Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.08K subscribers
7.64K photos
1.61K videos
43 files
4.81K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#4_sektor
#Sayyor_qabul

“DARGʻALI”DA VILOYAT 4-SEKTOR RAHBARI SAYYOR QABUL O‘TKAZDI


Buxoro viloyati 4-sektor rahbari D.Yuldashev tomonidan tuman xalq qabulxonasi mas’ullari hamkorligida Qorako‘l tumani "Darg‘ali" mahallasi aholisi o‘rtasida sayyor qabul o‘tkazildi.

O‘tkazilgan qabulda shu yerlik ishsiz yurgan Dilorom Tolmasova va Gulasal Rahmatovalar sektor rahabariga qo‘llarida hunarlari borligini, ish yuritib olishlari uchun turtki zarurligini aytib, tikuv mashinasi olib berishda amaliy yordam so‘rashdi.

E’tiborlisi, sektor rahbari ularning oilaviy sharoiti, qiziqishi va qo‘lidan tikuvchilik kelishini o‘rganib, ikkala murojaatchiga ham shu yerning o‘zida tikuv mashinasini taqdim etdi.

Shu kuni jami 25 nafar fuqarolardan 12 ta murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarning 5 tasi joyida hal etildi. Qolgan 7 ta murojaatni ham belgilan tartibda o‘rganib chiqib hal etish uchun mas’ullarga topshiriqlar berildi. Sayyor qabul doirasida sharoiti og‘ir 3 nafar fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


Тelegram | Facebook|Instagram
#barqarorlik_rеytingi

Soliq xizmati xodimlari biznes vakillariga barqarorlik reytingida yuqori ko‘rsatgichga erishish yuzasidan zarur maslahatlar bermoqdalar

Xabaringiz bor, joriy yil 1-fevraldan boshlab, yurtimizda tadbirkorlarning barqarorlik reytingi joriy etildi. Buxoro viloyati soliq boshqarmasi mas’ul xodimlari shu kunlarda viloyat hududidagi biznes vakillariga barqarorlik reytingi hamda yuqori ko‘rsatgichga erishish mezonlari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib bormoqdalar.

Uchrashuvlardan ko‘zlangan maqsad - o‘rta, qoniqarli va quyi barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlariga reytingdagi ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha zarur maslahatlar berishga qaratilgan.

Ta’kidlanishicha, tadbirkorlarning barqarorlik reytingini hisoblash uchun 23 ta mezon, jumladan 10 umumiy, 9 ta kamaytiruvchi va 4 ta rag‘batlantiruvchi mezonlar qo‘llanadi.

👉 BATAFSIL


Тelegram | Facebook|Instagram
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari tomonidan Buxoro shahrida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ`ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Unda viloyat Shaxsiy xavfsizlik bo'limi mas’ul xodimi tomonidan “Chinor” savdo majmuasida chakana savdo va umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda
tadbirkorlarning soliq majburiyatlarini bajarish chog‘ida kuzatilishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlar, bunday vaziyatda mas'ullarga xabar berish qulayliklari tushuntirildi va flayerlar tarqatildi.

Uchrashuvlarda biznes vakillariga soliq organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar to‘g‘risida maʼlumotlarni @dsq_anticorrupciya_bot maxsus telegram boti, [email protected] elektron pochtasi orqali yuborish, shuningdek, ishonch telefonlari (65-221-30-03, 65-221-26-89) ga xabar qoldirish mumkinligi tushuntirildi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#onlayn_NKT

Umumiy ovqatlanish xizmati bilan shug‘ullanib kelamiz. Faoliyatimizda Onlayn-NKTdan tashqari boshqa hisobga olish tizimi (dasturiy mahsul)dan ham foydalanamiz. Bu noqonuniymi?

O‘zbekiston hududida aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari Davlat reyestiriga kiritilgan va soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan onlayn nazorat-kassa texnikalaridan (onlayn-NKT) foydalanishi shart.

Savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasida onlayn-NKT bilan bir vaqtda boshqa turdagi (ikkilamchi) fiskal maʼlumotlar* hisobini yuritish tizimlaridan foydalanish taqiqlanadi.
👉 VMQ-943 23.11.2019

Shunga ko‘ra, chakana savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari faqat Davlat reyestriga kiritilgan va soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan dasturiy mahsulotlardan foydalanishi lozim.

Maʼlumot uchun: ofd.uz saytida Davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKT va virtual kassalar ro‘yxati va ulardan foydalanish bo‘yicha maʼlumot olish mumkin.

*fiskal maʼlumotlar — hisob-kitoblar to‘g‘risidagi maʼlumotlar, hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyekti to‘g‘risida maʼlumot, hisob-kitobda foydalaniladigan onlayn-NKM, virtual kassalar, Marketpleys yoki operator tomonidan yaratilgan boshqa maʼlumotlar.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi mas’ul xodimi tomonidan “Chinor” savdo majmuasida chakana savdo va umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda biznes vakillariga soliq organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar to‘g‘risida maʼlumotlarni @dsq_anticorrupciya_bot maxsus telegram boti, [email protected] elektron pochtasi orqali yuborish, shuningdek, ishonch telefonlari ☎️(65-221-30-03, 65-221-26-89) ga xabar qoldirish mumkinligi tushuntirildi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

“Foyda solig'i”
mavzusida onlayn seminar-trening boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉 https://youtube.com/live/na2EoBAFREs?feature=share
__________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Начался онлайн семинар-тренинг на тему «Налог на прибыль».

🌐 Ссылка на семинар 👉 https://youtube.com/live/na2EoBAFREs?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soʼrovnoma

Hurmatli tadbirkorlar!


Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mezonlari bo‘yicha jamoatchilik fikr-mulohazalarini va takliflarini aniqlash maqsadida so‘rovnoma o’tkazilmoqda.

So‘rovnoma natijalari asosida takliflar ishlab chiqiladi.

So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola: https://forms.gle/nSMHEUMpP4XjTQSa6
_____________
#опрос

Уважаемые предприниматели!


С целью выявления общественного мнения в отношении критериев Рейтинга устойчивости субъектов предпринимательства проводится опрос.

По результатам опроса будут разработаны предложения.

Пройдите опрос по ссылке https://forms.gle/nSMHEUMpP4XjTQSa6

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#4_sektor

Buxoro viloyatining 4-sektor rahbari D. Yuldashev bugun Kogon shahar hokimi Hayot Davlatov bilan birgalikda hududdagi 2-, 3-, 7- hamda 9-umumta’lim maktablari va Barkamol avlod binosida bo‘lib, o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan yuzma-yuz muloqot qilgan holda ularning muammo va takliflarini o‘rgandi.

Sektor rahbari ta’lim dargohlarida muallimlar va o‘g‘il-qizlarga yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quvchilarning davomati, qishning hozirgi sovuq kunlarida xonalarni yetarli darajada isitish holati hamda o‘quvchilarning bilim olishlari bilan birga kasb-hunar o‘rganishlari uchun hozirlangan kasb xonalarini ko‘zdan kechirdi.

O‘rganishlar davomida o‘quvchilarning sifatli ta’lim-tarbiya olishlari uchun bir qator takliflarni o‘rtaga tashlab o‘quvchilar uchun barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratib berish bo‘yicha mas’ullarga zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Тelegram | Facebook|Instagram