Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.08K subscribers
7.63K photos
1.61K videos
43 files
4.81K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi

SOLIQ BOSHQARMASI BOSHLIGʻI KOGONLIK YOSHLAR BILAN UCHRASHDI

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Yuldashev 4-sektor hududidagi yoshlarning dilidagi maqsad va niyatlaridan xabardor bo‘lish, ularni katta-katta ishlarga safarbar etish uchun ular bilan tez-tez uchrashuvlar o‘tkazib turadi.

Bugun ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi Kogon shahrida tashkil etildi.

Unda rahbarlarga biriktirilgan va otaliqqa olingan 50 dan ortiq turli yoshdagi o‘g‘il-qizlar ishtirok etdi.

Viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i yoshlar bilan uchrashuvda mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qo‘yishlari uchun barcha sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar haqida ma’lumot berib, mazkur yo‘nalishdagi o‘z takliflarini o‘rtaga tashlashdi.

Tadbirda yoshlar ham so‘zga chiqib, yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘zlarini to‘la namoyon etishga ishonch bildirdilar.

👉BATAFSIL

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BUXORODA FIDOYI SOLIQ XIZMATI XODIMLARNING OTA-ONALARIGA MINNATDORCHILIK BILDIRILDI

Unda aynan dunyoqarashi va malakasi yuqori, Vatanga hamda xizmat burchiga sadoqatli va shaxsiy yutuqlari bilan ko‘pchilikka o‘rnak bo‘lib kelayotgan soliq xizmati xodimlarining ota-onalari taklif etilib, ularga minnatdorchilik bildirildi.

Joriy yilning fevral oyida ish samaradorligi yuqori deb topilgan mahallalarga biriktirilgan soliq inspektorlarining 28 nafariga lavozim maoshining 50 % miqdorida hamda 26 nafariga lavozim maoshining 100 % miqdorida mukofot puli berildi.

Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #mol_mulk_soligi #yer_soligi

Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

Joriy yil 1-martga qadar fuqarolarga obyektlari uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari toʻgʻrisidagi SMS-xabarnoma yuboriladi.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

❗️Avvalgi yillarda to‘lanmay qolgan soliq summasi ilovada qarzdorlik sifatida ko‘rsatilgan.

👉Soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lashning qanday qulaylik va afzalliklari bor?


Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor

“Xo‘jabargi” mahallasida “Sumalak sayli” boshlandi

Shu kunlarda 4-sektor hududigi Kogon shahrining “Xo‘jabargi” mahallasida “Obod mahalla, obod ko‘cha, obod xonadon” dasturi doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.

E’tiborlisi, bu yerda obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari bilan birga mahalla ahlining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ko‘nglini ko‘tarish va ularga xush kayfiyat bag‘ishlash maqsadida turli bayramlar arafasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ham o‘tkazib kelinmoqda.

Bugun ushbu mahallada 4-sektor rahbari, shahar hokimligi mas’ullari va mahalla xotin-qizlari ishtirokida “Sumalak sayli” tashkil etildi.
8-mart xalqaro xotin qizlar bayrami munosabati bilan bu yerda erta tongdan xalqimizga xos an’ana va qadriyatlardan biri bo‘lgan sumalak sayli ko‘tarinki kayfiyatda boshlab yuborildi.

Kogon shahar 4-sektor rahbari K.Axmadovaning bildirishicha, tashabbus doirasida mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan ham xabar olinib ularga ham sumalak tarqatiladi.

Тelegram | Facebook|Instagram
MUTAXASSIS JAVOB BERADI

SAVOL: Alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivoni chakana sotish bilan shu g‘ullanuvchi korxona aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashi mumkinmi?
“Shaxina Samandarjon” OK rahbari S.Boymurodova.

👉BATAFSIL BILIB OLING

❗️Usbu savolga Buxoro viloyati soliq boshqarmasi mas’ul xodimi E.GADOYEV javob beradi.
#stol_tennisi

Buxoroda ayollar o‘rtasida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi


Buxoroda viloyat stol tennisi federatsiyasi, soliq boshqarmasi, Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi viloyat birlashgan qömitasi hamda sport bosh boshqarmasi hamkorligida 8-mart xalqaro xotin qizlar bayrami munosabati bilan ayollar o‘rtasida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi.

Viloyat soliq boshqarmasining sport zalida tashkillashtirilgan ushbu musobaqada viloyatning turli hududlaridagi korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan 70 dan ortiq xoti-qizlar ishtirok etdilar.

Chempionat qiziqarli va bahsli lahzalarga boy bo‘ldi. Musobaqa yakunida g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#mol_mulk_soligi
#imtiyoz

Qaysi jismoniy shaxslar mol-mulk solig'ini to'lashdan to‘liq ozod qilingan?

🔹“O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;
🔹urush nogironlari va qatnashchilari;
🔹harbiy xizmat yoki ichki ishlar organlaridagi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib bo‘lganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining ota-onalari hamda beva xotinlari (beva erlari). Beva xotinlarga (beva erlarga) soliq imtiyozi faqat ular yangi nikohdan o‘tmagan taqdirda beriladi;
🔹energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga;
🔹yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar. Mazkur imtiyoz yetim bolalarga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga davlat tomonidan ajratiladigan uy-joy uchun ular 23 yoshga to‘lguniga qadar amal qiladi.

Kimlar mol-mulk solig'ini to'lashdan qisman ozod qilingan?

Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kv.m doirasida soliq solishdan ozod qilingan:

🔸10 nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan biri;
🔸pensionerlar;
🔸I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

Yuqorida ko‘rsatilgan shaxslar soliq imtiyozini olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq solish obyekti joylashgan erdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.

Soliq imtiyozlari mulkdorning tanloviga ko‘ra faqat 1 yashash uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulk obyektiga tatbiq etiladi, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar bundan mustasno.
👉 Soliq kodeksi 421-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#munosabat

Ayni daqiqalarda "O‘zbekiston" telekanalida "Munosabat" ko‘rsatuvining Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi joriy etilishiga bag‘ishlangan navbatdagi soni jonli efirga uzatilmoqda.

👉 Jonli efir havolasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#8mart

Buxoro viloyati soliq boshqamasida bayram shukuhi

Soliq xizmati organlarida xizmat qilayotgan barcha hamkasb opa-singillar, Sizlarni bugungi qutlug‘ ayyom – 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin yurakdan tabriklaymiz
!

Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, farzandlar kamolini ko‘rib yurishingizni tilab qolamiz.

Hurmat ila Buxoro viloyati soliq xizmati organlari jamoasi


Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_tushumlari

Yanvar oyida yirik korxonalar 9 trln so‘mga yaqin soliq to‘ladi

▪️4,6 trln so‘mi davlat ulushi mavjud TOP-10 ta;
▪️716 mlrd so‘mi xususiy sektordagi TOP-10 yirik soliq to‘lovchilar hisobiga
to‘g‘ri keladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads