Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.51K photos
1.6K videos
40 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Futbol

Buxoroda “Soliqchi — tadbirkorga ko‘makchi” shiori ostida tadbirkorlar o‘rtasida “Buxoro viloyati soliq boshqarmasi kubogi” uchun mini  futbol musobaqalari tashkil etildi.

⚽️Futbol o‘yinlari juda qiziqarli va murosasiz kechdi. Ushbu musobaqaning final bosqichida 3-o‘rin uchun “Jetour”  bilan “Davlatobod” hamda 1- va 2- o‘rinlar uchun “Infin bank” bilan “Shoxsaroy” jamoalari o‘zaro kuch sinashdilar.
🏆O’yinlar yakunida 🥇1-o‘rin "Shoxsaroy" jamoasiga, 🥈 2-o‘rin "Infin bank" jamoasiga hamda 🥉 3-o‘rin "Jetour" jamoasiga nasib etdi.

Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#QQS #chek_tahrirlash

🗓 Bugun, 20-dekabrQQS toʻlovchilar uchun noyabr oyida chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashning oxirgi kuni.

QQS to‘lovchilar onlayn-NKT sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarni QQS bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish muddatigacha tuzatishi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Futbol

“Soliqchi — tadbirkorga ko‘makchi” shiori ostida tadbirkorlar o‘rtasida “Buxoro viloyati soliq boshqarmasi kubogi” uchun mini  futbol musobaqalari tashkil etildi.

Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor
#Sayyor_qabul

Viloyat 4-sektor rahbari D.Yuldashev sektor hududidagi
aholi muammolarini manzilli o‘rganish va ularni qiynab kelayotgan masalalarga yechim topish maqsadida tasdiqlangan reja-jadvalga asosan bugun Qorako‘l tumanidagi “Do‘stlik” hamda Olot tumanidagi “Dilkor” mahallalarida sayyor qabul o‘tkazdi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
SAVOL BERING – JAVOB BERAMIZ!

YaTT (yakka tartibdagi tadbirkor) shaklda uy mehmonxona tashkil etmoqchiman, buning uchun qancha soliq to‘layman va ish joyimda nazorat kassa aparatini o‘rnatish majburiymi? Shuningdek, uy mehmonxonani oilaviy korxona shakllarida tashkil etsam qanday tartibda soliq to‘layman?


Тelegram | Facebook|Instagram
#mobil_ilova

“Soliq” mobil ilovasiga yangi xizmatlar qo‘shildi

📲Endilikda foydalanuvchilar ilovaning yangilangan 1.4.2 versiyasi orqali quyidagi xizmatlardan foydalanishi mumkin.

🔸"Ortiqcha to'lovni qaytarish" xizmatida jismoniy shaxslar ortiqcha toʼlagan soliqlarini elektron ariza yuborish orqali qaytarib oladi.

🔸"Soliq imtiyozini qaytarish". Endi Soliq mobil ilovasi orqali ham "kontrakt", nodavlat maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda ipoteka kreditlari uchun yo‘naltirilgan mablag‘dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olish mumkin.

🔸“Fiskal modulga toʼlov”
xizmati orqali onlayn-NKTda qo'llaniladigan fiskal modul uchun toʼlov qilinadi.

🔸"Jarimalarni to‘lash" xizmatida MIB hamda yoʻ l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni ko‘rish va to‘lash mumkin.

Shuningdek, yangilangan versiyada foydalanuvchilarning ilovaga biriktirilgan telefon raqamlari ularning JShShIRlariga bogʻlandi hamda “SoliqID” identifikatsiya tizimi takomillashtirildi.

🛒 Ilovani hoziroq yangilab oling Android / iOS

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#4_sektor
#Sayyor_qabul

Aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni ta’minlash, fuqarolarni qiynayotogan mavjud muammolarni aniqlab ularga joyida yechim topish maqsadadi viloyat 4-sektor rahbarining hududlarda belgilangan tartibda sayyor qabullari o‘tkazilmoqda.

Bugun navbatdagi qabul Vobkent tumanidagi “Vobkent” mahalla fuqarolari yig‘inida bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabulda tuman sektor rahbarlari, xalq qabulxonasi mas’ullari hamda sektor ishchi guruhi ishtirok etdi.

Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan dori-darmon, ko‘mir mahsuloti, oziq-ovqat, tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun asbob-uskunalar so‘rab 10 ga yaqin murojaatlar qilindi.

Murojaatlarning 8 tasi shu yerning o‘zida tegishli tashkilot vakillari ishtirokida hal etildi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan 4 nafar xotin-qizlarga zamonaviy tikuv mashinasi, 1 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaroga nogironlik aravachasi hamda 1 nafar fuqaroga ustachilik asbob-uskunasi va qolgan fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#twitter

Soliq sohasidagi yangiliklarni qo‘mitaning
twitterdagi rasmiy sahifasi orqali kuzatib boring.

👉Obuna bo‘ling https://twitter.com/soliqnews?t=BwIfWybViFrXAtzhWc91bw&s=09

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#4_sektor
#Sayyor_qabul

Bugun viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Muxamedov Kogon shahridagi “Navzirabod” hamda Kogon tumanidagi “Sarayon” mahalla fuqarolari yig‘inida sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda sektor ishchi guruhi, xalq qabulxonasi mas’ullari ishtirok etdi.

Sayyor qabullarda fuqarolar tomonidan dori-darmon, oziq-ovqat, tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun asbob-uskunalar so‘rab 20 dan ortiq murojaatlar qilindi.

Murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida tegishli tashkilot vakillari ishtirokida hal etildi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor

Endi Sorgʻunda yashashning gashti oʻzgacha


📌Buxoro viloyati Kogon tumani Sorgʻun mahallasi tarkibida Katta Orgʻun, Oynasoz, Sugʻdiyona kabi 8 ta qishloq bor.

Yaqin-yaqingacha bu qishloqlarda yashovchilar mabodo mehmon kelgudek boʻlib qolsa bir oz xijolat chekishardi.


Endilikda bularning bari oʻtmishda qoldi.

👉Batafsil

Тelegram | Facebook|Instagram