Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.12K subscribers
7.97K photos
1.69K videos
46 files
5.07K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
MOL-MULK VA YER SOLIQLARINI VAQTIDA TÓLAMAGAN FUQAROLARGA ESLATIB ÓTAMIZ❗️

🔰Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini teng ulushlarda to‘lashning oxirgi muddati 15-oktabr edi.

Shunday ekan, egaligida uy joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, garajlar va boshqa imoratlar, joylar, inshootlar hamda qonunchilikda belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalari bor jismoniy shaxslarni mol-mulk va  yer soliqlarini to‘lashga chaqiramiz!

❗️ESLATIB O’TAMIZ!
O’z vaqtida to‘lanmagan soliq summasiga har bir kechiktirilgan kun uchun qonunchilikda belgilangan tartibda penya hisoblanib, qarzdorlik Sud tartibida majburiy undiruvga qaratiladi.

❗️UNUTMANG!

Siz to‘lagan mol-mulk va yer soliqlari mahalliy budjet daromadlarini to‘ldirib, yurtimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, uy-joy – kommunal xo‘jalik obyektlarini ta’mirlash va mahallalarni obodonlashtirish, shu bilan birga aholining ijtimoiy ehtiyojlari uchun sarflanadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mahallabay

Soliq tizimining mahalla darajasiga tushirilgani joylarda o‘z samarasini bermoqda

📍Buxoro viloyati Jondor tumanidagi “Darveshi” mahallasiga biriktirilgan soliq organi xodimi ham hududda tadbirkorlik subyektlarining muammolarini mahallaning o‘zida hal etib, mavjud imkoniyatlarni ishga solgan holda tadbirkorlar safining kengayishiga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

🎞 Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗓 BUXORO VILOYATI SOLIQ BOSHQARMASI ESLATIB O’TADI❗️

2023-yil 20-noyabr
  – foyda solig‘i va QQS hisobotini, shuningdek, yer qa'ridan olinadigan, norezidentlar daromadlari solig‘i hamda QQS hisobotini topshirishning oxirgi kuni.


👉
QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

❗️Soliq
hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaslik jarima solishga sabab boʻladi.
___

#НДС

❗️20 ноября - последний день представления отчетности по НДС за октябрь

👉
Инструкция по заполнению отчетности по НДС

Код пакета отчетности по НДС: 10006_41

Тelegram | Facebook|Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ish haqi, pensiya va nafaqalar 7 foizga oshiriladi

2023-yil yil 1-dekabrdan:

▫️budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori 7%;
▫️bazaviy hisoblash miqdori 3 % oshiriladi.

Shunga koʻra:
▫️mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (MHETKM) – oyiga 1 050 000 soʻm;
▫️bazaviy hisoblash miqdori ( BHM)340 ming soʻm etib belgilanadi.
👉 PF–196-son, 17.11.2023 y

👉 Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 20-noyabr

oktabr oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 273-modda 1 va 2 qismlar);

- agar oktabr oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5 qism);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3 va 4 qismlar);

noyabr oyi uchun:

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).
__________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️20 ноября 2023 года последний день

за октябрь:

- представления отчетности и уплаты НДС
(ч.1 и 2 ст.273 Налогового кодекса);

- представления отчетности по сумме налога с дивидендов и процентов, если в октябре были начислены дивиденды и проценты
(ч.5 ст.345 Налогового кодекса);

- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
(ч.1 ст.355 Налогового кодекса);

- представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами
(ч.3 и 4 ст.454 Налогового кодекса);

за ноябрь:

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юрлицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Buxoro viloyati soliq boshqarmasida fuqarolardan eng koʻp kelib tushgan “TOP-10” murojaatlar statistikasi tahlili yuzasidan iqtisodiy-siyosiy o‘quv soati o‘tkazildi.

Bunda xodimlarga “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati bo‘yicha soha mutaxassislari tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi.

O‘quv soatida aholining bandligini ta’minlashga oid qator masalalar Qonun darajasida belgilanganligi
Jumladan:

🔹aholi bandligini rag‘batlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun subsidiya, grant va kreditlar ajratish;

🔹har yili ish o‘rinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish;

🔹ish qidirayotgan shaxslarni mahalliy mehnat organlari tomonidan ro‘yxatga olish va hisobdan chiqarish tartibi;

🔹“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini yuritish;

🔹mehnat stajini elektron tarzda hisobga olish tartiblari haqida tushunchalar berildi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma.pdf
887 KB
#QQS

❗️20-noyabr - oktabr oyi uchun QQS hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni

👉
QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

QQS hisobotining paket kodi: 10006_41
_______________
#НДС

❗️20 ноября - последний день представления отчетности по НДС за октябрь

👉
Инструкция по заполнению отчетности по НДС

Код пакета отчетности по НДС: 10006_41

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#QQS #chek_tahrirlash

🗓 Bugun, 20-noyabrQQS toʻlovchilar uchun oktabr oyida onlayn-NKT sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarni tuzatishning oxirgi kuni.

QQS to‘lovchilar onlayn-NKT sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarni QQS bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish muddatigacha tuzatishi mumkin.
👉 VMQ-943-son 1-ilova 31(1)-band 23.11.2019 y.
___________

#НДС #корректировка_чека

🗓 Сегодня, 20 ноября последний день для исправления плательщиками НДС технических ошибок при оформлении чеков продажи онлайн-ККТ.

Плательщики НДС могут исправить технические ошибки, допущенные при оформлении чека продажи онлайн-ККТ, до окончания срока представления налоговой отчетности по НДС за октябрь.
👉п. 31(1) Прил.№1 к ПКМ №943 от 23.11.2019 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#savol_javob

Jismoniy shaxslarning jami daromadiga nimalar kiradi?


Jismoniy shaxslarning jami daromadiga quyidagilar kiradi:

🔹Mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar;

🔹Mulkiy daromadlar;

🔹Moddiy naf tarzidagi daromadlar;

🔹Boshqa daromadlar.

Тelegram | Facebook|Instagram
#savol_javob

Soliq hisobotlari qancha muddat saqlanishi kerak?


Soliq kodeksining yangi tahrirdagi 84-moddasiga asosan, soliq to‘lovchilar va soliq agentlari soliq organlariga soliq hisobotlarini taqdim etilgan yildan keyin kamida besh yil saqlashi shart.
Ayrim hollarda boshqa muddatlar belgilangan bo‘lishi mumkin.

Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#YTT

🔸Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turishi uchun nima qilishi kerak?

🔸To‘xtatilgan davrlar uchun soliq hisobotlari topshiriladimi?

🔸To‘xtatilgan faoliyat qanday qilib qayta tiklanadi?

👉 Batafsil videorolikda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#savol_javob

Men nooziq-ovqat maxsulotlari savdosi bilan shug‘ullanmoqchiman. Ushbu faoliyatim uchun qancha soliq to'layman?


Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish istagingiz bo‘lsa, avvalo yuridik shaxs sifatida yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tishingiz shart.

Bunda yakka tartibdagi tadbirkorlikning nooziq-ovqat maxsulotlarini chakana sotish faoliyatini amalga oshirilishi bo‘yicha ro‘xatdan o‘tsangiz, har oyda ijtimoiy soliq uchun bazaviy hisoblash miqdorning bir barovarida, qat’iy belgilangan soliq esa 660,0 ming so‘m (tumanlarda 220,0 ming so‘m) miqdorida to‘lanishi nazarda tutilgan.

Kalendar yilida tovar aylanmangiz 100,0 mln. so‘mdan oshgan taqdirda oshgan qismidan 4 % miqdorida aylanmadan olinadigan soliq to‘lash rejimi asosida faoliyatingiz davom ettiriladi.


Тelegram | Facebook|Instagram
#raqamlashtirish
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

BUXORODA 6 700 GA YAQIN KORXONA QAYTA HISOBOTNI KO‘PAYTIRISHGA TAQDIM ETGAN VA 211,7 mlrd SOʻMLIK SOLIQLAR HISOBLANGAN

Tekshiruvdan oldingi tahlillar natijalari

Respublika bo`yicha
2023-yil yanvar-oktabr oylari davomida o‘tkazilgan tekshiruvdan oldingi tahlillar natijasida jami 111 393 ta korxona tomonidan ko‘paytirishga qayta hisobotlar taqdim etilgan va 6,4 trln soʻm soliqlar hisoblangan.

Eng katta tafovut aniqlangan sohalar:
🔹ishlab chiqarish - 3,2 trln so‘m;
🔹umumiy ovqatlanish va savdo - 924,5 mlrd so‘m;
🔹qurilish - 911,7 mlrd so‘m;
🔹transport - 223,1 mlrd soʻm;
🔹qishloq xo‘jaligi - 184,9 mlrd so‘m.

🔎 Tekshiruvdan oldingi tahlillar – xato va kamchiliklarini mustaqil ravishda — tekshirishlarsiz bartaraf etish imkonini beradi.

👉 Kameral soliq tekshiruvidan oldingi avtomatlashtirilgan tahlildan qanday foydalanish mumkin?

Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#YTT

Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari va ayni mavzuda ko‘p uchrayotgan savollar yuzasidan Soliq qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i A.Abdurahmonov tushuntirish berdi


👉 YTT bo‘yicha foydali havolalar

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#yer_soligi #mol_mulk_soligi

Yer va mol-mulk solig‘idan qarzdor fuqarolarga SMS yuborilmoqda

Jismoniy shaxslar yer va mol-mulk soligʻini teng ikkiga boʻlgan holda, yarmini 15-aprelgacha qolgan yarmini 15-oktabrga qadar toʻlashi belgilangan.

Hurmatli fuqarolar, yer va mol-mulk soliqlarini to‘lashni unutmang. O‘z vaqtida to‘lanmagan soliqlar uchun penya hisoblanadi.

📩 Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamagan fuqarolarga Soliq_uz (Soliq§uz) manzilidan yoki 6079 raqamidan SMSlar yuborilmoqda. SMSda "Batafsil" hamda "Toʻlash" havolalari bor.

👉"Batafsil"da toʻlov xabarnomasi yuklab olinadi. Xabarnomadan obyekt manzili, maydoni, kadastr qiymati, soliq stavkasi, summasi, soliq organi masʼul xodimi aloqa raqami va boshqa maʼlumotlar oʻrin olgan.

👉"Toʻlash"da esa “Soliq” mobil ilovasi joylashgan platforma ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga oʻrnatilgan boʻlsa ilovaning “Soliqlarni toʻlash” oynasidan toʻlovni tez va oson amalga oshirish mumkin. Oʻrnatilmagan boʻlsa plaftorma orqali yuklab olinadi.

🔖Toʻlov xabarnomasida koʻrsatilgan koʻchmas mulk maydoni, kadastr qiymati, yer uchastkasi egallagan maydon toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqiqatda mavjud obyekt va yer maydonidan farq qilsa yoki sizga tegishli boʻlmasa kadastr idoralariga murojaat qilish lozim.

📚Shuningdek, yer va mol-mulk soliqlaridan imtiyoz olish uchun hujjat mavjud boʻlib, soliq imtiyozi qoʻllanilmagan boʻlsa my.soliq.uz sayti orqali, shuningdek koʻchmas mulk joylashgan yerdagi soliq organiga soliq imtiyoziga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish orqali imtiyozdan foydalanish mumkin.

❗️E'tibor bering: "Soliq" mobil ilovasi orqali soliq to‘langanda hech qanday kod so‘ralmaydi. Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling.

👉 Soliqlarni Soliq mobil ilovasida to‘lashning qanday qulaylik va afzalliklari bor?

👉
Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini my3.soliq.uz sayti orqali ham to‘lashi mumkin

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
“ASIA TRANS GAZ” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi xodimlari o‘rtasida stol tennisi musobaqasi o‘tkazilmoqda

Buxoro viloyatida yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, katta sportga zaxira sportchilarni tayyorlash maqsadida yetarlicha shart-sharoit yaratilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi, Buxoro viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda viloyat soliq boshqarmasining sport zali ham sportning stol tennisiga qiziquvchilar uchun moslashtirilgan holda barcha zarur inventarlar bilan ta’minlangan.

E’tiborlisi, bugungi kunda bu yerda yoshlar hamda korxona va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan ishchilar o‘rtasida stol tennisi musobaqalari ham tashkil etilmoqda.

Bugun O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi, Buxoro viloyat bo‘limi tashabbusi bilan “ASIA TRANS GAZ” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasining 15 yilligi munosabati bilan stol tennisi bo‘yicha musobaqasi o‘tkazilmoqda.
Bellashuvlar ertaga 23-noyabr kuni ham davom etadi.
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 23-noyabr

noyabr oyi uchun

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 10 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism, PQ-292-son 04.09.2023).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️23 ноября 2023 года - последний день

за ноябрь:

- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период,
предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 10 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса, ПП №292 от 04.09.2023).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads