Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.11K subscribers
7.96K photos
1.69K videos
46 files
5.06K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#etirof

Soliq qo‘mitasi “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovi g‘oliblari qatorida


Bugun, 15-dekabr kuni poytaxtimizdagi “Turkiston” san’at saroyida “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlov Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan har yili ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarga munosib baho berish va rag‘batlantirish maqsadida o‘zkaziladi.

Joriy yilda ham o‘z tizimida ushbu yo‘nalishda namunali ishlarni yo‘lga qo‘ygan bir qator vazirlik va idoralar taqdirlandi.

Xususan, soliq xizmati organlarida tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar, sogʻlom ijtimoiy muhit hamda xodimlarning islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish boʻyicha amaliyotga joriy etilgan samarali loyihalar munosib baholanib, Soliq qo‘mitasi “Eng namunali vazirlik va idora” Respublika tanlovida 2-o‘ringa loyiq deb topildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#AOS

Kimlar AOS to‘lovchi deb e’tirof etiladi?

🔹soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi 1 mlrd so‘mdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari;
🔹soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi 100 mln so‘mdan oshgan, lekin 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan YaTTlar.

AOS kimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi?

🔸 O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirish (import)ni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va YaTTlarga;
🔸aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlar (xizmatlar)ni ishlab chiqaruvchi va foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
🔸yuridik shaxslar — qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga, basharti ularda 25 gektar va undan ortiq sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi ekin maydoni mavjud bo‘lsa;
🔸benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
🔸lotoreyalarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
🔸oddiy shirkat ishlarini yuritish o‘z zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxsga — oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshirilayotgan faoliyat bo‘yicha;
🔸bo‘sh turgan binolar, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar va qurilishi tugallanmagan obyektlar, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdori bo‘lgan yuridik shasxlarga, ulardan samarasiz foydalanilayotganligi bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda xulosa kiritilganda;
🔸markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan obyektlarni (joriy va kapital ta’mirlash bundan mustasno) qurishni bajaruvchi yuridik shaxslarga;
🔸alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivoni chakana sotish bo‘yicha turg‘un savdo shoxobchalariga;
🔸bozorlarga va savdo komplekslariga;
🔸 soliq maslahatchilarining tashkilotlariga;
🔸 auditorlik tashkilotlariga;
🔸 notijorat tashkilotlariga, shu jumladan budjet tashkilotlariga.

👉Soliq kodeksi 461-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#Sayyor_qabul
#Qorovulbozor_tumani

🔹Bugun kunning ikkinchi yarmida viloyat 4-sektor rahbari D.Yuldashev tasdiqlangan reja-jadvalga asosan Qorovulbozor tumanidagi "Cho‘lquvar" mahalla  fuqarollar yig‘ini aholisini qiynab kelayotgan muammolarini hal etish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda tuman hokimi, Xalq qabulxonasi, sektor ishchi guruhi hamda hududning tegishli mas’ullari ishtirok etdi.

Viloyatning eng olis va chekka tumanida tashkil etilgan ushbu sayyor qabulda fuqarolardan  bandlik, kredit, tibbiy davolanish, moddiy yordam, elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz kabi masalalarga oid 10 dan ortiq murojaat kelib tushdi.

Ularning aksariyati joyida hal qilindi. Yechimi vaqt talab etadigan 3 ta murojaatlar yuzasidan muddat belgilanib, ijrosi qatiy nazoratga olindi.

Sayyor qabulda cho‘lquvarliklar mamlakatimizda xalqning roziligini oshirish uchun qilinayotgan ishlarni e’tirof etib, xayrli ishlarning boshida turgan barchaga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#AOS

📢 Tadbirkorlar, shoshiling, vaqt oz qoldi ❗️

Soliq rejimini o‘zgartirish uchun 2023-yil 18-dekabrgacha
(shu kun ham):

♻️ AOSni qatʼiy belgilangan summada to‘lovchi tadbirkorlar 2024-yil 1-yanvardan soliqni 4% (yoki boshqa soliq stavkalari) stavkada to‘lashga o‘tish uchun;

♻️QQS yoki AOS to‘lovchilari AOSni qatʼiy belgilangan summada to‘lashga o‘tish uchun;

♻️Jami daromadi 1 mlrd so‘mdan oshmagan QQS to‘lovchilari AOS to‘lashga o‘tish uchun soliq organini xabardor qilishlari kerak.

👉Xabarnoma my3.soliq.uz sayti orqali yuboriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#AOS

Bugun, 18-dekabr – soliq rejimini o‘zgartirish uchun xabarnoma yuborishning oxirgi kuni

♻️ AOSni qatʼiy belgilangan summada to‘lovchi tadbirkorlar 2024-yil 1-yanvardan soliqni 4% (yoki boshqa soliq stavkalari) stavkada to‘lashga o‘tish uchun;

♻️QQS yoki AOS to‘lovchilari AOSni qatʼiy belgilangan summada to‘lashga o‘tish uchun;

♻️Jami daromadi 1 mlrd so‘mdan oshmagan QQS to‘lovchilari AOS to‘lashga o‘tish uchun 2023-yil 18-dekabrgacha soliq organini xabardor qilishlari kerak.

👉Xabarnoma my3.soliq.uz sayti orqali yuboriladi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor
#Sayyor_qabul

Sayyor qabullar: muammolarni hal qilishning samarali mexanizmi


Xabar berib borayotganimizdek viloyat 4-sektor rahbari D. Yuldashev belgilangan reja-jadvalga asosan viloyatning barcha tuman va shaharlarida fuqarolarning muammolarini hal etish maqsadida sayyor qabullar o‘tkazmoqda.

Sayyor qabullarda tuman hokimligi, xalq qabulxonasi mas’ullari, sektor ishchi guruhi ishtirok etdi.

👉BATAFSIL

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram