Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.16K subscribers
8.48K photos
1.83K videos
50 files
5.51K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221-26-89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#4_sektor

Buxoro viloyatining 4-sektor rahbari D. Yuldashev bugun Kogon shahar hokimi Hayot Davlatov bilan birgalikda hududdagi 2-, 3-, 7- hamda 9-umumta’lim maktablari va Barkamol avlod binosida bo‘lib, o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan yuzma-yuz muloqot qilgan holda ularning muammo va takliflarini o‘rgandi.

Sektor rahbari ta’lim dargohlarida muallimlar va o‘g‘il-qizlarga yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quvchilarning davomati, qishning hozirgi sovuq kunlarida xonalarni yetarli darajada isitish holati hamda o‘quvchilarning bilim olishlari bilan birga kasb-hunar o‘rganishlari uchun hozirlangan kasb xonalarini ko‘zdan kechirdi.

O‘rganishlar davomida o‘quvchilarning sifatli ta’lim-tarbiya olishlari uchun bir qator takliflarni o‘rtaga tashlab o‘quvchilar uchun barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratib berish bo‘yicha mas’ullarga zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QQS

1-apreldan QQS boʻyicha ayrim imtiyozlar bekor qilinadi. Yaʻni quyidagilar uchun QQS to‘lanadi.

savdo aylanmasi boʻyicha:
👉 tibbiy xizmatlar;
👉 veterinariya xizmatlari;
👉 dori vositalari;
👉 veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun moʻljallangan buyumlar.


Oʻzbekiston hududiga olib kirishda:
👉dori vositalari;
👉veterinariya dori vositalari;
👉tibbiyot va veterinariya uchun moʻljallangan buyumlar;
👉shuningdek qonunchilikda belgilanadigan roʻyxat boʻyicha olib kiriladigan xomashyo.

aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarni realizatsiya qilish bo‘yicha:
👉suv taʼminoti;
👉kanalizatsiya;
👉sanitariya jihatdan tozalash;
👉issiqlik taʼminoti.

Avval ushbu xizmatlarni koʻrsatish bo‘yicha aylanmaga QQSning nol darajali stavkasi qo‘llanilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#QQS #chek_tahrirlash

🗓 20-fevral – QQS toʻlovchilar uchun yanvar oyida chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashning oxirgi kuni

QQS to‘lovchilar onlayn-NKT sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarni QQS bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish muddatigacha tuzatishi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi

Reytingda yuqori ballga ega bo‘lish uchun nima qilish kerak?

Reyting baholash mezonlari 23 ta va ular 3 ta guruhga bo‘lingan.

Birinchisi – hamma uchun bir xil bo‘lgan umumiy 10 ta mezon.
Mazkur mezonlar orqali tadbirkorda 100 ball olish imkoniyati mavjud.

Ikkinchisi – kamaytiruvchi 9 ta mezon. Qonunchilik talablari buzilgan holatlar yoki hisobotlarga qayta-qayta tuzatish kiritib taqdim etgan holatlar, bir hududdan boshqa hududga ko‘chish yil davomida ko‘payib ketsa ishlaydi.

Uchinchisi – rag‘batlantiruvchi 4 ta mezon.
"Ijtimoiy reestr", "Ayollar daftari"ga kirgan fuqarolarni ishga olgan va ular umumiy xodimlarining 10 foizidan ko‘proqni tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlariga 5 balldan 10 ballgacha qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi ball beriladi.

👉Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⁉️ Soliqdan tushgan mablag‘lar nimalarga sarflanishi haqida hech o'ylab ko'rganmisiz?

Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi ko‘rsatkichlari soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabinetida aks ettirildi

Platforma soliq hisobotlari, to‘langan soliq summalari, subyektning ro‘yxatdan o‘tgan sanasi, boshqa organlardan olingan maʼlumotlar asosida tadbirkorlarning reytingini avtomatik shakllantiradi.

Tadbirkorning qandaydir kamchiliklari bo‘lib, past ball olsa, dastur nima sababdan bunday ball olgani va kamchiliklar qanday bartaraf etilishini ko‘rsatib turadi.

Tadbirkor faoliyatini baholash koʻrsatkichlari va berilgan ballar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shaxsiy kabinetida ham koʻrishi mumkin.

👉
Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_rеytingi

Soliq xizmati xodimlari biznes vakillariga barqarorlik reytingida yuqori ko‘rsatgichga erishish hamda reyting mezonlari yuzasidan zarur maslahatlar bermoqdalar.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
Murojaatlar joyida hal etilmoqda!

Buxoro viloyati soliq boshqarmasining hududdagi biznes vakillari va boshqa har qanday manfaatdor shaxslar bilan konstruktiv muloqot qilish maqsadida tashkil etilgan ijtimoiy tarmoqdagi “Tadbirkor va Soliqchi-ko‘makchi” telegram kanali fuqarolarning savollariga javob berishda davom etadi!

Ma’lumot uchun:
Mazkur kanal orqali joriy yilning yanvar oyida jami 112 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 102 tasi ijobiy hal etilgan, qolgan 10 tasiga huquqiy maslahatlar berilgan.

Fevral oyining 1-20 kunlari oralig‘ida jami 72 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 55 tasi ijobiy hal etilgan, qolgan 17 tasiga huquqiy tushuntirishlar berilgan.

2023-yilda (avgust-dekabr) jami 351 ta murojaat kelib tushgan edi. Shundan 294 tasi ijobiy hal etilgan, qolgan 57 tasiga huquqiy tushuntirishlar berilgan.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#barqarorlik_reytingi

“AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlarida soliq tekshiruvi oʻtkazish avtomatik cheklanadi


Barqarorlik reytingida “AAA” toifadagi (100-96 ball) tadbirkorlik subyektlari faoliyatida soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi.
(jinoiy ishlar doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno).

Batafsil ma'lumot 👉 https://t.iss.one/soliqnews/12674
#опрос

Уважаемые предприниматели!


Опрос, проводимый с целью выявления общественного мнения в отношении критериев Рейтинга устойчивости субъектов предпринимательства, переведен на русский язык.

Пройти опрос на русском языке можно по ссылке https://forms.gle/KL4RXYyjBi4TSw3b8

👉Опрос на узбекском языке

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi

Reyting maʼlumotlarini my3.soliq.uz portalida kuzatib boring

Barqarorlik reytingi bali va toifa maʼlumotlari soliq to‘lovchilarning my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetida aks ettirildi.

Reyting haqida maʼlumot asosiy oynaning yuqori qismidagi korxona nomi ostida joylashtirilgan.

Shuningdek, shaxsiy kabinetda qanday mezonlarga asosan qancha ball berilganligi va kamchiliklarni qanday bartaraf etish haqida batafsil maʼlumot olish mumkin.

Hozirda ushbu maʼlumotlar my3.soliq.uz portalida (kirill) ishlamoqda. Tez kunlarda my.soliq.uz portalida ham ishga tushiriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#P2P

Tovar yoki xizmatlar uchun
to‘lovni tadbirkorlik subyekti hisob raqamiga emas, jismoniy shaxs kartasiga o‘tkazish (P2P) noqonuniy hisoblanadi.

Hurmatli xaridorlar va tadbirkorlar❗️
Tovar yoki xizmatlar uchun to‘lovni elektron amalga oshirishda qonuniy yo‘l tanlashni maslahat beramiz.

Ya’ni, tovar yoki xizmatlar uchun elektron to‘lovni QR-kodni skanerlash orqali amalga oshirish ham mumkin. Shunda chek ham elektron bo‘ladi.

Batafsil videoda.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram