Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.51K photos
1.6K videos
40 files
4.73K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#ijtimoiy_soliq

25 yoshgacha bo‘lgan xodimlarga to‘langan ijtimoiy soliq summasi qanday qaytariladi?

2023-yil 1-maydan 2025-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi Davlat budjetidan to‘liq qaytarib beriladi.
👉 PF-61-son 26.04.2023 yil
👉 VMQ-460-son 24.07.2021 yil

Bunda:

ijtimoiy soliq summasi qoplab berilishi so‘ralayotgan yosh xodim hisobot oyida 25 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
25 yoshgacha bo‘lgan yosh xodim uzluksiz 6 oy davomida mehnat faoliyatini amalga oshirgan bo‘lishi;
ish beruvchi tomonidan belgilangan tartibda ijtimoiy soliq uzluksiz to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lishi lozim.

Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan ish beruvchining arizasi rad etiladi.

25 yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun ijtimoiy soliq summasini qaytarishga ariza berish uchun:

1. My3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetga elektron raqamli imzo (ERI) yordamida kiriladi. “Xizmatlar” ➡️ “Soliq majburiyatlari” ➡️ “Ijtimoiy soliq summasini qaytarish” bo‘limlari ketma-ketlikda tanlanadi.

2️. Ochilgan oynada ish beruvchi haqidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

3️. Ijtimoiy soliq summasini qaytarish so‘ralayotgan davr ko‘rsatiladi.

❗️2024-yil dekabr oyi uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini qoplab berish uchun ish beruvchi tomonidan ariza berishning oxirgi muddati – 2025-yil 1-aprel.

4️. Tegishli sanalar kiritilgach, korxonaning 6 oy davomida uzluksiz ishlagan 25 yoshgacha bo‘lgan xodimlari ro‘yxati va ijtimoiy soliq summasi avtomatik tarzda shakllanadi.

5️. Maʼlumotlarning haqiqiyligi va ishonchliligi, xususan, ijtimoiy soliq stavkasi, miqdori va yuridik shaxsning bank rekvizitlari - pul mablag‘lari qaytariladigan hisob raqami tekshiriladi.

6️. “Ariza shakllantirish” tugmasi bosiladi. So‘ngra ariza va uning ilovasi shakllanadi. Ilovani saqlash va chop etish mumkin.

7️. Kiritilgan maʼlumotlarning to‘g‘riligiga yana bir bor ishonch hosil qilingach, “Arizani yuborish” tugmasi bosiladi.

“Yuborilgan arizalar” bo‘limida ariza holati, ijrochisi va ko‘rib chiqish muddatlari haqida to‘liq maʼlumotlar aks ettiriladi.

Ariza 5 ish kunida o‘rganib chiqiladi.

Taqdim etilgan ariza barcha talablarga javob bersa, 1 ish kuni ichida shakllantiriladigan soliq organlarining tegishli xulosasi bilan birga Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilikka yuboriladi.

25 yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini qaytarish tartibi budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

“Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i va ijtimoiy soliq: hisobot, soliqni to‘lash va imtiyoz”
mavzusidagi onlayn seminar-trening quyidagi havola orali davom etmoqda

🌐👉 https://youtube.com/live/nZ-t-wpFM3g?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 15 noyabr

oktabr oyi uchun:


- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-5-qismlar);

- aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-4-qismlar).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️15 ноября 2023 года последний день

за октябрь:


- представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного НДФЛ, а также представления отчетности и уплаты социального налога
(ч.1 ст.389, ч.4 и 5 ст. 407 Налогового кодекса);

- представления налоговой отчетности по налогу с оборота по итогам отчетного периода
(ч.3 и 4 ст.470 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#20_ming_tadbirkor_500_ming_malakali_mutaxassis

📺Zo‘r TV “Bu kun” dasturida:

Buxoroda “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida mahallalarda biriktirilgan soliq xodimlari tomonidan hududda tadbirkorlikni rivojlantirish va bu orqali qo‘shimcha ishchi o‘rinlarini yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Тelegram | Facebook|Instagram
BUXORODA XUFIYONA IQTISODIYOTNI OLDINI OLISHGA QARATILGAN TARG‘IBOT TADBIRLARI O‘TKAZILMOQDA

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi va uning hududiy soliq inspeksiyalari tomonidan bozorlar va savdo komplekslarida tadbirkorlar bilan muntazam ravishda uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.

Bugun Buxoro shahar soliq inspeksiyasi mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda hududdagi “Markaziy dehqon bozori” va “Buxoro savdo majmuasi”da ham ana shunday yuzma-yuz muloqotlar tashkil etildi.

Uchrashuvlarda soliq xizmati xodimlari mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, ularning barqaror faoliyat yuritishlarini ta’minlashga qaratilgan soliq ma’murchiligidagi yengilliklarni yetkazish bilan birga yashirin iqtisodiyotga sabab bo‘layotgan omillardan biri - bu xarid chekini bermaslik holatlari va uning oqibatlari tushuntirildi.

👉BATAFSIL

Тelegram | Facebook|Instagram
#raqamlashtirish
#soliq_tekshiruvi

“Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali Buxorodan 2 284 ta murojaat yo`llangan

Respublika bo`yicha 2023-yil yanvar-oktabr oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida jami 102 089 ta murojaat kelib tushgan.

Shundan:
🔹94 765 tasi xarid cheki bermaslik;
🔹4 020 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
🔹200 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
🔹3 104 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

Murojaatlarning 56 756 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli qaytarilgan.

🔍Murojaatlar asosida 40 833 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 99,4 % holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 2023-yilda 40 685 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20%) 33,5 mlrd soʻm mukofot to‘langan.

Тelegram | Facebook|Instagram
#Tayinlov

Buxoroda uchta soliq inspeksiyasiga yangi boshliqlar tayinlandi

Gʻafurov Anvar Ahrorovich Buxoro shahar soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

Hasanov Shoxrux Shuhratovich Qorakoʻl tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

Karimov Yashinjon Abdurashidovich Qorovulbozor tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening bugun, 🗓 17-noyabr kuni “Soliq nizolarini sudgacha hal qilish va uning tartiblari” mavzusida boʻlib oʻtadi.

Jonli efir 👉 YouTube platformasida.

🕙 Boshlanish vaqti – 11:00
___________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета состоится, 🗓 11 ноября на тему «Досудебного урегулирования налоговых споров и его порядок».

Прямой эфир - на платформе 👉 YouTube

🕙 Начало – 11:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#elon

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

“Soliq nizolarini sudgacha hal qilish va uning tartiblari” mavzusidagi seminar internet provayderlaridagi uzilishlar sababli 🛠 belgilangan vaqtdan kechroq boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉 https://youtube.com/live/08AUt9ZEFLY?feature=share
______
#объявление

Уважаемые налогоплательщики❗️

По причине перебоев в работе интернет-провайдеров онлайн-семинар на тему “Досудебное урегулирование налоговых споров и его порядок” начался позднее указанного ранее времени.

🌐Ссылка на семинар 👉 https://youtube.com/live/08AUt9ZEFLY?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
TADBIRKORLIK FAOLIYATI TARTIBLARIGA RIOYA QILINMASLIK, HUQUQIY OQIBATLARGA OLIB KELADI

Xabar berib borayotganimizdek, shu kunlarda viloyat soliq xizmati organi xodimlari tomonidan xufiyona iqtisodiyotni oldini olish maqsadida hududdagi tadbirkorlik subyekti vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularga tadbirkorlik faoliyati tartiblari hamda ushbu tartiblarga rioya qilinmaslik huquqiy oqibatlarga olib kelishi haqida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Kogon shahar hududida faoliyat yuritayotgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchalarida ham tashkil etildi.

Uchrashuvda tadbirkorlarga sotuvchilar mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shartligi, chek bermaslik qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishi hamda to‘lovlarni bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga o‘tkazish (P2P) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanishi tushuntirildi.

Yuzma yuz muloqotlarda noqonuniy holatlarning oqibatlari to‘g‘risida barcha tadbirkorlarga eslatma xatlari tarqatildi.


Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
O‘ZLIGINI ANGLAGAN KOMIL INSON JAHOLATGA QARSHI KURASHA OLADI

Xabaringiz bor soliq organlarida 20-oktabrdan 20-noyabrgacha “Soliq tizimini korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish oyligi” davom etmoqda.

Buxoro viloyat soliq organlarida mazkur oylik doirasida turli xil mavzularda seminar va ma’rifat soatlari tashkil etib kelinmoqda.

Bugun Buxoro viloyati soliq boshqarmasida Buxoro viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusida seminar o‘tkazildi.

Unda Buxoro viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi mas’ul xodimlari Xurshid Saidov va Hilola Hayitovalar mamlakatimizda vijdon erkinligi, huquqini ta’minlash, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar xususida so‘z yuritdilar.

👉BATAFSIL

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mahallabay
Maxsus reportaj

Jondor tumani:

Prezidentimiz tomonidan soliq organlari xodimlari oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, soliq tizimining mahalla darajasiga tushirilgani joylarda o‘z samarasini bera boshladi.

Jumladan Jondor tumanidagi “Darveshi” mahallasiga biriktirilgan soliq inspektori Nodira Kulbayeva ham hududda tadbirkorlik subyektlarining muammolarini mahallaning o‘zida hal etish hamda mavjud imkoniyatlarni ishga solgan holda tadbirkorlar safining kengayishiga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Тelegram | Facebook|Instagram
Forwarded from Savdo-sanoat palatasi
🟥🟥🟥
📣 HURMATLI FERMERLAR VA KLASTER VAKILLARI!

Ko‘plab tadbirkorlardan kelib tushayotgan murojatlarga asosan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Sizga quyidagilarni ma’lum qiladi:

❗️ Ma’lumki, hozirgi kunda fermer xo‘jaliklari tomonidan terib olingan paxtalar klasterlarga yuklab jo‘natilgan.

Soliq kodeksining 22-moddasida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda xaridorga hisobvaraq-fakturalarni berishi soliq to‘lovchilaring majburiyati ekanligi belgilab qo‘yilgan.

Soliq kodeksining 223-moddasida yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) soliq bazasi summasining yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi va soliqlarni hisoblash (QQS 12%, foyda solig‘i 15%) amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.

Soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) deb quyidagilar e’tirof qilinadi:

🔵 fermer xo‘jaliklari uchun – hisobda realizatsiya qilinmagan deb ko‘rsatilgan tovarlarning omborda yoki realizatsiya qilish joyida mavjud emasligi;
🔵 klasterlar uchun – rasmiylashtirilmagan (kirim qilinmagan) tovarlarni saqlash, ulardan foydalanish va realizatsiya qilish.

‼️ Yuqoridagilardan kelib chiqib O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ushbu holatning oldini olish bo‘yicha o‘z vaqtida hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishingizni so‘raydi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MOL-MULK VA YER SOLIQLARINI VAQTIDA TÓLAMAGAN FUQAROLARGA ESLATIB ÓTAMIZ❗️

🔰Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini teng ulushlarda to‘lashning oxirgi muddati 15-oktabr edi.

Shunday ekan, egaligida uy joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, garajlar va boshqa imoratlar, joylar, inshootlar hamda qonunchilikda belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalari bor jismoniy shaxslarni mol-mulk va  yer soliqlarini to‘lashga chaqiramiz!

❗️ESLATIB O’TAMIZ!
O’z vaqtida to‘lanmagan soliq summasiga har bir kechiktirilgan kun uchun qonunchilikda belgilangan tartibda penya hisoblanib, qarzdorlik Sud tartibida majburiy undiruvga qaratiladi.

❗️UNUTMANG!

Siz to‘lagan mol-mulk va yer soliqlari mahalliy budjet daromadlarini to‘ldirib, yurtimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, uy-joy – kommunal xo‘jalik obyektlarini ta’mirlash va mahallalarni obodonlashtirish, shu bilan birga aholining ijtimoiy ehtiyojlari uchun sarflanadi.