Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.15K subscribers
8.48K photos
1.83K videos
50 files
5.51K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221-26-89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#Xotira

Hamkasblarimiz xotirasi barhayot

Buxoro shahrining “Imom Buxoriy” mahallasidagi 1-uyga har yili soliq xizmati xodimlari hamkasblari va ustozlari sanalgan Maxmud aka Komilovni so‘roqlab borganlarida u kishining o‘zlari peshvoz chiqardilar. Biroq ming afsuski, mana 4 yildirki u kishi oramizda yo‘q.

Maxmud Komilov boshqalardan mehnatkashligi, aqliy va tashkilotchilik qobiliyati bilan ajralib turardi. U Buxoro shahar davlat soliq inspeksiyasining navbatchilik qismi navbatchisi, huquqshunos-maslahatchisi, inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosari va soliq tizimida sodir etilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya xatti-harakatlar, suiiste’molchilik va korrupsiya holatlarining barvaqt oldini olishga mas’ul lavozimlarda 15 yildan ziyod samarali mehnat qildi. Maxmud aka aslida soliq organlarigacha boshqa tashkilot va tuzilmalarda faoliyat olib borgan. Hayot yo‘llarida soliq tizimida ham ishlash nasib qilgan ekan uzoq yillar viloyat soliq organlarida mehnat faoliyatini olib bordi.

Maxmud Komilov umrining asosiy qismi o‘tadigan ish joyini muqaddas deb bilib, yurt manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yadigan, davlat xizmatchisi sifatida o‘ziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajaradigan haqiqiy vatanparvar insonlardan biri edi.

Shuning uchun ham soliq xodimlarining siyosiy ongi, ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik, kasbiga nisbatan sadoqat va yuqori mas’uliyat hislarini oshirish maqsadida tashkil etiladigan turli ma’naviy-ma’rifiy ishlarning tashabbuskori ham o‘zi bo‘lardi.

Maxmud aka Komilov nafaqaga chiqqanidan keyin ham ko‘p yillar viloyat soliq boshqarmasida “Faxriylar kengashi” raisi sifatida soha xodimlari va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda katta hissa qo‘shdilar.

U kishining kasbiga sadoqati, o‘z ustida tinimsiz ishlab soliq qonunchiligini mukammal egallagab, hamkasblar va shogirdlariga o‘rnak bo‘lganligi soliq to‘lovchilar bilan uchrashuvlarda va yoshlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishda yaqqol namoyon bo‘lar edi.
Yaxshi insonlar haqida xotira uyg‘onsa go‘zaldir.

71 yoshida bu yorug‘ olamni tark etgan Mahmud akani eslaganda ham ko‘pchilik hamkasblari va oila a’zolari u kishini har bir qadamini aql bilan, vijdon va iymon bilan bosganini, jamiyatga, odamlarga hamisha mehr ko‘zi bilan qaraganini eslashadi.
Maxmud Komilov hayot yo‘lining har bir daqiqasini mazmunli va unumli o‘tgazishga harakat qilib, farzandlari va shogirdlariga halol mehnat bilan topilgan luqma totli bo‘lishini, bu bilan inson umrining oxirida ham vijdoni oldida pok va xotirjam bo‘lishini tez-tez takrorlab turardi.

Darhaqiqat, Maxmud Komilov o‘ziga berilgan umrni mazmunli o‘tab ketgani rost. U kishi yashagan umrini behuda sarflamadilar. Ana shuning uchun ham Maxmud Komilovni davralarda yaqinlari, hamkasblari va shogirdlari hurmat-izzat va yaxshi nom bilan tilga olishadi. Bugun u kishidan hayotda yaxshi ot, solih farzandlar qoldi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

🗓 9-may dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, ushbu kunda to‘lanishi lozim bo‘lgan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimning toʻlashning oxirgi muddati 10-mayga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi 1-ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉
Soliq kodeksi 5-modda
👉
Soliq kodeksi 86-modda
______
#календарь_налогоплательщика

Уважаемые налогоплательщики❗️

🗓 В связи с тем, что 9 мая - выходной (нерабочий) день, крайний срок уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции, установленный налоговым законодательством в этот день, переносится на 10 мая.

📌Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним 1 рабочий день.
👉
ст.5 НК
👉
ст.86 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
#alkogol #yigim

Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari

👉OʻRQ-886-son, 25.12.2023-y.
___________
#алкоголь #cбор

Предельные ставки сборов за право реализации алкогольной продукции

👉ЗРУ №886 от 25.12.2023 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#9may_Xotira

Bugungi shonli bayram – 9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan Buxoro tumani markazidagi “Xotira xiyoboni”da elimizning ming-minglab fidoyi farzandlari xotirasini yod etish uchun davlat va jamoat tashkilotlari jamoalari, harbiylar, huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari, mehnat faxriylari, keng jamoatchilik va yoshlar ishtirokida “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘ydilar.

Ushbu tadbirda Buxoro viloyati soliq xizmati xodimlari ham faol ishtirok etdilar.

“Motamsaro ona” haykali poyiga gulchanbarlar qo‘yib, Buyuk G‘alabaga beqiyos hissa qo‘shgan, shu yorug‘ kunlarga yetib kelolmagan aziz insonlar xotirasiga hurmat bajo qildilar.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira

Yaxshi insonlar xotirasi abadiydir

Buxoro viloyati soliq xizmati organlarida hamkasblarni qadrlash, dunyodan o‘tganlarni xotirlab turish an’anasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Ayniqsa, soliq xodimlari Xotira va qadrlash kuni oldidan o‘z kasbini ulug‘lagan ustozlari, bevaqt olamdan o‘tgan hamkasblari yodini xotirlab qo‘yishni aslo esdan chiqarishmaydi.

Viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati tashabbusi bilan tayyorlangan ushbu videorolik ularning yorqin xotirasiga bag'ishlanadi.

Xotira – abadiy, qadr – muqaddas.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#9_may

9-MAY – XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUBORAK BO‘LSIN!

Aziz Vatandoshlar! Muhtaram faxriylar!

Sizlarni 9 may – Xotira va Qadrlash kuni bilan Buxoro viloyati soliq xizmati organlari jamoasi nomidan chin dildan qutlaymiz.

Ulug‘ ajdodlarimiz, urush va mehnat faxriylarining fidoiyliklari hamda qahramonliklari bugunimiz va kelajagimiz uchun ulkan ibratdir.

Ularning yodi hamisha barchamizga shijoat bag‘ishlasin!

Ushbu qutlugʻ ayyom munosabati bilan barchangizga sihat-salomatlik, oilalaringizga baxt-saodat va farovonlik tilaymiz.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin, aziz Vatandoshlar!

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i
Dilshod Yuldashev.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'z kasbini ulug'lagan ustozlar, bevaqt olamdan o'tgan xodimlar xotirlandi

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM