fuqarolar va tadbirkorlar muammolarini yaqindan tinglab, ularning masalalariga joyida yechim topishga ko‘maklashildi.

Uchrashuvda 15 ga yaqin murojaat sektor rahbariga yo‘llangan bo‘lsa ularning 8 dan ortig‘i shu yerning o‘zida hal etildi.

Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar mas’ullarga biriktirildi hamda ijrosi nazoratga olindi.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Mol-mulk va yer soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lash mumkin

Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15- aprel va 15-oktabrgacha teng ulushlarda to‘laydi.

Joriy yil uchun soliq summasining birinchi yarmi 15-aprelgacha to‘lanmagan bo‘lsa, kechiktirilgan har bir kun uchun penya hisoblanadi.

Soliq to‘lovlarini uydan chiqmasdanSoliq mobil ilovasida amalga oshirish mumkin.
_____
#налог_на_имущество #земельный_налог

Уплатить налоги на имущество и землю можно в мобильном приложении Soliq

Физлица уплачивают налоги на имущество и землю равными долями до 15 апреля и 15 октября.

Если вы не уплатили первую половину от суммы налога за текущий год до 15 апреля, то за каждый день просрочки начисляются пени.

Произвести оплату можно не выходя из дома - в мобильном приложении Soliq.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi #foyda_soligi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2024-yil 24-iyun

may oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 10 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).
__________
#календарь_налогоплательщика #налог_на_прибыль

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 24 июня 2024 года последний день

за май:


- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 10 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Matbuot_anjumani

Buxoroda soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Bugun Buxoro viloyati soliq boshqarmasida ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda 20 dan ortiq jurnalist va blogerlar qatnashdi.

Tadbirda yig‘ilganlarga viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i D.Yuldashev joriy yilning II-choragi davomida viloyat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida axborot berdi.

Xususan, “Mahalla yettiligi”ga kiritilgan soliq xizmati organi xodimlarining asosiy vazifalari va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida hududlarda tadbirkorlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti shakllantirilayotgani, pirovardida budjet tushumlari barqarorligiga erishilayotgani aniq misollar bilan ta’kidlab o‘tildi.

Ochiq muloqot va samimiy ruhda o‘tgan matbuot anjumanida jurnalistlar va blogerlar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob oldilar.

Tadbirda viloyat soliq xizmati organlari faoliyatiga bag‘ishlangan video-lavhalar ham namoyish etildi.

Anjumanda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining viloyat bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Sh.Ochilov ham ishtirok etib, viloyat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar sho‘basi boshlig‘i B.Fayziyevning O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi a’zoligiga qabul qilinganligini e’lon qilib, boshqarma rahbariyati ishtirokida unga uyushmaning ramziy ko‘krak nishoni va guvohnomasini topshirdi.

Matbuot anjumani yakunida soliq ma’murchiligi, xususan viloyatimizda soliq xizmati organlari xodimlarining faoliyatlarini yoritish orqali aholi orasida soliq madaniyatini shakllantirishda qo‘shgan hissasi uchun bir guruh jurnalist va blogerlarga 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM