Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.52K photos
1.6K videos
41 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#Eslatma

JAMI DAROMADI 500 MLN SO‘MDAN OSHMAGAN VA OSHGAN TADBIRKORLAR UCHUN QANDAY YENGILLIKLAR BERILGANIDAN XABARDORMISIZ?

QULAY SOLIQ REJIMINI TANLANG

Bunda:

▫️soliq to‘lovchilarga jami daromadi 500 mln so‘mdan oshmaganda yiliga 20 mln so‘mlik

▫️jami daromad 500 mln so‘mdan oshganda esa yiliga 30 mln so‘mlik qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashni tanlash huquqi bor.

Ushbu rejimni taglaganlar uchun qator yengilliklar bor!

▶️ Batafsil bilib oling


Тelegram | Facebook|Instagram
#AOS

Aylanmadan olinadigan soliqning qatʼiy belgilangan summadagi stavkasi qachondan rad qilinadi?


Joriy soliq davrida aylanmadan olinadigan soliq (AOS)ni qatʼiy belgilangan summadagi stavkada toʻlovchilar navbatdagi soliq davridan boshlab qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashni rad etishga va soliqni Soliq kodeksining 467-moddasining 1-qismida koʻrsatilgan soliq stavkalari (foizlarda (advalor) boʻyicha toʻlashga oʻtishga haqli.

Buning uchun soliq toʻlovchi navbatdagi soliq davri boshlangunga qadar 10 kundan kechiktirmay* my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetida “Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar uchun qatʼiy belgilangan summadagi soliq stavkasiga oʻtish (rad etish)” boʻlimi orqali soliq hisobida turgan joydagi soliq organiga rad qilish xabarnomasini yuborishi lozim.

*Soliq toʻlovchilar navbatdagi soliq davridan, yaʼni 2024-yil 1-yanvardan AOSning qatʼiy belgilangan summadagi stavkasini rad etish uchun 2023-yil 18-dekabrgacha soliq organiga xabarnoma yuborishi lozim.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#soliq_qonunchiligi_bot

Soliq qoʻmitasi tomonidan soliq toʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Soliq qonunchiligi” telegram boti ishlab chiqilgan

📚 Ushbu botda soliqqa oid qonunchilik hujjatlari 30 ta asosiy yoʻnalishga ajratilib, har bir yoʻnalishni tartibga soluvchi jami 300 dan ortiq qonunchilik hujjatlari bilan lex.uz saytiga yo‘naltirilgan havola orqali tanishish mumkin.

📌 Botning qulayligi shundaki foydalanuvchi sohaga oid yoʻnalishni tanlaganda havola orqali mazkur yo‘nalish bo‘yicha qabul qilingan qonunchilik hujjatining tegishli bandi ochiladi.

☝️Hurmatli soliq to‘lovchilar, botni yanada takomillashtirish maqsadida o‘z takliflaringizni botning taklif qoldirish menyusiga yozishingiz mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#4_sektor
#Kogon_tumani

KONSTITUSIYAMIZNING 31 YILLIGI "SORG’UN"LIKLARNING ESIDA QOLADIGAN BO`LDI

"Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla" dasturi doirasida Kogon tumanida yangi qiyofa kasb etgan "Sorg‘un" mahallasining ramziy ochilish marosimi hamda O’zbekiston Respublikasi Bosh Qomusi qabul qilinganining qutlug‘ 31 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya — xalqchil davlat, taraqqiyot va farovon hayot asosi” shiori ostida bayram tadbiri tashkil qilindi.

Mahallaning ramziy ochilish marosimida viloyat hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi mutasaddilar, sektor rahbarlari, jamoatchilik vakillari hamda mahalla ahli ishtirok etdilar.


👉BATAFSIL

Тelegram | Facebook|Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 7-dekabr

noyabr oyi uchun:


- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi)
_________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️7 декабря 2023 года последний день

за ноябрь:


- уплаты налога на доходы физических лиц и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п. 7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.)

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova

Soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lashning qanday qulaylik va afzalliklari bor?

Buni ushbu video orqali bilib oling
.


Тelegram | Facebook|Instagram
#KONSTITUTSIYA

BUXORO VILOYATI SOLIQ BOSHQARMASIDA KONSTITUTSIYA BAYRAMI NISHONLANDI


Unda soliq boshqarmasi rahbariyati, shaxsiy tarkib hamda joylardagi studiyalar orqali hududiy soliq inspeksiyalarining barcha xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir davlatimiz madhiyasi ostida boshlandi. Tadbirda so‘z olganlar Konstitutsiyamizning benazir huquqiy qadriyat, muqaddas hujjat ekanligini haqida gapirib o‘tdilar.

Jumladan, tadbirda Konstitutsiyamizda muhrlab qo‘yilgan tamoyillar asosida aholimiz turmush darajasi o‘sib borayotgani, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o‘rni va qiyofasi butunlay o‘zgarib borayotgani faxr-iftixor bilan ta’kidlandi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram