Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.52K photos
1.6K videos
41 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#munosabat

Ayni daqiqalarda "O‘zbekiston" telekanalida "Munosabat" ko‘rsatuvining Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi joriy etilishiga bag‘ishlangan navbatdagi soni jonli efirga uzatilmoqda.

👉 Jonli efir havolasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#8mart

Buxoro viloyati soliq boshqamasida bayram shukuhi

Soliq xizmati organlarida xizmat qilayotgan barcha hamkasb opa-singillar, Sizlarni bugungi qutlug‘ ayyom – 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin yurakdan tabriklaymiz
!

Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, farzandlar kamolini ko‘rib yurishingizni tilab qolamiz.

Hurmat ila Buxoro viloyati soliq xizmati organlari jamoasi


Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_tushumlari

Yanvar oyida yirik korxonalar 9 trln so‘mga yaqin soliq to‘ladi

▪️4,6 trln so‘mi davlat ulushi mavjud TOP-10 ta;
▪️716 mlrd so‘mi xususiy sektordagi TOP-10 yirik soliq to‘lovchilar hisobiga
to‘g‘ri keladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar faoliyat turi yana bittaga ko‘payadi

“Aholi xonadonlarida sanoat usulida mahsulot ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash hamda tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida yangi zaxiralarni ishga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi
👉 PQ-115-son, 05.03.2024 y.

Qarorga ko‘ra,
Xonadonlarda biogumus tayyorlash faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga kiritiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#8mart

Bayramingiz muborak!

Aziz ayollar! Muhtarama onaxonlar,
qadrli opa-singillar va tadbirkor xotin-qizlar!


Sizlarni Buxoro viloyati soliq boshqarmasi jamoasi nomidan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz.
Bu qutlug‘ ayyomda Sizlarga va oilangizga sihat-salomatlik, farovonlik va eng ezgu niyatlarni tilab qolamiz.

Biz Sizlarning barcha ishlaringizga muvaffaqiyatlar yor bo‘lishi va ezgu maqsadlaringizga erishishingiz hamda hayotdan rozi bo‘lib yurishingiz uchun doimo sidqidildan xizmat qilamiz.

Hurmat ila, Buxoro viloyati soliq xizmati organlari jamoasi

Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_va_yer_soliqlari

Soliq tölovlarini
Soliq mobil ilovasi orqali tez va oson amalga oshiring❗️

✔️DASTLABKI MUDDAT 15-APREL


Тelegram | Facebook|Instagram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #yuridik_shaxs

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar haqida ma'lumot

2024-yil 1-mart holatiga O‘zbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni qariyb 566,9 mingtani tashkil etdi. Shundan 13 852 tasi yanvar oyida ro‘yxatdan o‘tgan.

📈Yuridik shaxslar faoliyat turlari bo‘yicha TOP-5 sohalar:

🛒
savdo 151,4 mingta;
🏕 qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi126,9 mingta;
🏭 sanoat 65,6 mingta;
🏗
qurilish33,7 mingta;
🍽
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar27,5 mingta.
__
#цифровизация #юридические_лица

Информация о юридических лицах, осуществляющих свою деятельность в Узбекистане

По состоянию на 1 марта 2024 года количество осуществляющих деятельность юрлиц в Узбекистане составляет около 566,9 тыс. Из них 13 852 зарегистрированы в феврале.

📈ТОП-5 сфер деятельности юрлиц:

🛒
торговля – 151,4 тыс.;
🏕
сельское, лесное, рыбное хозяйство – 126,9 тыс.;
🚚
промышленность 65,6 тыс.;
🏗строительство33,7 тыс.;
🍽услуги по проживанию и питанию - 27,5 тыс.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#yer_soligi #soliq_imtiyozi

Kimlar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod qilingan?

▫️ “Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlari, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;
▫️urush nogironlari va qatnashchilari;
▫️I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar;
▫️yolgʻiz pensionerlar;
▫️boquvchisini yoʻqotgan koʻp bolali oilalar;
▫️Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar;
▫️energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar   qayta tiklanadigan energiya manbalari oʻrnatilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga.

Soliq imtiyozlari
yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organda roʻyxatdan oʻtkazgan jismoniy shaxslarga beriladi.

Soliq imtiyozlari soliq toʻlovchining tanlovi boʻyicha faqat bitta yer uchastkasiga beriladi.

Soliq imtiyozlariga ega boʻlgan shaxslar soliq imtiyozlarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.

👉 Soliq kodeksi 436-modda

Тelegram | Facebook|Instagram
#tadbirkor_bilan_uchrashuv
#Kogon_tumani

SOLIQ BOSHQARMASI BOSHLIGʻI KOGONLIK TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHDI

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Yuldashev Kogon tumanida
tuman hokimligi mas’ullari va mahalla ettiligi ishtirokida 1-sektor hududidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda
30 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari rahbarlari va ularning xisobchilari ishtirok etdilar.

Unda tadbirkorlarning talab va takliflarini o‘rganilib, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni hal etishga e’tibor qaratildi.

Jumladan,
"Naqshband hunarmandlari" korxonasi rahbari I.Jalolova faoliyatini kengaytirish maqsadida ijaraga qo‘shimcha bino ajratilishida ko‘mak so‘radi. Usbu murojaat mas’ullar tomonidan shu yerning o‘zida ko‘rib chiqilib, tadbirkorga "Choloki" MFY hududidagi 3-IDUMga qarashi va ayni kunda foydalanilmayotgan yotoqxona binosi ijara asosida foydalanishga taklifi eildi.

Huddi shunday, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotda tadbirkorlarning kredit ajratish, yer ajratish, faoliyatini kengaytirishga ko‘maklashish va boshqa masalalarga oid 10 dan ortiq muammolari o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Uchrashuvda yig‘ilganlarga soliq ma’murchiligi, hususan "barqarorlik reytingi" yuzasidan ma’lumot berilib, qoniqarli va quyi barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subektlariga reytingdagi ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha zarur maslahatlar berib o‘tildi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova

Mol-mulk va yer soliqlarini Soliq mobil ilovasi orqali to‘lang. Bu soliq to'lovchilar uchun juda qulay.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor

Viloyat 4-sektor hududidagi
Kogon shahar “Xo‘jabargi” mahalla fuqarolar yig‘inida "obod xonadon", "obod ko‘cha", "obod mahalla" me’zonlari asosida bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.


Тelegram | Facebook|Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2024-yil 11-mart

fevral oyi uchun:


- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism).

mart oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 460-modda 5-qism);

- AOS toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 bir qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism).

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SOLIQLAR NIMALARGA SARFLANADI?

To‘lanayotgan soliqlar qanday maqsadlarda sarflanishi har bir insonni qiziqtirishi tabiiy.

Soliqlar:
Farzandlarimizning zamonaviy bog‘cha hamda maktablarda sifatli tarbiya va ta’lim olishi;
Vatanimiz chegaralarining daxlsizligini ta’minlash, tinchligimizni asrash;
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish;
Mahallalar, qishloq va shaharlarimizni yanada obod qilish;
🔹Ravon yo‘llar qurish;
🔹Ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi qatlamiga mehribonlik ko‘rsatish va moddiy yordam;
🔹Pensionerlarning nafaqalari, nogironlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari hamda talabalarning stipendiyalari xarajatlariga sarflanadi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TO‘LAGAN SOLIQ TO‘LOVLARINGIZ QAYSIDIR OILAGA QUVONCH OLIB KIRISHINI HECH O‘YLAB KO‘RGANMISIZ

🎥 O’RNI KELGANDA MOL-MULK VA YER SOLIQLARINI TENG ULUSHLARDA TO‘LASHNING DASTLABGI MUDDATI 15-APREL EKANLIGINI ESLATIB O‘TAMIZ!

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati

Тelegram | Facebook|Instagram
Savol bering _ javob beramiz!

AFG‘ON URUSHI QATNASHCHISIGA MOL-MULK VA YER SOLIG‘IDAN IMTIYOZ BORMI?


👉JAVOB

Тelegram | Facebook|Instagram
#tadbirkorlar_uchun_muhim_yangilik #TTY

O‘zbekistonda tovar-transport yuk xati elektron bo‘ladi

Tovar-transport yuk xatlarini (TTY) elektron shaklda rasmiylashtirish, saqlash va hisobini yuritish tizimi majburiy tartibda joriy etiladi:
2024-yil 1-apreldan - yirik soliq toʻlovchilar uchun;
2024-yil 1-iyuldan - barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun.

Elektron TTYni rasmiylashtirish quyidagicha amalga oshiriladi:
▫️yuk joʻnatuvchi elektron TTY ishtirokchilari, transport vositalari
va tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirib, ERI bilan tasdiqlaydi;
▫️elektron hujjat almashish operatori elektron TTYga ID va QR kodlarini biriktirib uni ishtirokchi subyektlarga joʻnatadi;
▫️yukni yetkazib berishga maʼsul shaxs oʻziga tegishli maʼlumotlarni tekshiradi va yuklar qabul qilganligini “Face-ID” tizimi yordamida (mobil ilova orqali) tasdiqlaydi;
▫️yukni qabul qiluvchi oʻziga tegishli maʼlumotlarni tekshirib, kelib tushgan elektron TTYUni yuk qabul qilish jarayonida ERI bilan tasdiqlaydi yoki sababini koʻrsatgan holda rad etadi.

👉 Elektron TTY rasmiylashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari tadbirkorlar bilan muhokama qilindi

Xavfni tahlil qilish va soliq to‘lovchilarni segmentlash boshqarmasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️15-APREL MOL-MULK VA YER SOLIQLARINI TENG ULUSHLARDA TO‘LASHNING OXIRGI MUDDATI

📲Soliqlarni 👉Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash mumkin.

👉 Soliq ilovasida "Soliqlarni to‘lash" bo‘limi tanlanadi va qarz miqdori aniqlanib, to‘lov amalga oshiriladi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#raqamli_markirovka

Suv va salqin ichimliklar – bozorda talab katta bo'lgan yuqori likvidli mahsulotlardir


Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish maqsadida suv va salqin ichimliklarni raqamli markirovkalashga 2020-yildan bosqichma-bosqich start berildi:
- Qaror loyihasi muhokamasi;
- “Asl belgisi” milliy axborot tizimini yaratish;
- Tajriba loyihasini boshlash.

"Suv va salqin ichimliklar" toifasidagi tovarlar bozorda talab katta bo'lgan yuqori likvidli mahsulotlardir. Raqamli markirovkalash suv va salqin ichimliklarni standartlashtirish imkonini beradi, shu bilan ichki bozorni mahalliy ishlab chiqarilgan va import qilinadigan noqonuniy va kontrafakt mahsulotlardan xalos etadi.

Innovatsiyalar iste'mol tovarlari uchun logistika va biznes jarayonlarini yaxshilaydi va yashirin iqtisodiyat ulushini kamaytiradi. Mahsulot aylanmasini nazorat qilish orqali davlat budjetiga tushumlar ortadi.

👉Batafsil

Тelegram | Facebook|Instagram