Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.11K subscribers
7.96K photos
1.69K videos
46 files
5.06K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️XARIDORGA XARID CHEKINI BERISHNI UNUTMANG!

🔰Xarid cheki berishni rad etish 5 million so‘mdan 20 million so‘mgacha  moliyaviy jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

📌Chek berilmaganligi uchun  “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo‘limi orqali shikoyat yo‘llash mumkin.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#taksi #ozini_ozi_band_qilish

Yandex Go
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari asosida soliq hisobotlarini taqdim etadi hamda belgilangan soliqlarni to‘laydi.
MyTaxi va Uklon xizmatlari ham soliq organlari axborot tizimi bilan integratsiya qilindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#4_sektor

Viloyat 4-sektor tomonidan xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi


Buxoro viloyati 4-sektor ishchi guruhi hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari, xususan, nogironligi bo‘lgan hamda yordamga muhtoj fuqarolarga doimiy ravishda muruvvat yordamlarini ko‘rsatib kelmoqda.

3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Buxoro viloyati ko‘zi ojizlar jamiyati” Kogon tuman kengashining 100 nafardan ortiq a’zolari uchun Kogon shahrida joylashgan “Miron” koshonasida 4-sektor tomonidan bayram tadbiri uyushtirildi.

Bo‘lib o‘tgan bayram tadbiriga sektor hududidagi Qorovulbozor va Kogon tumani hamda Kogon shahridagi nogironligi bo‘lgan shaxslar taklif etildi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#Yashil_makon

🌿 Bugun Kogon tumanidagi “O’ba Cho‘li” mahalla fuqarolari yig‘inida 4-sektor ishchi guruhi, mahalla nuroniy va faollari ishtirokida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida turli xildagi ko‘chatlarni ekdilar.

400 tupdan ortiq
manzarali va mevali ko‘chatlar ekilgan bu joyga hasharchilar bir ovozdan Kogon tuman 4-sektorga qarashli soliq idorasi bog‘i deb nom berdilar.

Quvonarlisi, bunday xayrli ishni qo‘llab-quvvatlagan keksa avlod vakillari ham shu kuni yoshlar bilan birdek yelkama-elka turib turli xildagi mevali ko‘chatlarni yaxshi niyatlar bilan yerga qadadilar.
Ko‘chat ekish ishlari bayram tadbiriga ulanib ketdi.

Hashardan so‘ng bayramona dasturxon yozilib, shu yerlik aholi uchun osh tortildi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#bilasizmi #markirovka

Markirovka qoidalarni buzish Soliq kodeksining 227-1–moddasiga asosan, Alkogol va tamaki mahsulotlari savdosini noqonuniy amalga oshirish Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 186-1–moddasi hamda Jinoyat kodeksining 186-1–moddasiga asosan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
___
#знаете_ли_вы #маркировка

Нарушение правил маркировки согласно ст.227-1 Налогового кодекса, незаконный оборот алкогольной и табачной продукции согласно ст.186-1 Кодекса об административной ответственности и ст.186-1 Уголовного кодекса влечет за собой ответственность.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#raqamli_markirovka

Mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash

❗️Raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) foydalanishi lozim.

👉 2021-yil 1-yanvardan tamaki va alkogol mahsulotlari;

👉 2021-yil 1-apreldan boshlab pivo mahsulotlari;

👉 2022-yil 15-apreldan maishiy texnika vositalari: changyutgich, kir yuvish mashinasi, sovitkich va muzlatkich, televizor va monitor;
2022-yil 1-avgustdan gaz plitasi, oshxona dudbo‘roni, duxovka va pechka, mikrotoʻlqinli pech, dazmol, suv isitkichlar;

👉 2022-yil 1-sentabrdan dori vositalari va tibbiy buyumlar majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan.

Markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralari qo‘llaniladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#imtiyoz

3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni! O‘zbekistonda nogironlar ijtimoiy himoyalanadi va qo‘llab-quvvatlanadi

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun soliq imtiyozlari
:

▫️Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan jismoniy shaxslar MHTEKMning 3 baravari miqdorida (3 150 000 so‘m) JShODSdan ozod qilingan;
👉Soliq kodeksi 380-modda

▫️urush nogironlari, I va II guruh nogironligi boʻlgan jismoniy shaxslar yer solig‘idan ozod qilingan;
👉 Soliq kodeksi 436-modda

▫️I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar 60 kv.m doirasida mol-mulk solig‘idan ozod qilingan;
👉Soliq kodeksi 421-modda

▫️2024-yil 1-martga qadar ish beruvchilarga nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi to‘liq qaytarib beriladi.
👉PQ-57-son 21.12.2021-yil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️XARIDORGA XARID CHEKINI BERISHNI UNUTMANG!

🔰Xarid cheki berishni rad etish 5 million so‘mdan 20 million so‘mgacha  moliyaviy jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

📌Chek berilmaganligi uchun  “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo‘limi orqali shikoyat yo‘llash mumkin.

Тelegram | Facebook|Instagram
BUXORODA MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN SOLIQ INSPEKTORLARINING ZIMMASIGA YUKLATILGAN VAZIFALAR IJROSI O‘RGANILMOQDA

Avval xabar berilganidek, barcha joylarda bo‘lgani kabi Buxoroda ham soliq xizmati organlarining vazifalari mahalla darajasida tashkil etilib, hududdagi 544 ta mahallaga 245 nafar soliq xizmati xodimlari biriktirilgan. Ayni paytda mahallaga biriktirilgan soliq inspektorlari tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali ularning faoliyatini kengaytirish va daromadlarini oshirish hisobiga soliq bazasini ko‘paytirish yuzasidan manzilli ishlar olib bormoqdalar.

Jumladan, viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i D.Yuldashev Buxoro shahridagi “M.Ashrafiy” va “Sheyxon” mahallalarida bo‘lib, ushbu mahallalar hududiga kiruvchi “Markaziy dehqon bozori” hamda “Karvon buyum bozori”da bo‘lib, soliq inspektorlarining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

▶️ BATAFSIL

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#mahallabay

BUXORODA SOLIQ INSPEKTORINING FAOLIYATI MAHALLABAY O‘RGANILMOQDA?


Muhtaram prezidentimiz tomonidan soliq organlari xodimlari oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, soliq tizimini mahalla darajasiga tushirish bo‘yicha yangi institut joriy qilinib, “Mahalla yettiligi”ga soliq xodimlari ham qo‘shildi.

Ayni paytda Buxoro viloyatidagi 544 ta mahallaga 245 nafar soliq xizmati xodimlari biriktirilgan bo‘lib, ular zimmasiga norasmiy tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish, o‘zini-o‘zi band qilganlarga kichik biznes toifasiga o‘tishga ko‘maklashish hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali ularning faoliyatini kengaytirish va daromadlarini oshirish hisobiga soliq bazasini ko‘paytirish yuklatilgan.

Shu kunlarda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i D.Yuldashevning shaxsan o‘zi pastga tushib, mahallalarga biriktirilgan soliq xodimlarining faoliyati bilan tanishish hamda tadbirkorlarning muammolarni o‘rganishi va ularga yechim topish maqsadida joylardagi mahallalarga tashrif buyurmoqda.

Bugun boshqarma boshlig‘ining navbatdagi manzili Qorako‘l tumani bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkin, mazkur tumanning 50 ta mahallasiga 19 nafar soliq xizmati xodimlari biriktirilgan.

Jumladan, D.Yuldashev Qorako‘l tumanidagi “Chovli” hamda “Eski qal’a” mahallalarida bo‘lib, ushbu hududlarga biriktirilgan mahalla soliq inspektorining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi. O’rganishlar jarayonida soliq inspektori tomonidan joriy yilning oxirgi uch oyida mahalla darajasida tashkil etilgan ishlari natijasini muhokama qildi. Xususan, hududda xufiyona iqtisodiyotni qisqartirish yuzasidan soliq inspektorining oldiga aniq vazifalar qo‘yildi.

Ta’kidlash lozim, mahallalarga biriktirilgan soliq xodimlarining faoliyati samaradorligi maxsus KPI dasturning baholash va natijasiga qarab rag‘batlantirilmoqda hamda past ko‘rsatkichli xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘rilmoqda.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro TV "Diyor yangiliklari" dasturida:

BUXORO VILOYATI SOLIQ BOSHQARMASIDA “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” O’TKAZILDI

Тelegram | Facebook|Instagram