Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.1K subscribers
7.83K photos
1.64K videos
45 files
4.94K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#barqarorlik_reytingi

Reyting eng yaxshi tadbirkorlarni elektron aniqlaydi

Xabaringiz bor, 2024-yil 1-fevraldan qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlash va qo‘shimcha rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi “Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingi” joriy etildi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi mas’ul xodimlari ayni kunlarda hududdagi tadbirkorlik subyektlarida bo‘lib ularga ushbu “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi”ning ahamiyati, afzalliklari va mezonlarini tushuntirib o‘tmoqdalar.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 7-fevral

yanvar oyi uchun:


- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).
_________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️7 февраля 2024 года последний день

за январь:


- уплаты налога на доходы физических лиц и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п. 7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening 🗓 7-fevral kuni “Hammasi yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar haqida” mavzusida boʻlib oʻtadi.

Jonli efir 👉 YouTube platformasida.

🕙 Boshlanish vaqti – 11:00
___________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета состоится 🗓 7 февраля на тему «Все об индивидуальных предпринимателях и самозанятых».

Прямой эфир - на платформе 👉 YouTube

🕙 Начало – 11:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi – qulay, ishonchli va shaffof

“Endilikda ko‘rsatkichi past bo‘lganlar reyting doirasida yuqori toifadagi tadbirkorlar safiga kirishga intiladi” — Anvar To‘qboyev “Arjumanbonu chorvasi” parrandachilik klasteri ish boshqaruvchisi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#antikorrupsiya

Jondor tumani soliq inspeksiyasida profilaktik tadbir o‘tkazildi


Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ullari tomonidan profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Jondor tumani soliq inspeksiyasida soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi davlat soliq bosh inspektori J.Tolibov hamda tuman prokurorining o`rinbosari A.Abdulloyev ishtirokida o‘tkazilgan profilaktik tadbirda ham korrupsiya va uning oqibatlari xususida batafsil tushuncha berilib, soliq xizmati xodimlari jamiyatda odob-axloq normalariga rioya qilgan holda har qanday vaziyatda ham qonun va qonunosti me'yoriy hujjatlarga rioya qilib mehnat faoilyatini olib borishi zarurligi ta'kidlab o'tildi.

Uchrashuvda xodimlarga halol mehnat qilish afzalliklari, mansab va vakolatini suiisteʻmol qilmaslik majburiyatlari tushuntirildi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#ozini_ozi_band_qilish

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning 100 mln so‘mdan ortiq daromadi qanday soliqqa tortiladi?

Joriy yilda Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Endilikda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning daromadi 100 mln so‘mdan oshganda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan tartibda soliq to‘lashga o‘tadi.
❗️Ijtimoiy soliqni ixtiyoriy ravishda to‘laydi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning daromadlari tashqi manbalardan olingan ma’lumotlar asosida Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasida shakllantiriladi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 100 mln so‘mdan 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan daromadlari uchun AOS to‘laydi.
👉 AOS stavkalari

Masalan, joriy yilning yanvar oyida o‘zini o‘zi band qilgan shaxsning daromadi 104 mln so‘mni tashkil etgan. Bunda uning 100 mln so‘m miqdoridagi daromadiga soliq solinmaydi. Qolgan 4 mln so‘mdan (daromadning belgilangan me’yoridan oshgan qismi) 4% miqdorida AOS to'laydi (160 ming so'm).

5-toifaga kiruvchi hududlarda faoliyat yuritayotgan va daromadi 100 mln so‘mdan oshgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar AOSni 1 % stavkada to‘laydi.

Elektron savdo maydonchasida tovar (ish, xizmat)lar savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar uchun AOS stavkasi 2 % miqdorida belgilangan. Shundan kelib chiqib, tovarlarini elektron savdo maydonchasida sotgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar daromadining 100 mln so‘m oshgan qismidan 2 % stavkada AOS to‘laydi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning daromadi 1 mlrd so‘mdan oshsa, ular QQS va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.

👉Soliq mobil ilovasida o'zini o‘zini band qilgan shaxs sifatida bepul ro‘yxatdan o‘tish mumkin

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#matbuot_anjumani

Hurmatli jurnalist va blogerlar!


Bugun 8-fevral kuni soat 11:00 da Buxoro viloyati soliq boshqarmasida

🔹Soliq va budjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari,
🔹soliq organlarida “mahallabay” ishlash tizimining asosiy vazifalari va mexanzmlari hamda
🔹tadbirkorlarning barqarorlik reytingi qanday ishlashi va uning afzalliklari” yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

▫️Matbuot anjumaniga viloyatimizdagi barcha OAV vakillari va blogerlarni taklif etamiz.

📍Manzil: M.Iqbol ko‘chasi 14-uy. Buxoro viloyati soliq boshqarmasi binosida.

Matbuot anjumanida ishtirok etishni xohlovchilar (65) 221-28-76 va (99) 502-27-24 telefon raqamlari orqali bildirishlari so‘raladi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Raqamli texnologiyalar xalqaro markazida eksperiment tariqasida bojxona va soliqqa tortish maxsus huquqiy rejimi joriy etiladi


“Raqamli texnologiyalar xalqaro markazini tashkil etish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar” toʻgʻrisida Prezident Farmoni qabul qilindi. (PF-25 01.02.2024)

Hujjat bilan IT park hududida raqamli texnologiyalar sohasida mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish uchun qulay sharoitlarga ega boʻlgan maxsus hudud – Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi (International Digital texnologi Center-“ENTERPRISE UZBEKISTAN”) tashkil etish belgilandi.

2024-yil 1-iyundan boshlab 5 yilgacha Markazda xorijiy kompaniyalar uchun qoʻllaniladigan bojxona va soliqqa tortish maxsus huquqiy rejimi eksperiment tariqasida joriy qilinadi.

Bunda, Raqamli texnologiyalar vazirligi maxsus huquqiy rejimni joriy etish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads