Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.06K subscribers
7.56K photos
1.61K videos
43 files
4.79K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#yarmarka

Arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi xalq xizmatida

Bayram munosabati bilan viloyatimizning barcha hududlarida arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etilmoqda.

Ushbu savdo yarmarkalarida kundalik zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari aholiga maqbul narxlarda sotuvga qo‘yilgan. Rastalar har kuni yangi va sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, salqin ichimliklar, go‘sht, guruch, umuman olganda, bayram dasturxoni uchun eng kerakli noz-ne’matlar bilan to‘ldirilmoqda.

Jumladan, "Kogon shahar Sohibkor dehqon bozori"da tashkil qilingan yarmarka ham aholi uchun zarur bo‘lgan meva-sabzavot, mol, qo‘y va tovuq go‘shtlari, baliq, tuxum, shakar, guruch, kartoshka, piyoz, qandolat kabi 24 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari arzon narxlarda sotilishi ta’minlanmoqda.

Shuningdek, aholiga qulaylik yaratish maqsadida bunday yarmarkalar mahallalarda ham tashkil etilmoqda.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#elon

Hurmatli soliq to‘lovchilar!


Soliq qo‘mitasi veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish va Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi serverlari yuklamalarni qabul qilish imkoniyatini oshirish maqsadida 21-mart soat 21:00 dan 23-mart soat 09:00 gacha profilaktika ishlari olib boriladi.

Ushbu davr mobaynida soliq organlarining elektron xizmatlari vaqtinchalik ishlamaydi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun 1198 raqami orqali 24/7 rejimda faoliyat olib boruvchi Call-markazga murojaat qilish mumkin.
______
#объявление

Уважаемые налогоплательщики!

В целях оптимизации работы веб-ресурсов Налогового комитета и повышения пропускной способности серверов Центра обработки данных с 21:00 часов 21 марта до 09:00 часов 23 марта будут проводиться профилактические работы.

В этот период порталы электронных налоговых услуг будут временно недоступны.

За консультацией можно обратиться в круглосуточный Call-центр по номеру 1198.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!

Aziz yurtdoshlar, hurmatli soliq to‘lovchilar!


Sizlarni Buxoro viloyati soliq boshqarmasi jamoasi nomidan Navro‘zi olam bilan chin qalbimizdan tabriklab, eng ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.

Navro‘z bayrami tabiat uyg‘onishi, hayot tantanasi va bahoriy ko‘rkamlikni ifodalaydi.

Ezgulik va bunyodkorlik qadriyatlarini targ‘ib etuvchi ushbu bahor ayyomi har bir oila, tadbirkorlar hamda dehqon va fermerlarimizga hosiyatli kelib, bitmas-tuganmas kuch-quvvat, farovonlik va qut-baraka olib kelsin!

Fursatdan foydalanib, Sizlarga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat hamda yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida olib borayotgan barcha ishlaringizga zafarlar etamiz.  

Buxoro viloyati soliq xizmati organlari jamoasi


Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#serial

🎬 Soliqchi jazolovchi yoki undiruvchi emas. U turli to‘siq va qiyinchiliklarga qaramay budjetni to‘ldirib, xalq farovonligini ta‘minlash kabi mas‘uliyatli vazifani bo‘yniga olgan mehnatkash.

Soha mashaqqati aks etgan serial. Tomosha qiling!!!

👉1-qism
👉2-qism
👉3-qism
👉4-qism
👉5-qism

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#ozini_ozi_band_qilish #agregator

Mingdan ortiq oʻzini oʻzi band qilgan xotin-qizlar onlayn-taksi agregatorlari xizmatlari orqali haydovchilik qilmoqda


Oʻzini oʻzi band qilish aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish va qonuniy mehnat qilish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida yaratilgan.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs – oʻzi uchun ishlaydigan fuqarolar. Ular xodim yollash huquqiga ega emas.

Oʻzbekistonda 2,6 mlndan ortiq fuqaro oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan. Shundan 284 ming nafari joriy yilda ro‘yxatdan o‘tgan.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar daromadi 100 mln soʻmdan oshmasa, soliq toʻlamaydi. Ish stajiga ega boʻlish va pensiya hisoblash uchun ular ixtiyoriy ravishda yiliga bir marta ijtimoiy soliq toʻlashi mumkin. Shu maqsadda joriy yilda 68,5 ming nafar oʻzini oʻzi band qilgan shaxs tomonidan 21,7 mlrd soʻm ijtimoiy soliq toʻlangan.

Yo‘lovchi tashish transporti tizimini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, ishsizlikni qisqartirish maqsadida yoʻlovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatiga kiritilgan.

Umumiy hisobda 1-mart holatiga oʻzini oʻzi band qilgan haydovchilar 420,8 ming nafarni tashkil etadi. Ularning 161,5 ming nafardan ortigʻi soliq organlari bilan integratsiyalashgan onlayn-agregatorlar orqali yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatmoqda. E’tiborlisi, ayollarning bu sohaga qiziqishi ortib bormoqda: 1 053 nafar haydovchi ayol ushbu onlayn xizmatlar orqali yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanmoqda.

Onlayn-taksi agregatorlaridan foydalanadigan haydovchilar:
- 30 yoshgacha - 59 274 nafar;
- 30 yoshdan 50 yoshgacha - 90 420 nafar;
- 50 yoshdan oshganlar - 11 970 nafar.


Soliq qoʻmitasi maʼlumotlar bazasida mavjud maʼlumotlarga koʻra, oʻzini oʻzi band qilgan haydovchilar joriy yilning dastlabki 2 oyida onlayn-agregatorlar yordamida quyidagi miqdorlarda daromad olgan:
1 mln so'mgacha - 104 241 nafar;
1 mlndan 2 mln soʻmgacha - 24 350 nafar;
2 mlndan 5 mln soʻmgacha - 23 817 nafar;
5 mlndan 10 mln soʻmgacha - 7 887 nafar;
10 mlndan 15 mln soʻmgacha - 1 180 nafar;
15 mln so'mdan yuqori - 189 nafar.

Faoliyatini qonuniylashtirish oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga nafaqat qonuniy daromad olish, balki ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlariga ham xizmat qiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#ózini_ózi_band_qilish

Soliq mobil ilovasida o'zini o‘zini band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish mumkin

1. O‘zini o‘zi band qilganlar soliq to‘lamaydi*.

2. Mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda bir yil uchun kamida BHMning 1 barobari miqdorida (340 000 so'm) ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin – Soliq kodeksi 408-modda 2-qism

3. 100 dan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin (ro‘yxat bu yerda).

4. Xodimlarni jalb qila olmaydi va ish beruvchiga ega bo‘la olmaydi – PQ-4742 08.06.2020-yil

5. Soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish Soliq (Android/iOS) mobil ilovasi orqali masofadan turib amalga oshiriladi.

*Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning daromadlari 100 mln soʻmdan oshganda yakka tartibdagi tadbirkorlar kabi soliq toʻlashga oʻtadi.


Тelegram | Facebook|Instagram
#mol_mulk_va_yer_soligi

MOL-MULK VA YER SOLIQLARINI TO'LASHNI UNUTMANG

✔️DASTLABKI MUDDAT 15-APREL

📲Mol-mulk va yer soliqlarini Soliq mobil ilovasi orqali to‘lang. Bu soliq to'lovchilar uchun juda qulay.


Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_va_yer_soliqlari

Soliq tölovlarini
Soliq mobil ilovasi orqali tez va oson amalga oshiring❗️

✔️DASTLABKI MUDDAT 15-APREL


Тelegram | Facebook|Instagram
#deklaratsiya

1-aprel – daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishning oxirgi kuni

📝 Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 393-moddasida ko‘rsatilgan daromadlari to‘g‘risidagi jami yillik deklaratsiyani hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etishi va hisoblangan soliq summasini 1-iyunidan kechiktirmay to‘lashi belgilangan.

Shunga ko‘ra, O‘zbekiston rezidentlari ushbu sanaga qadar 2023-yilda olgan quyidagi daromadlari to‘g‘risida jami yillik deklaratsiyani topshirishlari lozim:

🔸noturar obyektlari va 36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan hamda yaqin qarindoshi bo‘lmagan shaxslardan hadya tartibida, foiz va dividend ko‘rinishida olgan daromadlari;
🔸ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan;
🔸moddiy naf tarzidagi;
🔸O‘zbekiston hududidan tashqaridagi manbalardan olingan;
🔸soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan hamda soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan boshqa daromadlari.


O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan chet el jismoniy shaxslari ham 1-apreldan kechiktirmay daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etishi lozim.

💻2023-yilda olingan daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali yuboriladi.
👉Deklaratsiya yuborish bo‘yicha videoqo‘llanma

📲Deklaratsiya asosida hisoblangan daromad solig‘i to‘lovini
Soliq mobil ilovasi va boshqa to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.
📌Deklaratsiya asosidagi daromad solig‘i to‘lov kodi – 172


👉Deklaratsiya topshirishi lozim bo‘lgan fuqarolarga SMS yuborildi
————--
#декларация

1 апреля – последний день представления декларации о доходах

📝 Налогоплательщики представляют декларацию о совокупном годовом доходе по доходам, указанным в ст.393 Налогового кодекса, не позднее 1 апреля и уплачивают начисленную сумму налога не позднее 1 июня.

В соответствии с этим, резиденты Узбекистана в этот срок должны подать декларацию о совокупном доходе, по следующим доходам, полученным в 2023 году:

🔸доходы от продажи нежилых помещений и жилых помещений, находившихся в собственности менее 36 календарных месяцев, также доходы, полученные в порядке наследования от лиц, не являющихся близкими родственниками, доходы в виде дивидендов и процентов;
🔸
доходы, полученные в виде авторского вознаграждения за создание и использование произведений науки, литературы и искусства;
🔸доходы в виде материальной выгоды;
🔸доходы, полученные от источников за пределами Республики Узбекистан;
🔸доходы, полученные от источников, не являющихся налоговыми агентами
, а также другие доходы, с которых налог не удержан налоговым агентом.

Иностранные физические лица, являющиеся резидентами Республики Узбекистан, также должны подать декларацию о доходах не позднее 1 апреля.

💻Декларация о доходах, полученных в 2023 году, направляется через персональный кабинет на сайте my3.soliq.uz.
👉Видеоинструкция по подаче декларации

📲Произвести платежи по налогу на доходы, начисленному на основании декларации можно через мобильное приложение
Soliq или другие платежные системы.
📌Код платежа по налогу на доходы на основании декларации – 172


👉Гражданам, которым необходимо подать декларацию, отправили SMS

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi

Soliq xodimlarining tadbirkorlar
bilan uchrashuvlari o‘z samarasini bermoqda

Xabar berib borayotganimizdek, Buxoro viloyatida soliq xizmati xodimlari joylarda barqarorlik reytingining mazmun-mohiyatini tadbirkorlik subyekti vakillariga yetkazish maqsadida ular faoliyat yuritayotgan manzillarga borgan holda tarqatma materiallar orqali tushuntirishlar bermoqdalar.


Bunday uchrashuvlarda biznes vakillariga barqarorlik reytingida yuqori toifani egallash hamda yuqori toifadagi subyektlar har tomonlama rag‘batlantirilishi yuzasidan batafsil ma’lumot beriliyapti.

Jumladan, viloyat soliq boshqarmasi xodimlarining bu galgi manzili Buxoro shahrida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bo‘ldi.
Faoliyat turi umumiy ovqatlanishga mo‘ljallangan "Day to day" korxona rahbari bilan uchrashuvda barqarolik reytingida yuqori toifaga erishish borasida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan mezonlar to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Xuddi shunday “Buxara mega market” korxonasi ham ayni paytda reytingning o‘rta toifasida bo‘lganligi bois, soliq xizmati xodimlari korxona ish yurituvchisiga korxonani yuqori toifaga chiqarish, qo‘shimcha ishchi o‘rinlari yaratish va bu orqali yuqori reytingga ko‘tarilish yuzasidan kerakli maslahatlarni berib o‘tdilar.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SOLIQLAR NIMALARGA SARFLANADI?

To‘lanayotgan soliqlar qanday maqsadlarda sarflanishi har bir insonni qiziqtirishi tabiiy.

Soliqlar:
Farzandlarimizning zamonaviy bog‘cha hamda maktablarda sifatli tarbiya va ta’lim olishi;
Vatanimiz chegaralarining daxlsizligini ta’minlash, tinchligimizni asrash;
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish;
Mahallalar, qishloq va shaharlarimizni yanada obod qilish;
🔹Ravon yo‘llar qurish;
🔹Ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi qatlamiga mehribonlik ko‘rsatish va moddiy yordam;
🔹Pensionerlarning nafaqalari, nogironlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari hamda talabalarning stipendiyalari xarajatlariga sarflanadi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#antikorrupsiya

Buxoro shahridagi tadbirkorlik subyektlarining muammo va takliflari o‘rganilib, ularga korrupsiyaga qarshi kurashish borasida zarur maslahatlar berildi


Joriy yilning 15-martidan 15-apreliga qadar davlat soliq xizmati organlarida “Soliq xizmati organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish” oyligi o‘tkazilayotganligi munosabati bilan Buxoroda viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari hamda viloyat prokuraturasi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida tadbirkorlar o‘rtasida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ishtirokida tashkil etilgan bu galgi ana shunday tadbir Buxoro shahrida tashkil etildi.

👉BATAFSIL

Тelegram | Facebook|Instagram