Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.51K photos
1.6K videos
40 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#4_sektor
#Sayyor_qabul

Aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni ta’minlash, fuqarolarni qiynayotogan mavjud muammolarni aniqlab ularga joyida yechim topish maqsadadi viloyat 4-sektor rahbarining hududlarda belgilangan tartibda sayyor qabullari o‘tkazilmoqda.

Bugun navbatdagi qabul Vobkent tumanidagi “Vobkent” mahalla fuqarolari yig‘inida bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabulda tuman sektor rahbarlari, xalq qabulxonasi mas’ullari hamda sektor ishchi guruhi ishtirok etdi.

Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan dori-darmon, ko‘mir mahsuloti, oziq-ovqat, tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun asbob-uskunalar so‘rab 10 ga yaqin murojaatlar qilindi.

Murojaatlarning 8 tasi shu yerning o‘zida tegishli tashkilot vakillari ishtirokida hal etildi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan 4 nafar xotin-qizlarga zamonaviy tikuv mashinasi, 1 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaroga nogironlik aravachasi hamda 1 nafar fuqaroga ustachilik asbob-uskunasi va qolgan fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#twitter

Soliq sohasidagi yangiliklarni qo‘mitaning
twitterdagi rasmiy sahifasi orqali kuzatib boring.

👉Obuna bo‘ling https://twitter.com/soliqnews?t=BwIfWybViFrXAtzhWc91bw&s=09

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#4_sektor
#Sayyor_qabul

Bugun viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Muxamedov Kogon shahridagi “Navzirabod” hamda Kogon tumanidagi “Sarayon” mahalla fuqarolari yig‘inida sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda sektor ishchi guruhi, xalq qabulxonasi mas’ullari ishtirok etdi.

Sayyor qabullarda fuqarolar tomonidan dori-darmon, oziq-ovqat, tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun asbob-uskunalar so‘rab 20 dan ortiq murojaatlar qilindi.

Murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida tegishli tashkilot vakillari ishtirokida hal etildi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor

Endi Sorgʻunda yashashning gashti oʻzgacha


📌Buxoro viloyati Kogon tumani Sorgʻun mahallasi tarkibida Katta Orgʻun, Oynasoz, Sugʻdiyona kabi 8 ta qishloq bor.

Yaqin-yaqingacha bu qishloqlarda yashovchilar mabodo mehmon kelgudek boʻlib qolsa bir oz xijolat chekishardi.


Endilikda bularning bari oʻtmishda qoldi.

👉Batafsil

Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Noyabr oyida yig‘ilgan keshbek summalari tasdiqlandi.
💳 Keshbeklarni ilovaga biriktirilgan bank kartasiga o‘tkazib olishingiz mumkin.

♻️ Tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.

👉 Qaysi cheklarga va nima uchun keshbek berish rad etilganini yoki tasdiqlanmayotganini “Soliq” mobil ilovasida oson bilib olishingiz mumkin.
————————
#кешбэк

Суммы кешбэка, накопленного в ноябре, подтверждены.
💳 Кешбэк можно перевести на банковскую карту, прикрепленную к приложению.

♻️ Остальные суммы кешбэка будут выплачиваться автоматически, по мере того, как субъекты предпринимательства представят налоговую отчётность, устранят недостатки в отчётности, погасят налоговую задолженность.

👉В мобильном приложении Soliq можно узнать, за какие чеки и почему не подтверждается кешбэк или отказано в его выплате

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024-yilning Davlat budjeti tasdiqlandi

Unga ko‘ra quyidagi soliqlar tumanlar va shaharlar budjetlariga toʻliq hajmda oʻtkaziladi:

👉Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soligʻi;

👉Mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyaga asosan jismoniy shaxslar tomonidan toʻlanadigan, shuningdek YTTlar tomonidan toʻlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;

👉Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, bundan elektr stansiyalari tomonidan toʻlanadigan soliq mustasno;


👉noruda qurilish materiallari boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq.

Тelegram|Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#4_sektor
#Sayyor_qabul

Bugun viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Muxamedov Kogon shahridagi “Xo‘jabargi” hamda Kogon tumanidagi “O‘zbekiston” mahalla fuqarolari yig‘inida bo‘lib aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish hamda murojaatlarga joyida yechim topish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda sektor ishchi guruhi va xalq qabulxonasi mas’ullari ishtirok etdi.

Qabullarda fuqarolar tomonidan ichki yo‘llarni shag‘allashtirish, oziq-ovqat, ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalarga moddiy yordam ajratish, tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun asbob-uskunalar so‘rab 20 dan ortiq murojaatlar qilindi.

Murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida tegishli tashkilot vakillari ishtirokida hal etilgan bo‘lsa, muddat talab qilinadigan murojaatlar nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


Тelegram | Facebook|Instagram