Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.12K subscribers
7.96K photos
1.69K videos
46 files
5.06K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
MUTAXASSIS JAVOB BERADI

SAVOL: Bizning korxona O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-104-sonli
Qarori билан chakana savdo korxonalari uchun belgilab berilgan ijtimoy soliq bo‘yicha imtiyozli stavkada soliq to‘lashi mumkinmi?

“Buxoro Dori Darmon” MChJ rahbari D.AXATOV


👉BATAFSIL BILIB OLING

❗️Usbu savolga Buxoro viloyati soliq boshqarmasi mas’ul xodimi E.GADOYEV javob beradi.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#foyda_soligi

Foyda solig‘i hisobot shaklini to‘ldirish bo‘yicha videoqo‘llanma

2023-yil yakunlari bo‘yicha
foyda solig‘i hisoboti 2024-yilning 1-martidan kechiktirmay taqdim etilishi lozim.
👉Soliq kodeksi 339-modda

👉Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi

Barqarorlik reytingida yuqori ko‘rsatkichga erishish mexanizmlari tushuntirilmoqda


Buxoro viloyati soliq xizmati organlari xodimlari shu kunlarda viloyat hududida faoliyat yuritayotgan o‘rta, qoniqarli va quyi barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlari vakillariga barqarorlik reytingining yuqori ko‘rsatkichga erishish mezonlari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib bormoqdalar.

Soliq xizmati xodimlari Kogon shahrida faoliyat yuritayotgan xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan "Gulnora-medical planet" mas'uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lishdi. Ayni paytda ushbu korxona barqarorlik reytingining o‘rta toifasida bo‘lib 75 ballni egallagan. Uchrashuvda korxona rahbari hamda hisobchisiga barqarorlik reytingining o‘rta toifasidan yuqori toifaga o‘tish hamda uning mezonlari to‘g‘risida tarqatma materiallar orqali tushuntirishlar berdilar.

Faoliyati non va non mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan "DON ISSIQ NON INVEST" korxonasi barqarorlik reytingining quyi pog‘onasidagi tadbirkorlik subyektlari qatorida turibdi. Shu bois, Kogon shahar soliq inspeksiyasi mas’ullari ushbu korxonada bo‘lib, korxona vakillari bilan uchrashuvda uni yuqori reytingga olib chiqish bo‘yicha tushuntirishlar berdilar.

Bunda ularning reytingini yaxshilashdagi jihatlar, xususan ishchilar tarkibida “Temir daftar”, “Ayollar” va “Yoshlar daftari”da turgan fuqarolarni hamda ijtimoiy reystirda turgan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilish va soliq ma’murchiligi bilan bog‘liq boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha zarur maslahatlar berildi.

Bu kabi uchrashuvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad joylarda - o‘rta, qoniqarli va quyi barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlariga reytingdagi ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha zarur maslahatlar berishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor

Kogon shahridagi barcha mahallalarda keng ko‘lamdagi tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda

Shu kunlarda viloyatimizning barcha hududlarida obodonlashtirish, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish, yakka tartibdagi uy-joylardagi tartibsizliklarni shaharsozlik me’yor talablariga mos holga keltirish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Kogon shahrida ham kechadan boshlab asosiy yo‘l bo‘yidagi qonun talablariga mos kelmaydigan tashqi reklamalar va noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish, korxona va tashkilotlarning fasad qismini joriy ta’mirlash hamda ko‘p qavatli uylarning atroflarini obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi.

Bunda dastlab, ishchi guruh tomonidan hududdagi davlat tili va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga zid bo‘lgan reklamali yozuvlar hamda noqonuniy qurilish ishlarini amalga oshirgan fuqarolarga tushuntirishlar berilib, mazkur reklama va ko‘chma qurilmalarni o‘rnidan oldirish, bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari jarayonida aholiga tomorqalaridan samarali foydalanishga ko‘maklashiladi hamda qarovsiz hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, yakka tartibdagi uy-joylardagi tartibsizliklarni oldini olish ishlari amalga oshiriladi.
Bunday tadbirlar 4-sektorning boshqa hududlarida ham amalga oshirilmoqda.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_va_yer_soliqlari

Soliq tölovlarini
Soliq mobil ilovasi orqali tez va oson amalga oshiring❗️

✔️DASTLABKI MUDDAT 15-APREL


Тelegram | Facebook|Instagram
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Jismoniy shaxslarga soliq to'lash haqida xabarnomalar yetkazilmoqda


Soliq organlari har yili 1-martdan kechiktirmay soliq to'lovchilarni mol-mulk va yer soliqlarini to'lash to'g'risida xabardor qiladi.

Toʻlov xabarnomalari jismoniy shaxslarning shaxsiy kabinetiga (mavjud boʻlsa), SMS-xabarnoma koʻrinishida, shuningdek, “Soliq” mobil ilovasiga yuboriladi.
👉 Soliq kodeksi 423-modda

“Soliq” mobil ilovasining “Kabinet” bo‘limida quyidagilar ko‘rsatiladi:
- soliq qarzi;
- qaytarilishi lozim bo'lgan ortiqcha to'langan soliq summalari;
- mol-mulk va yer soliqlari bo'yicha joriy yil uchun hisob-kitoblar.

Soliq mobil ilovasi orqali ("Kabinet" – "Soliqlarni to'lash") jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (JShShIR) kiritish orqali soliqlarni to‘lash mumkin.

Toʻlov amalga oshirilgach, qarzdorlik yoʻqligi toʻgʻrisidagi ma'lumotnoma va kvitansiyani yuklab olish mumkin.

❗️Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

👉 Kimlar mol-mulk solig‘idan imtiyozga ega?
👉 Kimlar yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilingan?
__________
#земельный_налог #налог_на_имущество

Физические лица получают уведомления об оплате налогов

Налоговые органы каждый год не позднее 1 марта уведомляют налогоплательщиков о необходимости уплаты налога на имущество и земельного налога.

Платежное извещение физлицам направляется в персональный кабинет (при наличии), в виде СМС-уведомления, а также в мобильное приложение Soliq
👉 ст. 423 НК

В мобильном приложении Soliq в разделе "Кабинет" отображаются:
- налоговая задолженность;
- суммы излишне уплаченных налогов, подлежащих возврату (переплата);
- начисления на текущий 2024 год по налогу на имущество и земельному налогу.

Оплатить налоги можно - в "Кабинете" и в разделе "Оплата налогов", путем ввода персонального идентификационного номера физического лица (ПИНФЛ).

В завершении оплаты скачайте справку об отсутствии задолженности и квитанцию.

❗️Согласно ст.423 и ст.440 Налогового кодекса физические лица уплачивают налоги на имущество и землю равными долями до 15 апреля и 15 октября.

Какие физлица освобождены от уплаты налога на имущество?
Какие физлица освобождены от уплаты земельного налога?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads